Январь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SOʻZ TURKUMLARINI
OʻRGATISHNING SAMARALI USULLARI
Turgʻunova Sayyora Muzaffarovna
Andijon davlat universiteti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va
metodikasi magistranti
Annotatsiya: Maqolada Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga Ona tili fanidan Soʻz turkumlarini
tushintirishning oʻziga xos xususiyatlari koʻrsatib berilgan.
Kalit soʻzlari: boshlangʻich sinf, soʻz turkumlari, ot, sifat, fe’l, metod.
Bugungi kunda ta’lim tizimining rivojlanishi ta’lim jarayonini tashkil etish, oʻquvchining
mustaqil shaxs sifatida erkin faoliyat koʻrsatishni ta’minlash maqsadida bir qator muhim izlan-
ishlar olib borish, jiddiy qadamlar qoʻyishni taqozo qilmoqda. Bu oʻrinda shuni aytish lozimki,
boshlangʻich sinf ona tili darslarida soʻz turkumlarini oʻrgatish orqali oʻquvchilarning ona tili
faniga boʻlgan qiziqishi ta’minlanadi.
Boshlangʻich sinflar dasturi oʻquvchilarni soʻz turkumlari mustaqil va yordamchi soʻz tur-
kumlariga boʻlinishi bilan maxsus tanishtirishni koʻzda tutmaydi, ammo oʻqituvchi bolalarni soʻz
turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi.
Soʻz turkumlarini oʻrganishdagi asosiy vazifa oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini oʻst-
irish, lugʻatini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, oʻquvchilar shu vaqtgacha foydalan-
ib kelayotgan soʻzlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bogʻlanishli nutqda u yoki bu
soʻzdan oʻrinli foydalanish malakasini oʻstirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal
qilish uchun soʻz turkumlarini oʻrganish jarayonida sinonim, antonimlar ustida muntazam ish
olib boriladi, oʻquvchilar koʻp ma’noli soʻzlar, ularning oʻz va koʻchma ma’noda ishlatilishi
bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni oʻquvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita koʻrganlari, ra-
diodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bogʻlash muhim ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida sо‘z turkumlarini о‘rganish katta va salmoqli о‘rin egallay-
di. Sо‘z turkumlarini о‘rganish jarayonida о‘quvchilarning lug‘at boyligi oshiriladi. Ular adabiy-
orfoepik talaffuz me’yorlarini egallaydi, imloviy savodxonlik shakllanadi. Og‘zaki va yozma
bog‘lanishli nutqi о‘sadi. О‘zgalar fikrini anglay olish, о‘qiganlarini о‘zlashtirish, о‘z fikrlarini
boshqalarga, tinglovchiga erkin, tushunarli qilib yetkaza olish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Bunda
boshlang‘ich sinflarda sо‘z turkumlarini о‘rgatishning amaliy ahamiyati nazarda tutilgan bо‘lsa,
uni о‘rgatishning samarador metod va vositalarini ishlab chiqish zarurligini anglash qiyin emas.
Jumladan, ona tili darslarida о‘quvchilarni mavzuni о‘rganishga doir badiiy asar materiallaridan
foydalanishga о‘rgatish ham о‘zining samarali natijalarini beradi. Shuni hisobga olgan holda,
4 sinflarda ot, sifat sо‘z turkumlarining murakkab grammatik xususiyatlarini о‘rganishda ona tili
darsi bilan о‘qish darslarini integratsiyalash bо‘yicha olib borish ham samarali natija beradi.
“Ot” mavzusini о‘rganish jarayonida uning barcha xususiyatlarini qamrab oladigan matnlardan
unumli foydalanish lozim. Bunda soddadan murakkabga qarab borish tamoyiliga amal qilish ta-
lab etiladi. О‘quvchilarga otning sо‘rog‘i asosida asar matnidagi otlarni topish topshirig‘i berila-
di. Bunda o‘quvchilarga 4 sinf “O‘qish kitobi”dagi Sh.Sa’dullaning “Laqma it” asari matnidan
Kim? Nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan otlarni aniqlab, jadvalga joylash topshirig‘i beriladi.
Bunda o‘quvchilar topshiriqni quyidagi ko‘rinishda bajarishlari lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |