Январь 2021 10-қисм
Тошкент
TIMSS BAHOLASH DASTURINI ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
BILAN QO‘LLASH
Buriyeva Dilafruz Ikramovna
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani
3-umumta’lim maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
917778263
ad.email.com.7780@gmail.com
Annotatsiya: Bu maqolada TIMSS baholash dasturi asosida tabiatshunoslik darslarida
o‘quvchilarning bilim darajalarini tekshirish, uning amaliy va ilmiy jihatlari va bu baholash
dasturini ochib berishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari ko‘rsatib o‘tildi.
Annotation: This article describes the TIMSS assessment program to test students’ knowledge
in science classes, its practical and scientific aspects, and how to use new pedagogical technologies
in the disclosure of this assessment program.
Kalit so‘zlar: Qo‘riqxona, hayvon, ekologiya, zamonaviy texnologiya, foydali qazimalar,“Qizil
kitob”.
Key words: Nature reserve, animal, ecology, modern technology, minerals, “Red book”.
Boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida O‘zbekiston qo‘riqxonalari mavzusini o‘rgana tu-
rib, o‘qituvchi tabiat muhofazasi bo‘yicha qonuniy hujjatlar, ularni har biri jamiyatimiz fuqarosi
tomonidan bajarilishi zarurligi to‘g‘risida gapirib berishi kerak.
O‘qituvchi tabiat muhofazasi va tabiiy boyliklardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish to‘g‘risida
qanday g‘amxo‘rlik qilinayotganini gapirib berishi, o‘quvchilarni O‘zbekiston Konstitutsiyasida
o‘z aksini topgan tabiat muhofazasi to‘g‘risidagi modda bilan, shuningdek, O‘zbekiston tabiati-
ni muhofaza qilish jamiyatining nizomi bilan tanishtirib borishi kerak. Tabiat faqat jamiyatning
moddiy hayoti uchun boylik olish manbaigina bo‘lib qolmasdan, balki xalq ma’naviy boyligining
asosi hamdir.
Tadqiqot tо‘rt yilda bir marta dunyoning kо‘plab ilmiy-tadqiqot markazlari va tashkilotlari,
xususan, AQShning Ta’lim sohasidagi test xizmatlari (ETS-Educational Testing Services),
Kanadaning statistik markazi (Statistic Canada), Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi
(IEA)ning Sekretariati ishtirokida о‘tkaziladi. Shuningdek, turli davlat mutaxassislaridan iborat
maslahat qо‘mitalari tashkil etiladi. О‘qituvchilar о‘quvchilarning о‘quv faoliyati turlari (bilish,
qо‘llash, mulohaza yuritish) bо‘yicha о‘quv yutuqlarini baholashda о‘tgan yillar davomida
tadqiqotda ishlatilgan, biroq konfidensiallik rejimidan chiqqan topshiriqlarni didaktik material
sifatida ta’lim jarayonida qо‘llashlari mumkin.
Bu esa TIMSS xalqaro tadqiqotining о‘quvchilarning о‘quv yutuqlarini baholashning о‘ziga
xos yondashuvlarini tushinishni ta’minlaydi.
Xalqaro baholash dasturlari bо‘yicha xalqaro tadqiqotlarda О‘zbekiston Respublikasining
ishtirok etishiga tayyorgarlik kо‘rish bо‘yicha «Yо‘l xaritasi»ning 13-bandida xalqaro tadqiqotlarda
о‘tgan yillarda foydalanilgan savollar mazmunini о‘rganib chiqib, tahlil qilish belgilangan. TIMSS
yordamida о‘quvchilarning ta’limiy yutuqlari bilish, qо‘llash, mulohaza yuritish baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |