80
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
farq qiladi. Bunda u mehnatkashlarning ekspluatatorlarga shaxsan, ochiqdan-
ochiq qaramligiga emas, balki rasman erkin, biroq ishlab chiqarish vositalari-
dan mahrum bo‘lgan va shu sababli yashash uchun o‘z kuchini kapitalistik
korxonalarning egalariga sotishga majbur bo‘lgan yollanma ishchilar sinfining
yashirin iqtisodiy qaramligiga asoslanar edi.
Kapitalistik tuzumdagi davlat yaqin vaqtlargacha ekspluatatsiya qilinuvchi-
larni ekspluatatorlarga bo‘ysundirishida yordam beruvchi, ularni jamiyatni
tashkil etishning muayyan tarixiy shakliga mos keluvchi tartiblarga rioya
qilishga majbur qiluvchi mashina bo‘lib keldi.
Biroq keyingi o‘n yilliklarda kapitalistik jamiyatda jiddiy o‘zgarishlar yuz
berdi. Ijtimoiy manfaatlar sinfiy manfaatlardan, umuminsoniy manfaatlar mil-
liy manfaatlardan, umumiy manfaatlar xususiy manfaatlardan ustunlik qila
boshladi. Demokratik g‘oyalar va institutlar (tashkilotlar) keng yoyila boshladi,
bu jamiyatning rivojlanishida davlatning o‘rni va ahamiyatiga ta’sir qilmasdan
qolmadi. Davlat faoliyatining mazmuni, uning ijtimoiy yo‘nalishi jiddiy ravishda
o‘zgara boshladi. Davlat zo‘rlik, majbur qilish vositasidan tobora butun jamiyat
ishlarini boshqarish mexanizmiga aylana bordi.
Sotsialistik davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar sinfiy nazariya (markscha-lenincha
ta’limot) tarafdorlari asarlarida paydo bo‘lgan. Ular o‘z asarlarida sotsialistik
davlatni boshqa tipdagi davlatlarga qarshi qo‘yib, asosiy tafovut hokimiyat-
ning ekspluatatsiya qiluvchi ozchilik qo‘lida bo‘lishi va undan ekspluatatsiya
qilinuvchi ko‘pchilik qarshiligini bostirish uchun foydalanishda, deb uqtirgan-
lar. Ularning fikricha, sotsialistik davlat «sotsialistik inqilob» natijasida paydo
bo‘ladi, ya’ni siyosiy hokimiyat zo‘ravonlik orqali egallab olinadi. Bu jarayon
eski davlat mashinasini sindirish va proletariat diktaturasini o‘rnatish zarurligi
bilan bog‘lanadi. Ayni paytda sotsialistik inqilob g‘alabasidan so‘ng hokimiyat
ishchilar sinfi qo‘lida bo‘lishi rejalashtiriladi. Ishchilar sinfi esa butun xalq man-
faatlari yo‘lida ekspluatator sinflar qarshiligini bostiradi va butun xalqni yangi
hayot qurish uchun o‘ziga ergashtirishga intiladi.
Sinfiy tipologiya ta’limoti mamlakatimizda sobiq sovet Ittifoqi parcha-
langunga qadar yagona g‘oya sifatida e’tirof etib kelindi. Ushbu ta’limotning
asosiy kamchiligi shundaki, u dunyodagi barcha davlatlarni yagona sinfiy
tipologiyaga kiritgan holda, bu boradagi milliy, madaniy, diniy va boshqa bir
qator omillarni inkor etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |