Тошкент-2021 3 Апрель 2021 10-қисм Тошкент апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/181
Sana25.02.2022
Hajmi3,54 Mb.
#303200
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   181
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
nadi. Motivlashtirish o‘quvchilarni turli darajadagi xatti-harakatlarni bajarishga undaydi. Natijada 
turli shart-sharoitlarda turli xildagi motivlashtirish, turli xildagi o‘zlashtirish ko‘rsatgichlariga olib 
keladi.
Motivlashtirish yutuqlarga erishishning zarur sharti sifatida g‘arb psixologlari tomonidan 
chuqur tadqiq etilgan. Taniqli psixolog D.Karnegi ta’kidlaganidek, dunyoda odamlarni nimadir 
qilishga undaydigan birgina usul bor. Mohiyatan bu usul odamni nimadir qilishni istashga majbur-
lash demakdir. Mashhur amerikalik faylasuf va pedagog D.Dyuining fikriga ko‘ra, inson tabiatiga 
xos bo‘lgan eng asosiy intilish – bu “ahamiyatli – qadrli bo‘lish istagi”dir.Kichik maktab yoshi 
davrida faoliyatni va xulq-atvorni motivlashtirish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. “Bolalar nimani 
yaxshi ko‘rishadi va nimani istashadi?” degan savolga S.T.Shatskiy shunday javob beradi:
1. Bolalarda til topishish instinkti kuchli rivojlangan, ular bir-birlari bilan tezda tanishib oladi-
lar – o‘yinlar, hikoyalar, o‘zaro gap sotish, lofchilik kabilar ana shunday instinkning belgilaridir.
2. Bolalar tabiatan mohir tadqiqotchi. Ulardagi tez qo‘zg‘aluvchanlik, oxiri ko‘rinmaydigan 
savollar, hamma narsaga tegib ko‘rish, ushlab ko‘rish, tatib ko‘rishga intilish sababi ana shunda.
3. Bolalar o‘zini ko‘rsatib turgisi keladi, o‘zi haqida, o‘z taassurotlari haqida gapirgisi, 
o‘rtoqlashgisi keladi. O‘z menligini tez-tez namoyish etib turishi ana shundan. Uning fantaziyalari 
va tasavvurlari boy bo‘ladi – bu bolalar ijodkorligi instinktidir.
4. Bolalar hech narsadan bir narsa yaratishni, qandaydir g‘ayrioddiy narsalarni to‘qib chiqa-
rishni yaxshi ko‘rishadi.
5. Bolalarda xarakterning shakllanishida taqlidchanlik instinkti katta rol o‘ynaydi.
Shularni yaxshi tushunib olsak, tashqaridan olib kiriladigan soxta stimullarni qidirib yurishimiz-
ga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki barcha samarali stimullarni bola tabiatining o‘zidanoq topish mumkin. 
O‘qituvchilarning barcha xato va kamchiliklari ularning o‘quvchi xulq-atvorining haqiqiy mo-
tivlarini bilmaslikdan, u yoki bu xatti-harakatlarga yuzaki baho berishdan kelib chiqadi. Stimul-
lashtirish sohasida o‘quvchilarni o‘rganish yangicha mazmun kasb etmoqda. Bugungi kunda mos 
stimullarni qidirib topish va to‘g‘ri qo‘llash maqsadida o‘quvchilarni o‘rganish talab etilmoqda.
Muayyan bir turdagi stimullarni tahlil etish uchun amerikalik professor G.Overstritning “Inson 
xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish” deb nomlangan kitobida keltirilgan fikrlarga e’tiborni qaratsak, 
foydadan xoli bo‘lmaydi. G.Overstritning ta’kidlashicha, xulq-atvorimiz va xatti-harakatlarimiz 
zamirida biz uchun eng qimmatli bo‘lgan orzularimiz yotadi. Kimnidir u yoki bu ko‘rinishdagi 
xatti-harakatlarni bajarishga undashni o‘z oldigan vazifa qilib qo‘yganlar uchun eng yaxshi masla-
hat shunday: avvalo o‘z suhbatdoshingizni nimanidir qattiq istashga majbur qiling. Kimki buni 
uddalay olsa, butun dunyoni egallaydi, agar uddalay olmasa, yakkalanib qoladi.Istaklarga tayan-
ing. Bolalar nimani istashadi – bu o‘qituvchining olidida turgan bosh masala bo‘lib hisoblanadi. 
Agar biz sichqonni tutmoqchi bo‘lsak, qopqonga qip-qizil bo‘lib pishgan gilosni qo‘ymaymiz, 
balki pishloq bo‘lagini qo‘yamiz, ya’ni bunda o‘z istagimiz va ta’bimizga ko‘ra emas, balki kemi-
ruvchilarning ta’bidan kelib chiqib ish yuritamiz. Shuni mudom yodda tutishimiz va anglashimiz 
lozimki, faqat biz nimani istashimizgina muhim emas, balki bolalar nimani istashlari ham juda 
muhimdir. Uni sindirishga va qayta qurishga urinmang: u o‘z xohish-istaklari uchun aybdor emas. 
Muvaffaqiyatga intilish istagining kuchliligi ba’zan boshqa maqsadlarni to‘sib qo‘yadi va ular 
erishish qiyin bo‘lgan g‘oyaga aylanadi. Kompyuter xakerlari (kompyuterning oldida juda ko‘p 
vaqtini o‘tkazadigan yoshlar) – boshqa barcha ishtiyoqlarni so‘ndiradigan xatti-harakat bo‘lib, 
undan bolani boshqa mashg‘ulotga e’tiborini qaratish maqsadida foydalanish mumkin.

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish