Январь 2021 2-қисм
Тошкент
erkinliklarga ega ekani kafolatlab qo‘yilgan. Ularga o‘z milliy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini
saqlash, har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishida ham millatlararo totuvlik
va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘yicha eng muhim vazifalar belgilab berilgan. Yurtimizda
etnik o‘ziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada uyg‘unlashtirishda 138
ta milliy madaniy markaz katta rol o‘ynamoqda
1
. Ana shu markazlar faoliyatini yangi bosqichga
ko‘tarish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida
yaqinda muhim bir qaror qabul qilindi. Unga binoan Respublika baynalmilal markazi negizida
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi.
Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga
ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot
masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”,
deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga
mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shunday ekan hozirgi vaqtda yoshlarimizni, chet elda ishlab, halol
mehnat bilan daromad topaman, deb yurgan fuqarolarimizni bunday tusdagi turli-tuman terroristik
kuchlar changaliga tushib qolmasligi uchun biz ta’lim-tarbiyada, targ‘ibot ishlarida qanday
choralarni amalga oshirishimiz talab etilmoqda.
Birinchidan, O‘zbekiston hukumati qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga
alohida ahamiyat bermoqda. Bizning maqsadimiz ular bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish,
turli mazmundagi muammolarni birgalikda yechishdan iborat. Markaziy Osiyoning barcha
davlatlarida etnik o‘zbek millati vakillari, ayni damda O‘zbekistonda qo‘shni mamlakatlardagi tub
millatga mansub aholi qatlamlari istiqomat qilishadi. Ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy muammolarni
birgalikda hal etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy sohalarida yuz
berayotgan turli mazmundagi ekstremistik kayfiyatdagi kuchlarga nisbatan “Jaholatga qarshi
ma’rifat” tamoyili asosida kurashishni amaliyotda keng qo‘llash, uning ijrosini ta’minlash
borasidagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni zamon talab qilmoqda. Bu o‘z
navbatida yoshlarni vatanparlik, millatparvarlik, sabrlilik, ahil qo‘shnichilik singari milliy
qadriyatlar negizida tarbiyalash muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
1
Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга
кўтарамиз. –Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ,2017.-465 б.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |