Biriktirish elementlari o’lchamlari. Olti qirrali bolt, vint va shuruplarning kallaklari hamda olti qirrali gaykaning asosiy o’lchamlari standart tomonidan belgilangan. Bolt, vint, shpilkalarning rezbali uchlari turli ko’rinishda bajariladi (5.14.1-chizma).
Faskasiz Konus faskali Sfera faskali Silindrik uchli
Pog’ona uchli Konus uchli Chuqurcha uchli
5.14.1-chizma
Boltlar. Bolt silindrik sterjendan iborat bo’lib, uning bir uchi kallakli, ikkinchi uchi rezballi bo’ladi (5.14.2-chizma). Bolt kallagining shakli olti qirrail, kvadrat, yarim yumaloq, konus shaklida va kallagining osti kvadratli yoki “murtakli” qilib ishlanadi. Boltlar dag’al aniqlikda, normal aniqlikda tayyorlanadi.
5.14.2-chizma
Boltlarni kallaksimon shakli va o’lchamga, sterjenning shakliga, rezbasining qadamiga, bajarilishi ko’rinishiga va tayyorlanish aniqligiga qarab ajratiladi (5.14.2-chizma). Yuqori aniqlikdagi (A turkum) bolt sirtining tozaligi belgilari (5.14.2-chizma,a), normal aniqlikdagi (B turkum) bolt sirtining tozaligi belgilari
(5.14.2-chizma,b), dag’al aniqlikdagi (C turkum) bolt sirtining tozalik belgisi
(5.14.2-chizma,c) ko’rsatilgan.
Boltning bajarilishiga qarab sterjenda shplint uchun teshik (5.14.2-chizma, b) yoki boltni o’z-o’idan buralib ketmasligi uchun kallagida sim bilan bog’lab qo’yishg mo’ljallangan ikkita teshik (5.14.2-chizma, e) o’yilishi mumkin.
Kallagining o’lchamiga qarab boltlar normal kallakli va kichraytirlgan kallakli bo’ladi. Yarim yumaloq va yashirin kallakli boltlarni kallagi ostida muutakli qilib tayyorlanadi (5.14.3-chizma, b). yarim yumaloq va yashirin kallakli boltlarning kallagining osti kvadratli qilib tayyorlnadi (5.14.3-chizma, b, c, d).
5.14.3-chizma
Boltlarni berilgan sterjen diametriga nisbatan taxminiy o’lchamlarda chizish mumkin (5.14.4-chizma, a). Bolt rezbasining diametri d=20mm berilgan bo’lsa, rezbasininjg nominal diametrik, ya’ni tashi rezbasi 20 mm, ichki rezbasi d1 = 0,85 d=17mm, kallakisining qirralarini qamrab oluvchi aylana diametri D=2d=40mm, kallakisining kalit o’lchami yasash yo’li bilan aniqlanadi yoki 1,73 d olinadi, kallakisining balandligi H=0,7 d=14mm rezbasining uzunligi lo =2d+6=46 mm, faskasi c=0,15d=3mm, bolt kallagi yoqlarining uchidagi burchagi 120° li konus faskasi bilan kesishishdan hosil bo’lgan giperbolalar o’rniga R=1,5d va R=d radiusli aylana yoylarida chiziladi (5.14.4-chizma, b). Boltning uzunligi l (bolt kallakisi H uning uzunligiga kirmaydi) biriktiriladigan detallarning qalinliklariga bog’liq bo’ladi, ya’ni l=H1+H2 +1,3d da chiziladi. H1 H2 –biriktiriladigan ikkita detalning qalinligi.
5.14.4-chizma
Muhandis amaliyotida maxsus boltlardan (tashlma bolt, rim-bolt, poydevor bolti) foydalaniladi. Detallarni tezda siqish va bo’shatishda tashlama boltlardan foydalaniladi va ular uch ko’rinishda tayyorlanadi: yumaloq kallakli bolt, shplintga mo’ljallangan teshikli yumaloq kallakli bolt, vilkali bolt (5.14.5-chizma, a, b, c). tashlama boltlar B va C aniqlikdagi turkumda tayyorlanadi.
5.14.5-chizma
B turkum aniqlikdagi, 1-bajarilishdagi, rezbasining diametri 6 mm dagi, qo’yim maydoni 6g dagi, uzunligi 32 mm dagi, mustahkamliki turkum 3.6 dagi, po’latdan, qoplamasi 0,1 qalinligi 6 mkm dagi tashlama boltning belgilanishiga misol: bolt B.6m-6gx32.36.C.016.
Yuklarni ko’tarish va tushirishda ishlatiladigan rim-boltlar, qurilish konstruksiyalarini mustahkamlash uchun poydevorga betonlanadigan boltlar diametri 12 mmdan 140 mmgacha tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |