22
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Davlat va huquq nazariyasi ish ko‘radigan umumiy metodlardan yana
biri
metafizikadir. «Metafizika» yunoncha so‘z bo‘lib, ma’nosi – «fizika keti-
dan keladigan narsa» degani. U hozirgi paytda fanda «qotib qolgan fikr yuri-
tish usuli» ma’nosida ishlatiladi. Ushbu metoddan foydalanib ilmiy izlanish
olib boruvchilar davlat va huquq ilgaridan mavjud bo‘lgan, bundan keyin ham
bo‘ladi, ular abadiy va o‘zgarmasdir, hech qanday boshqa ijtimoiy hodisalar
bilan ichki aloqadorlikda emas, ular rivojlanishda emas, qanday bo‘lsa shun-
dayligicha saqlanib qoladi, deb fikrlaydilar
1
. Metofizika sof ilmiy, ijodiy metod
emas, u davlat va huquq hodisalarining tub mohiyatini ilmiy ravishda ochib
berolmaydi.
Davlat va huquq nazariyasining umumiy metodlari bilan bir qatorda
uning mavzusini yoritishga yordam beruvchi maxsus va xususiy ilmiy metod-
lari ham mavjud. Bu metodlar quyidagilardan iborat: mantiqiy metod, tarixiy
metod, sistemali – strukturali o‘rganish metodi, qiyosiy-huquqiy metod, aniq-
sotsiologik metod, statistik-matematik metod, kibernetika metodi, ijtimoiy-tajri-
ba metodi va boshqalar.
Mantiqiy metod – davlat va huquq hodisalarining mohiyatini, asosiy
mazmunini nazariy shaklda, mavhumlashtirilgan tarzda, mantiq qonunlari aso-
sida o‘rganish usulidir. U oqilona, asoslantirilgan (isbotlangan) va izchil xulosa
chiqarishni nazarda tutadi.
Mantiq (logika) eng umumiy tarzda ta’riflaganda, to‘g‘ri, haqqoniy ilmiy
fikr yuritish, fikr yuritishdagi ichki uyg‘unlik va o‘zaro mutanosiblikdir. Man-
tiq fikrning tuzilishini, turli fikrlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni, haqiqat
bilimga erishishning shart-sharoitlari va qonun-qoidalarini o‘rganadi. Dialek-
tik mantiq tafakkurning umumiy qonuniyatlarini tahlil etadi. U inson tafak-
kurining «charxlanishi»ga ko‘maklashadi, uning izchil, ziddiyatlardan xoli va
asos-e’tiborli bo‘lishini ta’minlaydi
2
. Demak, asosiy mantiqiy talablar – fikrni
aniq, izchil, ziddiyatsiz, asosli, isbotli ifodalashdan iborat.
Mantiqiy metod davlat va huquq voqeliklari haqida to‘g‘ri (haqqoniy)
bilimlar hosil qilish, ularni yoqlab chiqish va asoslashda mantiq qonun-
qoidalaridan foydalana bilishni o‘rgatadi. Shuningdek, mazkur metod turli
fikrlarni mantiqiy tahlil qila olish, o‘z fikrini ixcham, lo‘nda va eng muhimi,
ishonarli, asosli qilib bayon etish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Ilmni mantiqiy
usul va vositasida o‘rganishda avvalgi bilim (xulosa) keyingi bilim (xulosa)
uchun asos bo‘ladi. Ilmiy-nazariy xulosalarni shakllantirishda
mantiq sillo-
gizmlariga tayanish lozim bo‘ladi.
1
Qarang: Davlat va huquq nazariyasi // professorlar H. Boboyev va H. Оdilqoriyevlarning umumiy
tahriri ostida. – T., 2000. 12–13-betlar.
2
Falsafa: qomusiy lug‘at (mas’ul muharrir Q. Nazarov). – T., 2004. 220–221-betlat.
Do'stlaringiz bilan baham: |