Январь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Ergasheva Ominaxon Haydarovna
11-sanattoriya maktab-internati boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisi Andijon viloyati Buloqboshi tumani
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida axborot
texnologiyalarining o‘rni, ulardan samarali foydalanish orqali ta’lim jarayonining samaradorligini
oshirish usullari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: axborot texnologiyasi, animatsiya, pedagogik texnologiya, innovatsiya
Bugungi kunda barcha sohalar singari ta’lim tizimini axborot texnologiyalarisiz tasavvur
etib bo‘lmaydi. 21-asr axborot texnologiyalari asri hisoblanadi. Hozirgi kunda ta’lim tizimida
ko‘zlangan asosiy vazifalardan biri fan va texnika sohasidagi yutuqlar bilan o‘quvchilarni o‘z
vaqtida tanishtirib borish, shu qatorda, turli keraksiz axborotlar ta’siridan o‘quvchilarni himoya
qilish, davr talabi va milliy o‘zligimizga mos keluvchi barkamol avlodni tarbiyalash kabi muhim
masalalarga e’tibor qaratiladi.
Barcha fanlar singari boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanini o‘qitishda nazariyaning
amaliyot bilan bog‘liqligi, mavzularni oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirish, ko‘rgazmalilik,
ommaviylik va faollikni oshirish kabi didaktik tamoyillarni o‘z ichiga oladi. Dars jarayonida
o‘quvchilarga berilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib,
yasalishi lozim bo‘lgan buyumning eskizini, texnologik xaritasini namoyish qilish o‘quvchilarda
aniq tasavvur uyg‘otadi. Axborotlarning animatsiyalar orqali uzatilishi o‘quvchilarni darsga
bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Kompyuter dasturlari yordamida ko‘rgazmalar tayyorlash, taqdimotlar va videoroliklar
yaratish yangi mavzuni tushuntirishda katta samara beradi. Boshlang‘ich sinf texnologiya
darslarida rangli qog‘ozdan turli gullar, maketlar, parranda va jonzotlar shakllarini yasash,
gazlamalardan buyumlar yasash usullari o‘rgatiladi. Plastilindan buyumlar yasash, hayvonlar
shaklini yasash va applikatsiya, mozaika usulida ishlash kabi jarayonlar ham amalga oshiriladi.
Shuningdek, texnologiya darslarida berilgan amaliy ishlarni bosqichli bajarish bilan birga
mavzuga oid savol-topshiriqlarga javob berishi, ishni sifatli bajarishi hamda xavfsizlik
qoidalariga rioya qilishi zarur. Bu vazifalarni bajarishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yangi
axborot texnologiyalaridan foydalanishi ko‘zlangan maqsadga erishishda muhim omil bo‘ladi.
Shuni ham aytib o‘tish joizki, agar o‘qituvchi texnologiya darslarida qo‘llaniladigan xavfsizlik
qoidalarini taqdimot ko‘rinishida tayyorlab o‘quvchilarga har darsda namoyish etsa, yanada
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki o‘quvchilar har darsda shu taqdimotni ko‘rganlaridan
keyin albatta eslarida qoladi, shunga amal qilishadi va natijada turli ko‘ngilsiz hodisalarning
oldi olinadi. Turli kasb egalari va kasb-hunarga oid ma’lumotlarni kengroq yoritishda
axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish yuqori samara beradi. Videolavhalar orqali
har bir asbobdan to‘g‘ri foydalanish, hom ashyodan tejamkorlik bilan foydalanish, kesuvchi
asboblardan texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish aks ettirilsa,
darsdan ko‘zlangan maqsadga erishish oson bo‘ladi. O‘qituvchi shuning uchun texnologiya
darslarida pedagogik, psixologik, dars texnologiyasi, o‘qitish vositalaridan foydalanish kabi
imkoniyatlarni mukammal o‘zlashtirishini taqozo etadi. O‘quvchilarni kelajakda o‘zi qiziqqan
kasb-hunarni egallashda, qiziqqan kasb-hunarining ustasi bo‘lishida texnologiya fani muhim
ro‘l o‘ynaydi.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich sinflarda
texnologiya fanini o‘qitishda o‘ziga xos innovatsiyalar mavjud bo‘lib, o‘qituvchi har bir
darsda ushbu innovatsiyalardan unumli foydalanishi kerak. Bu nafaqat bolaning darsni oson va
mukammal tushunishiga, qolaversa bugungi zamon talabi bo‘lgan axborot texnologiyalari bilan
ishlashlariga keng imkoniyat yaratib beradi.
92
Do'stlaringiz bilan baham: |