Tuzuvchi:Urnboyev Azamat Ilk bolalik davridagi bolalar so`zlay boshlagan bo`lishiga qaramay, ular hali vaqt va fazo kabi murakkab tushunchalarni to`g`ri idrok qila olmaydilar, chunki ularda hali turmush tajribasi yo`q. Bunday murakkab tushunchalar kundalik hayot davomida sekin-asta hosil qilib boriladi. Bir yoshgacha bo`lgan bolalarning diqqati nihoyatda beqaror va ixtiyorsiz bo`lsa, ikki yoshga to`lgan bolalarning diqqatida yangi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. shunchalar kundalik hayot davomida sekin- hosil qilib boriladi. Bir yoshgacha bo`lgan bolalarning diqqati nihoyatda beqaror va ixtiyorsiz bo`lsa, ikki yoshga to`lgan bolalarning diqqatida yangi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. Ilk bolalik davridagi bolalarda tafakkurning fikriy operatsiyalari, ya'ni analiz umumlashtirish kabilarni ko`ramiz. Ular qo`llaridagi o`yinchoqlarini yoki qo`llariga tushgan narsalarni amaliy aylantirib, paypaslab, buzib analiz qiladilar, Lekin sintez qilishga hali qurblari etmaydi. Bir yoshning oxiriga kelib tafakkurning o`sishida nutqning roli juda oshadi. Bola yangi so`zlarni mumkin qadar koproq bilib olib, ulardan o`z tafakkurida keng foydalana boshlaydi. Bu esa fiklash operatsiyalarining osishiga yordam beradi. Bolada ko`zlar vositasi bilan analiz va sintez qilish, abstraksiyalash hamda umumlashtirishning dastlabki alomatlari ko`zga tashlanadi. Ilk bolalik davridagi bolalarda murakkab psixik jarayonlardan biri bo`lmish xayol anchagina rivojlana boshlaydi. Lekin bu asosan xayol bo`ladi. Ular hali ma'lum maqsad asosida ixtiyoriy tarzda xayol yurgiza olmaydilar. Ilk Bolalik davrida o`z-o`zini anglash - Insonning psixik rivojlanishi, uning shaxs sifatida shakllanishi ozini o`zi anglashining, ya'ni o`zini jismoniy, manaviy hamda ijtimoiy mavjudot sifatida anglashining qaror topishi bilan bog`liq, o`zini-o`zi anglashning rivojlanishi har bir bolada o`ziga xos tarzda kechadi. Biroq barcha bolalarda, odatda, hayotning birinchi yili oxiriga kelib, ozini-o`zi anglashning paydo bolganini tasdiqlovchi belgilar kuzatiladi: bola o`zini, oz tanasini uni o`rab turgan fazodan ajrata boshlaydi. O`zini-o`zi anglashning keyingi rivojlanishi bolaning oz xohishlari va umuman, faoliyati motivlarini bilan bogliq boladi,
Shaxs shakllanishining dastlabki bosqichlarida, yani ilk bolalik davrining oxiri va bog`cha yoshining boshidagi o`ziga-o`zi baho berishning genezisida (yuzaga kelishida) bolaning kattalar bilan bo`lgan muloqoti hal qiluvchi ahamiyatga ega boladi. Bola ozining imkoniyatlari haqida adekvat bilimga ega bolmaganligi tufayli kattalarning unga bergan bahosini qabul qiladi. Boshqacha aytganda, bola ozini kattalar orqali, ularning bola haqidagi fikri orqali baholaydi. Bola bu davrda o`ziga-o`zi baho berishda tolaligicha kattalarning fikriga suyanadi. Ozi haqidagi mustaqil tasavvur elementlari esa biroz keyinroq paydo bo`ladi. - Maxsus taqiqotlarning korsatishicha (B.G. Nechaev va b.) ushbu elementlar dastlab shaxsiy sifatlari ahloqiy fazilatlarni baholashida emas, balki predmetli va tashqi xususiyatlarni baholashda namoyon boladi. Bu esa harakatlarning predmetdan toliq almashib chiqmaganligini korsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |