Davlatning belgilari
Оmmaviy-siyosiy
hokimiyat
Davlat suvereniteti
Davlat hududi
Davlatning belgilari
Fuqarolik
Soliqlarning
joriy etilishi
Davlatning mazmuni va mohiyati
haqida to‘liq tasavvur hosil qilish uchun
ularni muayyan tur (tip) larga bo‘lgan holda
o‘rganish maqsadga muvofiq. Davlatlarni muayyan bir tiplarga ajratish ularni
batafsil o‘rganishga yordam beradi. Davlat tipologiyasi davlat va huquq nazariyasi
fani o‘rganadigan alohida mavzu hisoblanadi.
Davlat va huquqiy tizimlarni tiplarga ajratib klassifikatsiya qilish (tas-
niflash) davlat-huquqiy materiyani anglashning obyektiv zaruriy va qonuniyatli
jarayoni bo‘lib, u davlat va huquq rivojlanishining tabiiy-tarixiy mantig‘ini aks
ettiradi, davlat va huquqning bir tipining boshqa tipi bilan almashinishi tarixan
muqarrarligini ifoda etadi. Tipologiya davlat va huquqning rivojlanishi tarixiy
jarayonini o‘rganishning muhim usuli va vositasi hisoblanadi
1
.
1
Qarang: Марченко М.Н. Теория государства и права. – М., 1996. – 87-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |