19
Январь 2021 10-қисм
Тошкент
guruhlari o‘rganilib bo‘lingach, shu o‘yindan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi
bu o‘yinni o‘tkazishga puxta tayyorlanishi lozim. Buning uchun
olmosh turkumiga mansub
bo‘lgan so‘zlar to‘rt burchak shaklida qirqilgan qog‘ozlarga yoziladi. Xuddi shunday qog‘ozlarga
ot, sifat, son, fe’l, ravish turkumiga mansub bir necha so‘zlar ham yoziladi. Ular aralashtirilib
yuboriladi. Masalan: hamma, u, kim, kitob, omad, siz, yaxshi, necha, bordi, inson, o‘zim, do‘stim,
qo‘qqisdan, qanday. Bunday so‘zlar bir necha guruhga mo‘ljallab tuziladi va har bir guruhga
alohida yuqoridagi kabi turli turkumga mansub bo‘lgan so‘zlar beriladi. Guruh a’zolari berilgan
bir necha so‘zlar ichidan olmosh turkumiga mansub bo‘lgan so‘zlarni saralab oladilar va ularni
ma’noviy guruhlarga ajratadilar. Saralab olingan so‘zlar guruhning har bir a’zosi tomonidan o‘qib
eshittiriladi. Qolgan guruh a’zolari esa bunga o‘z munosabatini bildiradi. Shu tarzda guruhlarning
topshiriqni qanday bajarganliklari aniqlab olinadi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan guruhlarning xatolari
tuzatiladi. G‘olib bo‘lgan guruh alohida rag‘batlantiriladi.
Bunday o‘yinlar orqali o‘quvchilar guruh bo‘lib ishlashga o‘rganadilar, o‘yinlar
vositasida
kichik guruhlar faolligi ortadi, ta’lim ishtirokchilarining diqqati ta’lim jarayoniga to‘liq jalb etiladi.
Bu o‘yinlardan boshqa so‘z turkumlarini o‘tishda ham foydalanish mumkin.
“5*5” o‘yini – bu o‘yinni tilning barcha sathlarida qo‘llash mumkin. Shuningdek, leksikologiya
bo‘limini o‘rganishda qo‘llasa bo‘ladi. Bu o‘yin 5 ta shartdan tashkil topgan bo‘lib, shartlar
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1-shart. “Kim chaqqon”
deb nomlanib, har bir guruhdan bir o‘quvchi chiqib, doskaga zid
ma’noli so‘zlar topshirig‘ini bajaradi. To‘g‘ri va chaqqonlik bilan yozgan guruh g‘olib hisoblanadi.
2-shart. Guruhlardan
keyingi ishtirokchi chiqib, mana shu so‘zlar qatnashgan gap tuzish
topshirig‘ini bajaradi.
3-shart. Ishtirokchilar zid ma’noli so‘zlardan bog‘li
matn tuzish, topshirig‘ini bajaradilar.
4-shart. Zid ma’noli so‘zlar qatnashgan gap tuzish, maqollar aytish topshirig‘i bajariladi.
5-shart. Adabiyotda zid ma’noli so‘zlar qanday san’atni hosil qilishi mumkinligi aytiladi va
misollar keltiriladi.
“O‘yla, izla, top” o‘yini – bu o‘yin sinonim va omonimlar uchun qo‘llansa, ko‘proq o‘rinli
bo‘ladi. Bu mavzulardan tashqari, o‘zakdosh so‘zlar, atamalar, tarixiy, olinma, uyadosh so‘zlar
mavzularini o‘tganda ham qo‘llasa bo‘ladi. Bu o‘yin o‘quvchilarni
topqirlikka, chaqqonlikka
o‘rgatadi
va eng asosiysi, ularning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirishga yordam beradi.
Masalan, sinonim so‘zlar mavzusi o‘tilganda o‘quvchilarga jadval berilib, unda bir sinonim
so‘zning ma’nodoshlarini topish topshirig‘i beriladi.
j
a
N
m
yu
a
m
b
t
o
a
t
yo
m
O
l
z
f
t
a
m
a
r
a
s
o
T
u
r
q
o
r
ch
e
h
n
x
u
N
b
s
i
l
a
z
o
r
a
Yuqoridagi jadvalda jamol, yuz, aft, turq, chehra so‘zlari yashiringan.
Yuqoridagi o‘yinlar vositasida
dars sifatini oshirishimiz, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan
qiziqishlarini oshirib, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. Isamitdinov S. Ta’lim jarayonida innovatsion usullardan foydalanish. Toshkent, 2005.
2. Po‘latov I.P, Odilov S. O‘zbek tili ta’limidagi zamonaviy texnologiyalar va innovatsion
metodlar. (Ilmiy – uslubiy qo‘llanma). Qo‘qon, 2004.
3. I.P.Po‘latov, S.A.Odilov. Ona tili ta’limida didaktik o‘yinlar texnologiyasi. (O‘quv – uslubiy
qo‘llanma). Qo‘qon, 2014.