Тошкент-2021 3 Июнь 2021 10-қисм Тошкент июнь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Тошкент O’ZBEKISTONDA TABIATNI MUHOFAZA QILISHDAGI TUTGAN O’RNI BU



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/92
Sana26.02.2022
Hajmi2,39 Mb.
#465031
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Тошкент
O’ZBEKISTONDA TABIATNI MUHOFAZA QILISHDAGI TUTGAN O’RNI BU 
BO’YICHA QILINGAN ISHLAR VA UNI JAHON HAMJAMIYATIDA E’TIROF 
E’TILISHI.
Qutbiddinova Hilola Aliqulovna
Toshkent viloyati Bo’ka tumani 1-sonli umumiy 
o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi. 
va uning o’quvchisi Davronova Farangiz To’lqin qizi 
Telefon: +998 94 674 88 01
Annotatsiya: 
Bu ilmiy maqolada O’zbekistonni tabiatni muhofaza qilishdagi tutgan o’rni bu 
bo’yicha qilingan ishlar ya’ni O’zbekistonda Orolbo’yidagi ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf 
etish bo’yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida, hamda tabiatni asrash bo’yicha amalga 
oshirilgan ishlar to’g’risda qisqacha ilmiy yondashishga harakat qilingan.
Kalit so’zlar: 
Orol, BMT, YUNEP, Atmosfera, Orolboʻyi, gerbitsid, pestitsid.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 25-avgustda o’tkazilgan 
“Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlar rahbarlari majlisida”gi nutqilarida quyidagi 
so’zlarni aytib o’tgan edilar, shu oʻrinda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Global ekologik fond 
va boshqa hamkor tashkilotlar, donor davlatlar koʻmagida Oʻzbekistonda Orolboʻyidagi ekologik 
inqiroz oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha olib borilayotgan saʻy-harakatlar haqida qisqacha toʻxtalib 
oʻtish zarur, deb oʻylayman. Soʻnggi bir necha yil davomida Oʻzbekiston Orolboʻyi hududida 
bir qator keng koʻlamli loyihalarni amalga oshirdi. Orolning qurib qolgan hududida saksovul 
va boshqa shoʻrhoklikka chidamli oʻsimliklardan iborat 350 ming gektarlik butazorlar barpo 
etildi. Bunday hududlarning umumiy maydoni hozirgi kunda 700 ming gektarni tashkil etmoqda.
Orol dengizi inqirozi oqibatlarini yumshatish va Orolboʻyi hududini rivojlantirish boʻyicha 
2013 – 2017-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida 500 tadan 
ortiq loyiha amalga oshirildi. Ularning yarmidan koʻpi milliy loyihalardir. 2018-2021 yillarda 
Orolboʻyi hududini rivojlantirish boʻyicha Davlat dasturi qabul qilindi. Shu bilan birga, 
Oʻzbekiston Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik 
asosida trast fondini tashkil etish borasidagi tashabbusni ilgari surdi va bu BMT tomonidan 
qoʻllab-quvvatlandi.
Oʻzbekistonda XX asrda, ayniqsa, uning ikkinchi yarmida qishloq xoʻjaligida monokultura 
tizimining qoʻllanishi, gerbitsid va pestitsidlarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi, mavjud suv 
zaxiralaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida atrofmuhit holatida katta salbiy oʻzgarishlar roʻy ber-
di. Orol dengizi deyarli quridi, uning atrofida choʻllashish kuchayib ketdi, yer osti suvlari shoʻrligi 
darajasi oshdi. Inson salomatligi uchun zarur sharoit buzildi, kamqonlik, gepatit, zotiljam kabi 
kasalliklar koʻpaydi. Paxta monokulturasi taʼsirida boshqa hududlarda ham inson hayoti uchun 
zarur boʻlgan ekologik vaziyat yomonlashdi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki kun-
lardan boshlab, Tabiatni muhofaza qilishga, respublika hududini ekologik tanazzuldan muhofa-
za qilishga kirishdi. Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha 
qonunlar qabul qilindi. Bular “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida” (1992-yil 9-dekabr), “Suv va 
suvdan foydalanish toʻgʻrisida" (1993-yil 6-may), “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida” (1994-y 23-sen-
tyabr.; 2002-yil 12-dekabrda yangi tahrirdagi), “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida” 
(1996-yil 27-dekabr.), “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida” va 
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida” (1997-yil 26-dekabr.), 
“Davlat kadastrlari toʻgʻrisida” (2000 yil 15-dekabr.), “Oʻrmon toʻgʻrisida” (1999-yil 15-aprelda), 
“Chiqindilar toʻgʻrisida” (2000-yil 5-aprelda)gi qonunlardir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida Tabiatni 
muhofaza qilishga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning XI bobi 50-moddasida 
“Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar”, deb 
koʻrsatilgan. 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda 
boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir”, deyilgan. Mamlakatimizda “Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” 
tashkil qilingan (1996 yil 26-aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat 
koʻrsatadi). 


61

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish