Тошкент-2021 3 Апрель 2021 10-қисм Тошкент апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/181
Sana25.02.2022
Hajmi3,54 Mb.
#303200
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   181
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Foydalaniladigan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2017, T; Ma’naviyat 7 b.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori. «Umumiy o‘rta ta’limining 
davlat ta’lim standarti» to‘g‘risida.
3. Internet saytlari


86
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
TARBIYASI QIYIN VA BO‘SH O‘ZLASHTIRUVCHI O‘QUVCHILAR BILAN 
PEDAGOGIK FAOLIYAT OLIB BORISH METODIKASI.
Ermakova Nodira Maxamatovna
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 
9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Kukanbayeva Aidana Xudaiberdiyevna
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 
9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Tarbiyaning tabiatga moslanganligi g‘oyasini yodda tuting. O‘qituvchining 
vazifasi – agar pedagogik maqsadlarga mos kelmasa, intilishlarning yo‘nalishini o‘zgartirish.
Kalit so‘zlar.
G.Overstrit, S.T.Shatskiy, D.Dyui, D.Karnegi, Ehtiyojlar, motivlar, A.Dreer, 
pedagog, Stimulus.
“Stimulus” qadimgi grekcha so‘z bo‘lib, ma’nosi hozir qo‘llaniladiganiga taqqoslaydigan 
bo‘lsak, unchalik xayrli emas. Gap shundaki, qachonlardir ho‘kiz va qoramollarni haydaydigan, 
uchi yo‘nib o‘tkirlashtirilgan uzun tayoqni shunday ataganlar. Bugungi kunda esa “stimullashti-
rish” - “insonni qandaydir faoliyatga etaklash, turtkilash” degan ma’noda qo‘llaniladi. Inson asli 
tabitan shunday yaratilgan: ichki yoki tashqi turtki, eslatma bo‘lmasa, hatto ba’zan majburlash 
bo‘lmasa o‘rnimizdan ham qimirlay olmaymiz.Shunday zamonlar ham bo‘lganki, ishga, mehnat-
ga nisbatan sovuqqonlik ishyoqmaslik, dangasalik deb atalgan hamda uni yengish uchun oddiy va 
tabiiy usul – majburlashning turli ko‘rinishlaridan foydalanishgan. Bu usul insoniy munosabatlar 
tarixida chuqur ildiz otgan. Yillar mobaynida “inson qalbi” deb nomlangan nozik matoning asosiy 
ipini topish uchun olimlar juda ko‘p mehnat qildilar. Vaqt o‘tishi bilan insonga samarali ta’sir et-
adigan munosabatlarning turli vositalari izlab topila boshladi, Natijada ularni majburlash borgan 
sari qiyinlashib qola boshladi. O‘z haq-huquqlari bilan himoyalangan ozod va mustaqil shaxs yan-
gicha yondashuvlarni talab etadi.
Stimullashtirish borasida amalga oshirilgan nazariy tadqiqotlarning darajasi va salmog‘i ni-
hoyatda yuqori. Ammo shunisi achinarliki, amaliyotchi-pedagog juda ko‘p miqdordagi kontsept-
siyalar, nazariyalar, g‘oyalardan o‘z faoliyati uchun yaroqlisini kamdan-kam topishi mumkin. Shu 
nuqtai nazardan qaraganda amaliyot metodlar quyuni ichida o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘ygan. Ammo, 
aytish joizki, ta’lim jarayoni samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar ichida stimullasht-
irish etakchi o‘rin egallaydi. “Nazarimda, o‘z pedagogik faoliyatimning boshlanishida men juda 
ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yganman. Tabiiyki, ularni takrorlashni istamayman,- deb tan oladi taniqli 
amerikalik pedagog A.Dreer,- men uchun eng qiyin muammo o‘qishga motivlashtirish bo‘lgan”.
Ehtiyojlar, motivlar, stimullar – bir dalaning hosilidir. Bu tushunchalarning ierarxiyasi, tizim-
idagi o‘rni to‘g‘risida uzoq bahslashish mumkin, qaysiki nazariyotchilarimiz asosan shu bilan 
mashg‘ul. Ammo xulosa bir xil – stimullar ehtiyoj va motivlardan ajralmagan holda, ularga asosla-
nadi. Shuni ta’kidlash joizki, inson odatda, bir yo‘la turli ko‘rinishdagi ehtiyoj va motivlar ta’siri 
ostida bo‘ladi hamda ulardan eng kuchlisiga mos ravishda harakat qiladi. Shunday bo‘lishi ham 
mumkinki, bir nechta bir xil ta’sir kuchiga ega bo‘lgan ehtiyoj va motivlar maydonga chiqib qol-
ishi, ular orasida ziddiyat paydo bo‘lishi mumkin. Shunday vaqtda kishi ular orasidan o‘zi uchun 
ma’qul bo‘lgan xatti-harakatlar yo‘nalishini tanlashiga to‘g‘ri keladi. Insonning aynan u yoki bu 
yo‘lni tanlashida hal qiluvchi rolni stimullar bajaradi. Demak, tanlashda, yo‘nalishni aniqlashda, 
to‘g‘ri qaror qabul qilishda va kerakli yo‘nalishda harakat qilishda stimullar yordamga keladi.
Ayni paytda zarur, ammo bajarish istagi kam bo‘lgan stimullarni tanlash o‘quvchidan katta kuch 
va sabotni talab etadi. Bu juda qiyn jarayon bo‘lib, kichik bolalar u yoqda tursin kattalar ham buni 
bajarishga qiynaladilar. Ba’zan hissiyotlar aqldan ustunlik qiladi. Shunda o‘quvchi ko‘proq o‘ziga 
jalb qilib turgan xulq-atvor yo‘nalishini tanlash uchun bahona yoki chora izlaydi va uni topadi. 
Masalani yana to‘g‘ri tanlangan va qo‘llanilgan stimullar hal etadi.
Ma’lumki, qo‘zg‘otuvchi motivlar aniq mavjud bo‘lganda bizning xatti-harakatlarimiz g‘ayrat-
liroq va izchil bo‘ladi. Ta’sir ko‘rsata oladigan motivlashtirish ba’zan o‘quvchilar xatti-harakatlar-
iga shu darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadiki, birinchi qarashda bu kutilmagan natijaga o‘xshab ko‘ri-


87

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish