Тошкент-2021 3 Июнь 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Тошкент YUQORI SINFLARDA TEXNOLOGIYA FANIDA QO‘LLANILADIGAN INTERFAOL



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/114
Sana23.06.2022
Hajmi2,37 Mb.
#695234
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Тошкент
YUQORI SINFLARDA TEXNOLOGIYA FANIDA QO‘LLANILADIGAN INTERFAOL 
METODLAR.
Umrzaqova Barnoxon Xasanboyevna
Andijon viloyati Marhamat tumani 6-sonli 
umumiy o‘rta ta’lim maktabi texnologiya fani o‘qituvchisi.
Annotatsiya: 
Ushbu metodik tavsiyada so‘nngi yillarda maktab ta’lim tizimiga shiddat 
bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-
psixologik tushunchalar, interfaol metodlarning izlanuvchan,zamonaviy o‘qituvchilar tomonidan 
dars jarayonida qanday qo‘llanishiga doir qimmatli fikrlar keltirilgan bo‘lib,yangi pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar orqali ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, 
qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish mumkin bo‘ladi.O‘quvchilarni faollikka chorlovchi, 
ijodkorlik, izlanuvchanlik, qiyoslash, o‘xshashlik va farqini topish singari xususiyatlarini 
rivojlantiruvchi aqliy hujum, klasterlar, “Tarjimon”,”Texnologik diktant” kabi bir nechta interfaol 
metodlar va ularni qo‘llashga oid yo‘l-yo‘riqlar bayon etilgan.
Tayanch so‘zlar: 
Innovatsiya, interfaol, klaster, alternativ, tarjimon, texnoogik diktant.

O‘z shogirdlariga mehnatdan zavqlanish xislatlarini 
uyg‘ota bilgan muallim sharaflarga loyiq” 
E. Xabbard.
So‘nngi yillarda maktab ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogic 
texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol 
metodlarni ta’lim beruvchi tomonidan o‘zlashtirilib va qo‘llanilib borilishi, ta’lim mazmunini 
tubdan o‘zgartirib yubordi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Zamonaviy O‘qituvchi dars jarayonida “aktyor” emas, aksincha “rejissor” bo‘lishi kerakligini 
anglashi lozim. U o‘z o‘quvchilarini fanga ijodkorlik nuqtai nazari bilan qarashlarini tashkil qilishi, 
ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi va albatta, yangi pedagogik texnologiya 
usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak bo‘ladi. Buning uchun esa u bir necha 
yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak.
Interfaol metodlar ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak 
natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Dars mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni 
o‘quvchiga yetkazish, unda ayrim faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malaka hosil qilish, ma’naviy 
sifatlarni shakllantirish, o‘quvchi bilimini nazorat qilish hamda baholash o‘qituvchidan yuksak 
mahorat va tezkorlik talab qiladi.
Bu borada o‘qituvchi darslarda foydalanishi mumkin bo‘lgan ayrim pedagogik vositalar: 
ta’kidlovchi savollar bunda o‘quvchining bergan savollariga qarab, uning fikrlash darajasini 
aniqlash mumkin. O‘qituvchi alternative, o‘quvchini faollikka chorlovchi savollar orqali 
sinfda ijodkorlik, izlanuvchanlik, qiyoslash, o‘xshashlik va farqini topish singari xususiyatlarni 
rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. Savollar berish bilan birgalikda o‘quvchilarda fikrlashga majbur 
qiluvchi savollar tuzish qobiliyatini ham shakllantirib boradi. Interfaol metod va usullarni sanab
o‘tamiz: aqliy hujum, klasterlar, harakatli ma’ruza, o‘zaro ta’lim, muallifga savollar, “bilaman, 
bilishni istayman, bilib oldim” (BBB), insert, bahs-munozara, sinkveyn, qadriyatlar tizimi, debat, 
hamkorliokda izlanish, tarjimon o‘yini, texnologik diktant, express-testlar, arra, pinbord va 
boshqalar.
Bu usullar asosan bosqichlarga ajratilgan dars jarayonida qo‘llaniladi va har birida o‘qituvchi 
o‘quvchilarga tegishli topshiriqlar beradi. Bu metodlar va usullar o‘quvchida kommunikativ 
qobiliyatning o‘sishiga, o‘quvchida kommunikativ qobiliyatning o‘sishiga, o‘quvchilar orasida 
hissiy aloqa o‘rnatilishiga, muammoli vaziyatlar yechimiga, guruhda ishlashni, o‘galarning fikrini 
ringlay olishni va o‘z fikrini mustaqil bayon etshni o‘rgatibgina qolmasdan, unda o‘ziga ishonch, 
bilimiga tayana olish, qiziqishlarining kuchayishiga, keng fikrlashga olib keladi.
Har qaday fan rivojlanishi uchun yangi va zamonaviy metodlar zarur. Shu ma’noda texnologiya 
fanining takomillashishida ham interfaol usullar muhim ahamiyatga egadir. Texnologiya 
darslarining samaradorligini oshirish, darslarda tayanch va kommunikativ kompetensiyalarni 
qo‘llash yuzasidan tajribamizda foydalanib kelinayotgan ayrim metodlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish