218
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
di. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutil-
gan quyidagi mansabdorlik lavozimlarini sanab o‘tish mumkin: Prezident, Oliy
Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri, Bosh vazir, vazir, hokim, prokuror,
sudya, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, korxona, muassasa, tashkilotlar rah-
barlari va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlatimizdagi eng
oliy mansabdor shaxs hisoblanadi.
Mansabdor shaxsning normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash va
uni qabul qilish bo‘yicha faoliyati huquq ijodkorligi hisoblanadi. Biroq, uning
huquqni qo‘llash bilan bog‘liq xatti-harakati huquq ijodkorlik faoliyati doirasiga
kirmaydi.
Huquq ijodkorligi jarayoniga turli-tuman hayotiy vaziyatlar, ijtimoiy omil-
lar (sotsial faktorlar) jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy omillar huquqiy tartibga
solish ehtiyojini aniqlashga, huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashga, qonunchilik
hujjati loyihasini muhokama qilish va qabul qilishga, pirovardida uning maz-
muniga u yoki bu tarzda ta’sir o‘tkazuvchi ijtimoiy hayot hodisalaridir. Huquq-
ni yaratish va shakllantirish jarayoniga eng avvalo iqtisodiy (moddiy), siyosiy,
ijtimoiy, mafkuraviy va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois huquq yaratish
jarayonida ijtimoiy omillar imkon qadar to‘la hisobga olinsa, yaratilayotgan
qonunlar (huquqiy hujjatlar) jamiyat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlariga,
taraqqiyot ehtiyojlariga shunchalik mos keladi, hayot bilan hamohang bo‘ladi
1
.
Ijtimoiy ahamiyatga molik muayyan normativ-huquqiy hujjatni yaratishda
qonun chiqaruvchi organ, har qanday huquq ijodkorlik subyekti quyidagi vazi-
falarni bajarishi lozim bo‘ladi:
– tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi zarurligini belgilovchi
turli sotsial omillarni o‘rganish;
– huquqiy normalarni shakllantirish (loyihalashtirish) chog‘ida ijtimoiy
va milliy qatlamlarning, sinflarning, butun jamiyatning turli-tuman manfaatla-
rini aniqlash va e’tibor bilan inobatga olish;
– tayyorlanayotgan huquqiy normalar loyihasini tarixan avval qabul
qilingan analogik hujjatlar bilan va xorijiy davlatlarda bugungi kunda amal
qilayotgan shunday huquqiy qoidalar bilan qiyosiy tahlil o‘tkazish;
– zaruriyat taqozo etganda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning
oqilona variantlarini aniqlash uchun ijtimoiy eksperiment yo huquqiy eksperi-
ment (tajriba) o‘tkazish;
– loyihalashtirilayotgan huquqiy normaning huquqiy tizimda amal qilayot-
gan boshqa normalar bilan o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’sirining xususiyatlarini,
tabiatini aniqlash kabi qator harakatlarni amalga oshirish
2
.
1
Qarang: Оdilqoriyev Х.T. O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. – T., 1995. – 83-bet.
2
Batafsilroq qarang: Керимов Д.А. Культура и техника правотворчества. – М., 1991. – 23-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |