Shuruplar. Yog’och va plastmassa uchun mo’ljallangan vint shurup deyiladi (5.14.8-chizma). Shuruplarning konstruksiyasi va o’lchamlari standart bilan belgilangan. Shuruplarning kallagi yarim yumaloq, yashirin, yarim yashirin, olti qirrali va kvadrat shakllarda tayyorlanadi. Shurupalarning kallagida ularni burash uchun o’yiqlar bo’ladi.
5.14.8-chizma
Shpilkalar. Shpilka silindrik sterjan bo’lib, uning ikkala uchiga rezba o’yilgan bo’ladi. Uning kalta rezbali uchi biriktiriluvchi detalning biriga burab kiritiladi, ikkinchi uchiga gayka buraladi (5.14.9-chizma).
5.14.9-chizma
Shpilkalardan konstruktiv nuqtai nazardan boltlarni tatbiq qilish mumkin bo’lmaydigan joylarda ishlatiladi. Shpilkalarning ikkala uchiga ham yirik va mayda qadamli metrik rezbalar o’yilgan bo’lishi mumkin.
A va B aniqlik sinfidagi shpilkar ikki xil ko’rinishda tayyorlanadi. Arezbasining nominal diametri d va rezbsiz silliq qismining diametri d1 bir xil (5.14.9-chizma, a). B- rezbasining nominal diametri d rezbasiz silliq qismining nominal diametridan katta (5.14.9-chizma, b).
Shpilkaning burab kiritiladigan l1 qismining uzunligi uning qanday materialdan tayyorlsngsn uyaga burab kiritilishiga bog’liq. Kiritiladigan uya qattiq materialdan o’yilgan bo’lsa l1=d va l1=1,25 d, yumshoq materilga kiritiladigan bo’lsa l1=1, 6d, l1=2d va l1=2,5d qilib tayyorlanadi. Shpilkaning uzunligi l (l1shpilka uzunligiga kirmaydi) shpilkaga kiydirilib mustahkamlanadigan detalning qalinligi H1 ga bog’liq bo’ladi, ya’ni l= H1+1,3d gat eng qilib olinadi, l0=2d+6.
Shpilkaning burab kiritiladigan qismining uzunligi l1=d, B turkum aniqlikdagi, 1-bajarilishidagi, rezbaning nominal diametri d=20 mm, yirik qadamli
R=2,5 mm, qo’yim maydoni 6g, uzunligi l=150 mm, mustahkamlik turkumi 5.8 bo’lgan qoplamasiz shpilkaning shartli belgilanishiga misol: shpilka M20-
6gx150.58. Xuddi shu shpilka 2-bajarilishda bo’lib qadami mayday P=1,5 mm, qo’yim maydoni 6g, mustahkamlik turkumi 10,9,40X mrkali po’latdan tayyorlangan 02 qoplamli qalinligi 8mkm bo’lsa, quyidagicha belgilanadi: shpilka 2Mx1, 5-6gx150.109.40X.029.
Burab kiritiladigan qismi l1=1,6d , A turkumli aniqlikdagi 1-bajarilishdagi, rezbasining diametri d=20mm, burab kiritiladigan qismidagi rezba mayday qadamli R=1,5 mm, qo’yim maydoni 2r , gayka buraladigan rezbasi uchining qadami yirik R=2,5 mm, qo’yim maydoni 6g, uzunligi 160 mm, mustahkamlik sinfi 6.6, qoplamasi 05 bo’lgan shpilkaning shartli belgilanishiga misol: Shpilka M20x160.66.05.
Do'stlaringiz bilan baham: |