Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/149
Sana24.02.2022
Hajmi3,13 Mb.
#216761
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIDA AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Ergasheva Ominaxon Haydarovna 
11-sanattoriya maktab-internati boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchisi Andijon viloyati Buloqboshi tumani
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida axborot 
texnologiyalarining o‘rni, ulardan samarali foydalanish orqali ta’lim jarayonining samaradorligini 
oshirish usullari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: axborot texnologiyasi, animatsiya, pedagogik texnologiya, innovatsiya
Bugungi kunda barcha sohalar singari ta’lim tizimini axborot texnologiyalarisiz tasavvur 
etib bo‘lmaydi. 21-asr axborot texnologiyalari asri hisoblanadi. Hozirgi kunda ta’lim tizimida 
ko‘zlangan asosiy vazifalardan biri fan va texnika sohasidagi yutuqlar bilan o‘quvchilarni o‘z 
vaqtida tanishtirib borish, shu qatorda, turli keraksiz axborotlar ta’siridan o‘quvchilarni himoya 
qilish, davr talabi va milliy o‘zligimizga mos keluvchi barkamol avlodni tarbiyalash kabi muhim 
masalalarga e’tibor qaratiladi.
Barcha fanlar singari boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanini o‘qitishda nazariyaning 
amaliyot bilan bog‘liqligi, mavzularni oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirish, ko‘rgazmalilik, 
ommaviylik va faollikni oshirish kabi didaktik tamoyillarni o‘z ichiga oladi. Dars jarayonida 
o‘quvchilarga berilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib, 
yasalishi lozim bo‘lgan buyumning eskizini, texnologik xaritasini namoyish qilish o‘quvchilarda 
aniq tasavvur uyg‘otadi. Axborotlarning animatsiyalar orqali uzatilishi o‘quvchilarni darsga 
bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Kompyuter dasturlari yordamida ko‘rgazmalar tayyorlash, taqdimotlar va videoroliklar 
yaratish yangi mavzuni tushuntirishda katta samara beradi. Boshlang‘ich sinf texnologiya 
darslarida rangli qog‘ozdan turli gullar, maketlar, parranda va jonzotlar shakllarini yasash, 
gazlamalardan buyumlar yasash usullari o‘rgatiladi. Plastilindan buyumlar yasash, hayvonlar 
shaklini yasash va applikatsiya, mozaika usulida ishlash kabi jarayonlar ham amalga oshiriladi. 
Shuningdek, texnologiya darslarida berilgan amaliy ishlarni bosqichli bajarish bilan birga 
mavzuga oid savol-topshiriqlarga javob berishi, ishni sifatli bajarishi hamda xavfsizlik 
qoidalariga rioya qilishi zarur. Bu vazifalarni bajarishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yangi 
axborot texnologiyalaridan foydalanishi ko‘zlangan maqsadga erishishda muhim omil bo‘ladi. 
Shuni ham aytib o‘tish joizki, agar o‘qituvchi texnologiya darslarida qo‘llaniladigan xavfsizlik 
qoidalarini taqdimot ko‘rinishida tayyorlab o‘quvchilarga har darsda namoyish etsa, yanada 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki o‘quvchilar har darsda shu taqdimotni ko‘rganlaridan 
keyin albatta eslarida qoladi, shunga amal qilishadi va natijada turli ko‘ngilsiz hodisalarning 
oldi olinadi. Turli kasb egalari va kasb-hunarga oid ma’lumotlarni kengroq yoritishda 
axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish yuqori samara beradi. Videolavhalar orqali 
har bir asbobdan to‘g‘ri foydalanish, hom ashyodan tejamkorlik bilan foydalanish, kesuvchi 
asboblardan texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish aks ettirilsa, 
darsdan ko‘zlangan maqsadga erishish oson bo‘ladi. O‘qituvchi shuning uchun texnologiya 
darslarida pedagogik, psixologik, dars texnologiyasi, o‘qitish vositalaridan foydalanish kabi 
imkoniyatlarni mukammal o‘zlashtirishini taqozo etadi. O‘quvchilarni kelajakda o‘zi qiziqqan 
kasb-hunarni egallashda, qiziqqan kasb-hunarining ustasi bo‘lishida texnologiya fani muhim 
ro‘l o‘ynaydi. 
Yuqoridagi fikrlardan xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich sinflarda 
texnologiya fanini o‘qitishda o‘ziga xos innovatsiyalar mavjud bo‘lib, o‘qituvchi har bir 
darsda ushbu innovatsiyalardan unumli foydalanishi kerak. Bu nafaqat bolaning darsni oson va 
mukammal tushunishiga, qolaversa bugungi zamon talabi bo‘lgan axborot texnologiyalari bilan 
ishlashlariga keng imkoniyat yaratib beradi. 


92

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish