86
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
TARBIYASI QIYIN VA BO‘SH O‘ZLASHTIRUVCHI O‘QUVCHILAR BILAN
PEDAGOGIK FAOLIYAT OLIB BORISH METODIKASI.
Ermakova Nodira Maxamatovna
Navoiy
viloyati Zarafshon shahar
9-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Kukanbayeva Aidana Xudaiberdiyevna
Navoiy viloyati Zarafshon shahar
9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Tarbiyaning tabiatga moslanganligi g‘oyasini yodda tuting. O‘qituvchining
vazifasi – agar pedagogik maqsadlarga mos kelmasa, intilishlarning yo‘nalishini o‘zgartirish.
Kalit so‘zlar.
G.Overstrit, S.T.Shatskiy, D.Dyui, D.Karnegi, Ehtiyojlar,
motivlar, A.Dreer,
pedagog, Stimulus.
“Stimulus” qadimgi grekcha so‘z bo‘lib, ma’nosi hozir qo‘llaniladiganiga taqqoslaydigan
bo‘lsak, unchalik xayrli emas. Gap shundaki, qachonlardir ho‘kiz va qoramollarni haydaydigan,
uchi yo‘nib o‘tkirlashtirilgan uzun tayoqni shunday ataganlar. Bugungi kunda esa “stimullashti-
rish” - “insonni qandaydir faoliyatga etaklash, turtkilash” degan ma’noda qo‘llaniladi. Inson asli
tabitan shunday yaratilgan: ichki yoki tashqi turtki, eslatma bo‘lmasa, hatto ba’zan majburlash
bo‘lmasa o‘rnimizdan ham qimirlay olmaymiz.Shunday zamonlar ham bo‘lganki, ishga, mehnat-
ga nisbatan sovuqqonlik ishyoqmaslik, dangasalik deb atalgan hamda uni yengish uchun oddiy va
tabiiy usul – majburlashning turli ko‘rinishlaridan foydalanishgan. Bu usul insoniy munosabatlar
tarixida chuqur ildiz otgan. Yillar mobaynida “inson qalbi” deb nomlangan nozik matoning asosiy
ipini topish uchun olimlar juda ko‘p mehnat qildilar. Vaqt o‘tishi bilan insonga samarali ta’sir et-
adigan munosabatlarning turli vositalari izlab topila boshladi, Natijada ularni majburlash borgan
sari qiyinlashib qola boshladi. O‘z haq-huquqlari bilan himoyalangan ozod va mustaqil shaxs yan-
gicha yondashuvlarni talab etadi.
Stimullashtirish borasida amalga oshirilgan nazariy tadqiqotlarning darajasi va salmog‘i ni-
hoyatda yuqori. Ammo shunisi achinarliki, amaliyotchi-pedagog juda ko‘p miqdordagi kontsept-
siyalar, nazariyalar, g‘oyalardan o‘z faoliyati uchun yaroqlisini kamdan-kam topishi mumkin. Shu
nuqtai nazardan qaraganda amaliyot metodlar quyuni ichida o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘ygan. Ammo,
aytish joizki, ta’lim jarayoni samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar ichida stimullasht-
irish etakchi o‘rin egallaydi. “Nazarimda, o‘z pedagogik faoliyatimning boshlanishida men juda
ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yganman. Tabiiyki, ularni takrorlashni istamayman,- deb tan oladi taniqli
amerikalik pedagog A.Dreer,- men uchun eng qiyin muammo o‘qishga motivlashtirish bo‘lgan”.
Ehtiyojlar, motivlar, stimullar – bir dalaning hosilidir. Bu tushunchalarning ierarxiyasi, tizim-
idagi o‘rni to‘g‘risida
uzoq bahslashish mumkin, qaysiki nazariyotchilarimiz asosan shu bilan
mashg‘ul. Ammo xulosa bir xil – stimullar ehtiyoj va motivlardan ajralmagan holda, ularga asosla-
nadi. Shuni ta’kidlash joizki, inson odatda, bir yo‘la turli ko‘rinishdagi ehtiyoj va motivlar ta’siri
ostida bo‘ladi hamda ulardan eng kuchlisiga mos ravishda harakat qiladi. Shunday bo‘lishi ham
mumkinki, bir nechta bir xil ta’sir kuchiga ega bo‘lgan ehtiyoj va motivlar maydonga chiqib qol-
ishi, ular orasida ziddiyat paydo bo‘lishi mumkin. Shunday vaqtda kishi ular orasidan o‘zi uchun
ma’qul bo‘lgan xatti-harakatlar yo‘nalishini tanlashiga to‘g‘ri keladi. Insonning aynan u yoki bu
yo‘lni tanlashida hal qiluvchi rolni stimullar bajaradi. Demak, tanlashda, yo‘nalishni aniqlashda,
to‘g‘ri qaror qabul qilishda va kerakli yo‘nalishda harakat qilishda stimullar yordamga keladi.
Ayni paytda zarur, ammo bajarish istagi kam bo‘lgan stimullarni tanlash o‘quvchidan katta kuch
va sabotni talab etadi. Bu juda qiyn jarayon bo‘lib, kichik bolalar u yoqda tursin kattalar ham buni
bajarishga qiynaladilar. Ba’zan hissiyotlar aqldan ustunlik qiladi. Shunda o‘quvchi ko‘proq o‘ziga
jalb qilib turgan xulq-atvor yo‘nalishini tanlash uchun bahona yoki chora izlaydi va uni topadi.
Masalani yana to‘g‘ri tanlangan va qo‘llanilgan stimullar hal etadi.
Ma’lumki, qo‘zg‘otuvchi motivlar aniq mavjud bo‘lganda bizning xatti-harakatlarimiz g‘ayrat-
liroq va izchil bo‘ladi. Ta’sir ko‘rsata oladigan motivlashtirish ba’zan o‘quvchilar xatti-harakatlar-
iga shu darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadiki, birinchi qarashda bu kutilmagan natijaga o‘xshab ko‘ri-