115
Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING IZLANUVCHANLIK
QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Suyarov Kusharboy
falsafa fanlari doktori (PhD)
Tojiboeva Dinora Turaboevna
I kurs magistranti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “Yoshlarimizning mustaqil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’navi salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz
tingdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi
uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz “ - deb ta’kidlashi
boshlangʻich ta’lim oldiga mamlakatimiz yoshlarini oʻz fikrini ogʻzaki va yozma ravishda erkin va
savodli bayon qila oladigan mustaqil fikr sohiblari etib tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni qoʻyadi.
Ta’lim jarayonidagi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini
oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir.
O‘quvchilarni fikr doirasini, dunyoqarashini o‘stirish, ularni erkin tinglovchidan, erkin ishtirokchiga
aylantirmoq nihoyatda muhim. O‘qituvchi
darsda boshqaruvchi, o‘quvchilar esa ishtirokchiga
aylanmog‘i lozim. Ana shu vaziyatni uddalashda innovatsiya faoliyati ko‘p qirrali samara keltiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mas’uliyatlari cheksizdir.
Bugungi yangilanish, ma’naviy
yuksalish davrida har tomonlama yetuk, bilimdon, ijodkor yoshlarni tarbiyalash hozirgi kunning
asosiy talablaridan biridir. Bunday mas’uliyatli va sharafli vazifalarni hal etishda boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisining o‘rni va xizmati kattadir.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining izlanuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish, badiiy oʻqish
darslarida bolaning izlanuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar. Boshlangʻich
maktab yoshidagi oʻquvchilar
shunday bir davrdalarki, bu vaqtda ularda nafaqat jamiyatda
yashash qobiliyati, balki izlanuvchanlik fikrlash ham shakllantiriladi. Ayrim boshlangʻich sinf
oʻqituvchilari bolani oʻqishga oʻrgatish asosiy vazifa deb bilishadi. Albatta, oʻquvchilarni birma-
bir oʻqish koʻnikmalarini shakllantirish oʻqituvchidan katta mahorat va mas’uliyat talab etadi.
Biroq, yuzaga chiqmagan bolalar iste’dodi muammosi bugungi kunning dolzarb masalalaridan
biridir. Bu masalani hal qilishda ya’ni oʻquvchilar izlanuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirishga
imkon beradigan vositalardan biri badiiy oʻqish darsidir. Odatda,
badiiy faoliyat bolalarning
izlanuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishning eng samarali yoʻnalishi hisoblanadi. Bunga
tasviriy san’at, texnologiya va musiqa darslari yordam beradi. Ammo, oʻqish va ona tili, matematika
va tabiatshunoslik kabi fanlar ham oʻquvchilarning izlanuvchanlik
salohiyatini rivojlantirish
uchun juda koʻp imkoniyatlarga ega. Aslida, izlanuvchanlik qobiliyat qobiliyatlarning standart
tushunchasidan tashqariga chiqish qobiliyatini anglatadi. Badiiy oʻqish darslarida oʻqituvchi
tomonidan qoʻyilgan maqsadga bogʻliq ravishda, izlanuvchanlik qobiliyatlarni rivojlantirish
jarayoni turli yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin. Boshlangʻich sinflarda yozma va ogʻzaki
nutqni rivojlantirishning innovatsion usuli sifatida turli xil oʻyinlardan foydalaniladi. Shuni esda
tutish kerakki, boshlangʻich sinf bolasi hali ham bunday oʻyinlarga moyil boʻladi. Oʻquvchilarining
ichki imkoniyatlarini ochishda oʻz isbotini topgan metodlarni berib oʻtamiz. Oʻqish darsining
boshida soddalashtirilgan “Aqliy hujum” dan foydalanish. Bu esa oʻquvchilar bilimlarini takrorlagan
holda, oʻtilgan materiallarni eslab qolishga, yangi bilimlar olishga tayyorgarlik koʻrishda yordam
beradi. “Men oʻzimni namoyon qilaman”. Yangi adabiy tushunchalar bilan tanishishdan oldin,
oʻquvchilar oʻzlarini eng yaxshi tomondan koʻrsatish taklif qilinadi. Ushbu uslub izlanuvchanlik
qobiliyatlarni rivojlantirishdan tashqari, notiqlik mahoratini rivojlantirishga yordam beradi. Yaxshi
rivojlangan monologga ega boʻlgan oʻquvchi mantiqiy, izchil va oqilona ravishda oʻz fikrlarini
ifoda eta oladi, oʻquv dasturidagi murakkab savollarga batafsil javob bera oladi, darsliklar, badiiy
adabiyot va xalq ogʻzaki ijodi matni ustida mustaqil ishlay oladi. “Soʻzlarni taqqoslash”. Bunda
oʻquvchilarga har xil ma’noga ega boʻlgan ikkita soʻzni (qazilma va koʻpyoq) taqqoslash taklif
qilinadi. Oʻquvchilarning vazifasi ushbu soʻzlarning oʻzaro bogʻliqligiga imkon qadar koʻproq
misollar keltirishdir.
“Nostandart vaziyatlarni taklif qilish”. Bu matn bilan ishlashda oʻquvchilarni
kutilmagan
savollarga javob berish soʻraladi: - Odamlar boshlarida yurishni boshlasalar nima boʻladi? - Agar
sut joʻmrakdan oqib chiqsa nima boʻladi? va hakozo. Matn bilan ishlashda savollarni tanlash ham