Тошкент
SINTAKSIS HAMDA PUNKTUASIYA BO‘LIMINI O‘QITISH MUAMMOLARI VA
YecHIMLARI
I.Fayziyeva.
navoiy viloyat qiziltepa tumaniga
qarashli 36 umumiy o‘rta ta’lim
maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi
grammatika – morfologiya va sintaksis bo‘limlaridan tashkil topadi. Til fanining katta
bir qismi bo‘lgan sintaksis — so‘z, so‘z birikmasi va gaplarning o‘zaro aloqasini, so‘z
birikmasi va gaplarni tashkil etgan bo‘laklarning xususiyatlarini o‘rganadi. sintaksis shu
jihatdan morfologiyadan farqlanadi.
gap haqida egallangan bilimlarni mustahkamlash, kengaytirishda, so‘zbirikmasining
ahamiyati beqyos. so‘z birikmasi — gapda aniq bir yo‘nalishga
ega bo‘lish, maqsadli fikrlash, qolaversa, gapning badiiy bo‘yog‘ini quyuqlashtirish, uni
qziqarli hamda mukammal holatga keltirish vazifasini bajaradigan hodisa. shuning uchun so‘z
birikmasidan gapning qurilish materiali sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu esa, o‘z
navbatida, o‘quvchining fikrlash qobiliyatini faollashtiradi, fikr ifodasini tezlashtiradi. Buni
aniq bir misol yordamida kuzatish mumkin.
So`z birikmalari
Gap
ertalabki quyosh, ko‘m-ko‘k barglar
Barglar jilvalanadi
bahorning mayin shabodasi, raqs
tushayotgan ko‘m-ko‘k barglar,
ertalabki quyosh, quyosh nuri, ming bir
rang, ming bir rangda tovlanmoq,
ming bir rangda jilvalanmoq
Bahorning mayin shabodasida raqs
tushayotgan ko‘m-ko‘k barglar,
ertalabki quyosh nurida erkalanib,
ming bir rangda tovlanadi,
jilvalanadi.
Jadval bo‘yicha dastlab so‘z birikmalarining qanday hosil qilinishini izohlash talab etiladi.
so‘z birikmasi — bosh va ergash so‘zlardan iborat bo‘lib, predmet, belgi, ish-harakatni
yanada aniqroq tasavvur qilishga, gapni aniq bir yo‘nalishda maqsadli rivojlantirishga xizmat
qiladi. Tizimli tilshunoslik fani til o‘qitish metodikasi uchun tavsiya qilayotgan, o‘quvchi
lug‘at zaxirasini boyitishga xizmat qiladigan “leksikologiyada uyadoshlik hodisalari”, so‘z
birikmasining gap mazmunini ochib berishdagi ahamiyati kabi ko‘rsatmalari o‘zbek tili
metodikasi rivoji uchun nihoyatda qimmatlidir.
Jadvalda “Barglar jilvalanadi” yig‘iq gapi bilan “ko‘m-ko‘k barglar quyosh nurida
jilvalanadi” yoyiq gapini taqqoslash imkoniyati mavjud.
Birinchi gapdagi nisbiy mavhumlik (qanday barg? nimaning bargi? nimada jilvalanadi?)
ikkinchi gapda bartaraf etilgandek, gapning mazmuniy tugalligi, jozibasi oshgandek
tuyuladi. ammo bu narsa ham nisbiylik nazariyasiga asoslangan bo‘lib, ikkinchi gap,
birinchisiga nisbatan, so‘z birikmalarini o‘rinli ishlatish hisobiga ancha mukammallashgan.
chunonchi, uchinchi gapdagi, badiiy bo‘yoqdorlik, nafislik, jozibadorlik darajasi, birinchi
gapga, qolaversa, ikkinchi gapga nisbatan ham anchagina yuqori. demak, uzluksiz ta’limda
so‘z birikmalari hosil qilish ustida ishlash, o‘quvchini jadal fikrlash, ravon va bo‘yoqdor
fikr ifodalashga yo‘naltiradi. o‘rinli, nutqiy vaziyatga mos holda tanlangan so‘z birikmasi,
gap mazmunini ochib, balqtib yuboradi. so‘z birikmasi ifodalanayotgan umumiy fikrni
xususiylashtirishga, dalillarni aniqlashtirishga gap qurilishini jadallashtirishga xizmat qiladi.
“gap bo‘laklari yuzasidan tahlil o‘tkazilganda, o‘quvchilar so‘zlarning o‘z ma’nosida va
ko‘chma ma’noda ishlatilganligini fahmlay oladilar”. so‘zlarning o‘z ma’nosi va ko‘chma
ma’noda ishlatilganligi so‘z birikmasida aniqlanadi. u ham so‘z kabi predmet, ish-harakat
va ularning belgisini ifodalash uchun xizmat qiladi, ham shu xildagi boshqa narsa,
buyum, shaxs, belgi, ish-harakatlardan ajratib, fikrni so‘zga nisbatan aniqroq ifodalaydi: M:
хаtni
nimani o`qimoq? she’rni
hikoyani
uyda o‘qimoq
qayerda o`qimoq ? maktabdа
70
Do'stlaringiz bilan baham: |