327
XV bob.
Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
lat hayotining yo‘nalishlari va o‘z predmeti mavjudligi bilan izohlanadi, ammo
yagona tartibga solish metodiga ega bo‘lmaydi;
to‘rtinchidan, huquq tizimi, uning tarmoqlari mazmuni bir turli bo‘ladi;
qonunchilik tizimi va tarmoqlari esa, turli yo‘nalishdagi hamda xarakterdagi
munosabatlarni tartibga soladi;
beshinchidan, huquq tizimining ichki tuzilishi qonunchilik tizimining
ichki tuzilishi bilan aynan mos kelavermaydi. Qonunchilik tizimining vertikal
tuzilishi davlat organlari iyerarxiyasini aks ettirsa, huquq tizimining vertikal
tuzilishi – uning normalarga, institutlarga, sohalarga bo‘linishini aks etti-
radi;
oltinchidan, huquq tizimi obyektiv xususiyatga ega bo‘lsa, qonunchilik
tizimi subyektiv omilga, ya’ni qonun chiqaruvchi organning xohish-irodasiga
bog‘liq.
Shunday qilib, huquq tizimi bilan qonunchilik tizimi o‘rtasidagi nisbatni,
munosabatni aniqlash ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Bu vazifaning
muvaffaqiyatli hal etilishi huquq tizimi bilan qonunchilik tizimini bir-biriga
yaqinlashtiradi, hayotda qo‘llanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Ikki palatali parlament samarali va
sermahsul faoliyat yuritgan sharoitda nor-
mativ-huquqiy hujjatlar hajmining keskin
ko‘payishi tabiiy. Bunday vaziyatda qabul qi-
lingan yuzlab qonunchilik hujjatlari o‘rtasida
muayyan ziddiyatlar va kolliziyalar bo‘lishi
mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev e’tibor qarat-
ganidek, «amaldagi qonunlarimizda bir-biriga zid o‘rinlar ham yo‘q emas»
1
.
Ularni bartaraf etishda siyosiy partiyalar ham, deputatlar ham tashabbus bi-
lan chiqmayaptilar. Bunday ziddiyatlar va nomutanosibliklarni bartaraf etish
hamda normativ-huquqiy hujjatlarning ichki barqarorligini ta’minlash maqsa-
dida ularni mantiqiy tizimlashtirish (sistemalashtirish) katta ahamiyat kasb
etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Sena-
tining 2010-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi ma’ruzada
ta’kidlaganidek, qabul qilinayotgan qonunlarning sifatini tubdan yaxshilash
lozim, qolaversa, «Qonunlarning ko‘pchiligi amaldagi qonun hujjatlariga
o‘zgartish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan bo‘lib, kodifikatsi-
1
Mirziyoyеv Sh. Pаrlаmеntimiz hаqiqiy dеmоkrаtiya mаktаbigа аylаnishi, islоhоtlаrning tаshаbbuskоri
vа аsоsiy ijrоchisi bo‘lishi kеrаk. /Хаlq so‘zi, 2017-yil 13-iyul.
Do'stlaringiz bilan baham: |