Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/149
Sana24.02.2022
Hajmi3,13 Mb.
#216761
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Atoniyazova Guljahon Abdujalilovna 
Sirdaryo viloyat Boyovut tumani 
17-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
+998999244383
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limning maqsadi va vazifalari ko‘rsatilgan 
holda, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarni rivojlantiruvchi, shaxsga yo‘naltirilgan, 
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimini asosiy g‘oyalari ilgari surilgan.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, kompetensiya, bilim, ko‘nikma, malaka.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarni rivojlantiruvchi, shaxsga yo‘naltirilgan, 
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimi amal qiladi. Maktabga ilk qadam 
qo‘yga bolalar o‘z yosh xususiyatlari hamda tafakkur va ruhiy taraqqiyot darajalariga muvofiq 
keladigan ta’limiy faoliyatga kirishadilar. Bu davrda o‘qish, o‘rganishga asoslangan faoliyat 
yetakchi mavqega ega bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish hamda o‘rganishga 
qaratilgan faoliyatning shakllanishida, har bir o‘quv fani bo‘yicha bulgan bilimlarni egallash 
jarayonida ularning ongi, tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi. Bu ong va tafakkur o‘z xarakteriga 
ko‘ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirish natijasida vujudga kelgan ong va tafakkur 
bo‘lib, bolaning jadal tarzda taraqqiy etishini hamda dunyoqarashining rivojlanishini ta’minlaydi.
Boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga o‘qish, 
yozish va hisoblashga o‘rgatish, tevarak-atrof va tabiat bilan tanishtirish, ijodiy va mantiqiy 
fikrlash xislatlarini, nutq va xulq-atvor madaniyatini, shaxsiy gigiena va sog‘lom turmush tarzi 
asoslarini shakllantirish hamda shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat.
Shunga ko‘ra, boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalari:
• har bir o‘quv fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartida 
belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash;
• har bir o‘quv fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv dasturida 
belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlariga sharoit yaratish;
• iqtidorli o‘quvchilarning intellektual potensiallarini muntazam oshirib borishlariga sharoit 
yaratish;
• ijodiy va mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, 
kommunikativ savodxonligini va o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirish;
• jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga, go‘zallik va 
nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o‘zida singdirishga va ardoqlashga, ularga rioya 
qilishga o‘rgatishdan iborat. 
Boshlang‘ich ta’limning samaradorligi o‘quvchilarda o‘ziga xos tarzda tarkib topgan ta’limiy 
faoliyatning keng qamrovli darajasiga bog‘liq. Bunday faoliyat nazariy bilimlarni o‘zlashtirish 
va zarur kompetensiyalarni egallash jarayonida o‘qituvchi rahbarligida shakllanadi va muntazam 
rivojlanib boradi. Bunday o‘quv faoliyati natijasida boshlang‘ich ta’limni bitirgan o‘quvchilar 
obyektiv olam jonli va jonsiz tabiatdan iborat ekanligi, insonlar esa muayyan jamiyatda yashab, 
faoliyat ko‘rsatishi, jamiyat a’zolari o‘zaro aloqadorlikda yashashi, jonli va jonsiz tabiatni 
hamda jamiyatni tavsiflay olishlari, tabiat va jamiyat haqidagi aniq yo‘naltirilgan tushuncha va 
tasavvurlarga ega bo‘lishlari lozim. Shu bilan bir qatorda, ular shaxsning kishilik jamiyatida 
tutgan o‘rni va amalga oshiradigan faoliyatning ahamiyatini tushunib etishlari zarur. Chunki, 
o‘quvchilarga bu haqiqatni anglatmasdan turib, ularni shaxs sifatida shakllantirish, ijtimoiy 
turmushga moslashtirish mumkin emas.
Boshlang‘ich ta’lim jarayoni mustaqil O‘zbekiston davlatning ta’lim-tarbiya tizimida umumiy 
o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, amaldagi boshlang‘ich 
ta’lim fanli o‘qitishga asoslangan ta’lim jarayoni bo‘lib, uning asosiy maqsadi bolalarda elementar 
tarzdagi o‘qish, yozish, hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilishdan hamda obyektiv olam haqidagi 
tasavvurlarini rivojlantirishdan iborat.
Ko‘rinib turibdiki, amaldagi boshlang‘ich ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish uchun 
uni takomillashtirish va yangi yondashuvlar bilan boyitish lozim. 


29

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish