Январь 2021 7-қисм
Тошкент
FONeTIKANI O‘RGANISH YUZASIDAN TAVSIYALAR
Rahimova Mahbuba Obodboyevna
shovot tumanidagi ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan
1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim
maktab-internati ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Telefon: 998 (90) 435 47 00
rahimovamahbuba@gmail.com
Annotatsiya. ushbu tezisda maktab o‘quvchilariga fonetika bo‘limini o‘qitishga doir tavsiyalar
berilgan. Tavsiyalardan barcha maktab o‘qituvchilari o‘z darslarida foydalanishlari mumkin.
Kalit so‘zlar. fonetika, fon, grafika, tovush, harf, belgi, metodika, metod, nutq, nutq tovushlari,
til sathi.
o‘quvchilarga berilayotgan bilimlar, ma’lumotlar ularning kundalik turmush tarzi, faoliyati
bilan bog‘lansa, amaliy zarurat o‘laroq singdirilsa, ta’lim ular uchun tom ma’nodagi hayotiy
ehtiyojga aylanadi. o‘quvchilar nima uchun bilim olayotganliklarini, u hayotda qachon, qayerda
va qay shaklda kerak bo‘lishini bilishlari, his qilishlari lozim. shundagina ilm olishga ongli
intilish, tabiiy ishtiyoq paydo bo‘ladi. ehtiyojga aylanmagan ta’lim quruq axborotni olishga
zo‘rlaydigan majburiyatga aylanadi. Til bo‘limlarini o‘qitishda eng katta qusur ham bu bolalarga
ma’lumot va qoidalarning quruq yodlatilayotganligidadir. ayniqsa, ko‘pchilik uchun fonetika
bo‘limi hissiz ma’lumotlar yig‘indisidan iborat bo‘lib tuyuladi. Metodika ilmida fonetikani
o‘qitish yo‘riqlari ishlab chiqilmagani bois ona tili muallimlari asosan, darslikdagi ma’lumotlarni
qayd qilish, ularni yodlatish bilan kifoyalanadilar. hatto metodist olimlar ham “ona tili ta’limining
asosiy maqsadi o‘quvchilarda nutqiy ko‘nikma va malakani hosil qilish” ekanligini ta’kidlar
ekanlar, buning uchun zarur bo‘lgan leksik, grammatik va uslubiy bilimlarni berish maqsadga
erishish vositasi”
1
deya belgilab fonetik bilimlarning bu maqsad yo‘lidagi ahamiyatini negadir
qayd etmaydilar. aslida har bir til sathini o‘qitishga kirishishdan oldin o‘qituvchi ushbu bo‘lim
nima uchun o‘rganilishi kerakligini aniqlashtirib olishi lozim. Xususan, nutq tovushlari tizimini
o‘rganishni boshlashdan oldin “nima uchun fonetika bo‘limini o‘rganamiz?” yoki “fonetika
bo‘limini o‘rganish bizga nima beradi?” qabilidagi savollar qo‘yilib, mushohadaga chorlasa
o‘rinli bo‘ladi.
avvalo, barcha til birliklari uchun nutq tovushlari (fonemalar) asos bo‘lishi tadrijiy (pog‘onali)
tarzda tushuntiriladi. ko‘rinadiki, insonni inson qilib turgan asosiy belgi –tilning birlamchi asosi
nutq tovushidir. uni o‘rganish insonning o‘zini bilish ibtidosi ekanligi bolalarga his ettirilishi
lozim.
Bo‘limni o‘rganishga kirishishdan oldin “fonetika” atamasini sharhlashni tavsiya etamiz.
Yunonchadan olingan bu so‘zning asosiy ma’nosi “fone”-fon ekanligini aytib, o‘quvchilardan
tilimizdagi “fon” qismi ishtirok etgan so‘zlarga misol keltirish so‘raladi. o‘quvchilar “telefon”,
“mikrofon”, “mognitofon” kabi so‘zlarni aytishlari tabiiy. shunda o‘qituvchi bu so‘zlarga ta’rif
beradi: “telefon so‘zidagi tele-uzatish, fon esa ovoz (tovush) ma’nolarini beradi, ya’ni ovoz
uzatgich degani. Mikrofon esa mikro (kichik, past) tovushlarni ko‘tarib beradi, ya’ni u ovoz
(tovush) kuchaytirgichdir. shuningdek, magnitofon-magnitga yozilgan ovoz (tovush) ma’nosini
beradi.”
ko‘p hollarda o‘quvchilardan fonetika bo‘limi haqida so‘ralganda tovushlarni o‘rganuvchi
bo‘lim ekanligini aytishadi. Bu javobni hatto yuqori sinfga o‘tganlarida, hatto talaba bo‘lganlarida
ham eshitish mumkin. shuning uchun avval tovush va nutq tovushi tushunchalaridagi farq
tushuntirilishi kerak. Tabiatda narsa, jismlardan chiqadigan fizik tovushlar, hayvon, qush,
qumursqalardan eshitiladigan biologic tovushlar bo‘lishini aytib, insonning nutq a’zolarida
hosil bo‘ladigan tovushlar nutq tovushlari deyilishi, aynan shu nutq tovushlarigina fonetikaning
o‘rganish obyekti ekanligi tushuntiriladi. demak, fonetikada har qanday tovush emas, balki nutq
tovushlari o‘rganilishiga urg‘u berilib, bo‘g‘in, urg‘u hamda tovush o‘zgarishi hodisalari ham
qamrab olinishi ta’kidlanadi.
1
r.Tolipova o‘quvchilarda nutqiy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish. Til ta’limi bosqichlarida uzviylikni
ta’minlashning ilmiy-amaliy muammolari//o‘zbek tili doimiy anjumani o‘ninchi yig‘ini materiallari.-T.:2009.112-bet
17
Do'stlaringiz bilan baham: |