79
III bob.
Davlat haqida
umumiy ta’limot
Davlat tipologiyasi – davlatning mohiyatan o‘ziga xos xususiyatlarini
ajratish yoki biror tipga mansubligini belgilashda foydalaniladigan ta’limot,
bilimlar tizimidir. Davlat tipologiyasida davlatlarni muayyan mezonlar aso-
sida turlarga ajratish, tasniflash amalga oshiriladi. Huquqshunoslik fanida
davlat tipologiyasini o‘rganishda ikki xil yondashuvni, ya’ni
formatsiyaviy
(tarixiy materialistik) va
sivilizatsiyaviy (ma’rifiy) yondashuvni ko‘rsatish
mumkin.
Formatsiyaviy yondashuvning mohiyati shundaki, ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalarning almashinuvi ijtimoiy inqiloblar natijasida sodir bo‘ladi va bu
davlatning bir tarixiy tipidan boshqa, undan yuqoriroq ikkinchi tipiga o‘tishini
nazarda tutadi. Formatsiyaviy yondashuv fanda sinfiy yondashuv deb ham
yuritilib, unda davlat tipologiyasining asosiy mezoni ijtimoiy-iqtisodiy for-
matsiyalar hisoblanadi. Mazkur tipologiyada, birinchidan, davlatlar muayyan
ijtimoiy-iqtisodiy omillar asosida tiplarga ajratiladi; ikkinchidan, davlat-
larning tabiiy-tarixiy xususiyati ularning o‘z taraqqiyotida ma’lum bosqichlarni
o‘tishini ko‘rsatadi.
Formatsiyaviy yondashuv bir tipdagi davlatning boshqasiga faqat sotsial
inqilob orqali o‘tishini tan oladi. Ushbu tipdagi davlatlarda hokimiyat hukm-
ron sinfning manfaati uchun xizmat qiladi. Ya’ni, davlatning ijtimoiy vazifasi
sinfiy manfaatlarni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Masalan, quldorlik dav-
lati – quldorlarning, feodal davlat – yirik yer egalarining irodasini ifodalaydi.
Shunday qilib, davlat va huquqqa formatsiyaviy yondashuv aniq ifodalangan
sinfiy xususiyat kasb etadi. Bunda ishlab chiqarish munosabatlari tipiga ko‘ra
quldorlik, feodal, kapitalistik va
sotsialistik davlat turlarini ajratib ko‘rsatish
mumkin.
An’anaga ko‘ra,
quldorlik davlati tarixdagi birinchi davlat tipi hisobla-
nadi. Ushbu davlat tipining paydo bo‘lishi eramizgacha bo‘lgan IV-III asrlarga
to‘g‘ri keladi. Bunday davlatlar Qadimgi Misr, Qadimgi Bobil, Qadimgi Xitoy,
Qadimgi Hindiston va ikki daryo oralig‘ida paydo bo‘lgan. Quldorlik davlati
tizimi Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rim antik davlatlarida eng to‘liq tarzda
rivojlangan.
Ekspluatatsiya shaklining o‘zgarishi quldorlik tipidagi davlatning
feodal
davlati bilan almashishiga olib keldi. Yevropada uning paydo bo‘lishi yangi
eraning V–XI asrlariga to‘g‘ri keladi. Feodal jamiyatning asosini feodallarning
yerga bo‘lgan xususiy mulkchiligi tashkil etar edi, feodal davlat esa feodallar
sinfining diktaturasi sifatida maydonga chiqadi.
Ishlab chiqarishning yanada o‘sishi, savdo va sanoatning rivojlanishi yan-
gi davlat tipi –
kapitalistik davlatning paydo bo‘lishiga olib keldi. O‘zgalar
mehnatidan foydalanishning kapitalistik shakli quldorlik va feodal shakllardan