217
XI bob.
Huquq
ijodkorligi
faat va irodasini aniqlash hamda qonun darajasiga ko‘tarishda referendum eng
samarali usul hisoblanadi.
«Xalq huquq ijodkorligi» tushunchasining butun mazmuni, barcha qir-
ralari birgina «referendum» instituti orqali batafsil ochilmaydi. Xalqning bevosita
huquq ijodkorligi ancha keng tushuncha bo‘lib, uning mazmuniga quyidagi
voqeliklar ham kiradi:
– xalqning huquq tashabbuskorligi;
– huquqiy hujjat (qonun) loyihasining jamoatchilik (umumxalq) muho-
kamasi;
– huquqiy hujjatni, qonunni xalq ovoz berishi orqali qabul qilish
(referendum).
Demak, referendum xalq huquq ijodkorligining bir, yakuniy bosqichidir
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |