Январь 2021 7-қисм
Тошкент
“cHeT TILLARDA O‘QUVcHILARNING OG‘ZAKI NUTQINI O‘STIRISHDAGI
TAVSIYALARI”
Dilnoza Tillayeva
andijon viloyati ho‘jaobod tumanidagi
3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
ingliz tili fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: ushbu maqolada chet tillarni o‘qitishda o‘qituvchi nutqini o‘stirish haqida bayon
etilgan.
Kalit so‘zlar: chet tili, o‘qituvchi, o‘quvchi, doska, bilim, ko‘nikma.
“o‘qituvchi doskadagi bir umrlik aktyordir”. darhaqiqat, o‘qituvchilik kasbi juda sharafli
kasb. Men muallimlarni go‘yoki shag‘amga o‘hshataman.har yoqqa ziyo taratib, umrini, vaqtini,
hotirjamligiyu, asablarini sarf qiladi. ammo har tong o‘sha jonajon oshyoniga oshiqadilar. shaxsan
men ham ushbu sharafli kasb egasi ekanimdan fahr hissini tuyaman. Bu sharafli kasb egalari har
doim izlanadilar,bilim egallaydilar va o‘sha bilimlarini erinmay o‘quvchilarga yetkizishga harakat
qiladilar.
ingliz tilida “knowledge is power” degan naql bor. “kuch bilimda”. darhaqiqat, bilimli inson
har joyda qadrlidir. Zero, rivojlanib borayotgan tillar qatorida shiddat bilan odimlayotgan chet
tili, hususan, aynan ingliz tili dunyo miqyosida tan olindi. ingliz tilida o‘quvchilarning og‘zaki
nutqini yanada oshirishda, albatta zamonaviy tehnologiyalardan samarali foydalanish mihim.
ayniqsa talaffuziga e’tibor berilishi lozim. Bunda asosan lingafon xonalardan foydalanish muhim
yo‘nalish hisoblanadi. chunki ingliz tilida so‘zlarni chiroyli talaffuz qilsagina nutqi ravon
bo‘lishiga erishiladi. afsuski viloyatimizning chekka hududlarida lingafon xonalari yetishmaydi.
Tavsiyam shuki o‘quvchilar bilimini oshirishda lingafon honalar judayam zarur deb o‘ylayman.
shunda yanada o‘quvchilarning chet tiliga bo‘lgan qiziqishi ortib boradi. ahir har bir o‘quvchi
bilimini maktabda egallaydi. har bir o‘quvchining psihologik holatini, qabul qilish qobiliyatini
hisobga olgan holda,har bir o‘quvchiga individual tarzda yondashish muhim omil sanaladi. agar
biz faqatgina tez o‘zlashtiradigan yoki qiziquvchan o‘quvchilarga ko‘p ahamiyat berib,qolgan
o‘quvchilar chetda qolib ketsa, bu aynan o‘sha bo‘sh o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarnii yanayam
passiv bo‘lib ketishiga olib keladi. Bu esa bizning kamchiligimizdir. agarda har bir o‘quvchining
qobiliyatiga qarab topshiriqlar berib borsak,albatta bu ertaga o‘z mevasini beradi.
agar darsliklarga nazar tashlasak,har bir sinf yoshiga hos tarzda materiallar joylangan.
Masalan, 1-sinf o‘quvchilarini olaylik.Bog‘chadan birdaniga maktabga kelgan kichkintoylar
albatta maktab darsligining murakkab mashg‘ulotlaridan zerikishi tabiiy. shunga ko‘ra, ularning
ingliz tili darsligida rasm chizish,bo‘yash,kabi mashg‘ulotlar kiritilgan. shunga ko‘ra, men
har bir sinfga dars berganimizda, albatta ularning qiziqishlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik
zarur. chet tilini writing-yozish, reading-o‘qish, listening-tinglab tushunish, speaking-gapirish
ya’ni muloqot qilish orqali o‘rganamiz. albatta maktabdayam kichik sinflardan boshlab huddi
shu yo‘nalishni har bir darsda qo‘llashimiz kerak. har darsda diktant yozdirishimiz zarur,
so‘zlarni yahshi yozishlari uchun. albatta matn o‘qitishimiz, tarjimalardan foydalanishimiz, o‘z
o‘rnida tinglab tushunishniyam amalga oshirishimiz darkor. o‘quvchilarni zerikib qolmasliklari
uchun o‘yin tarzda tashkil qilsak ham bo‘ladi.Misol uchun men 2-sinf o‘quvchilarim zerikib
qolmasliklari uchun ham oson o‘rganishlari uchun o‘yin tarzda o‘rgataman. ayniqsa, boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari so‘zlarni yodlashga qiynaladilar. Men biror bir nechta yangi so‘zlarni, yoki
raqamlarni oq qog‘ozga yozib chiqaman. so‘ng ularni polga yoyib chiqaman. har bir o‘quvchi
o‘sha so‘z yoniga sakraydi va albatta tarjimasini aytadi. shu mashg‘ulotni barcha o‘quvchilar
takrorlaydi. qarabsizki o‘z o‘zidan yangi so‘zlar juda osonlik bilan o‘quvchilar xotirasida
qoladi,ham zerikishmaydi.
har bir o‘quvchiga erikmay ta’lim berib kelayotgan ustozlarga hurmatim cheksiz. Barcha
ziyolilarga sharafli kasbini ado etishlarida sabr, matonat kuch quvvat tilayman!
64
Do'stlaringiz bilan baham: |