Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Aytmetova. S SH. Oligofrenopedagogika. – Т.: 1994
2. Raxmanova. V S. Defektologiya asoslari. – Т.: 2012
3. Дефектологический словарь. – М.: «Педагогика», 2000
24
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
USTOZLARNING USTOZI
Aminova Yulduz Atanazarovna
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 24 – sonli
umumiy o‘rta ta’lim maktabining O‘zbek tili va
adabiyoti fani o‘qituvchisi
Telefon: +998 90 110 92 66
Annotatsiya:
Quyidagi ushbu ilmiy maqolada - Abdulla Avloniy, eng ulug‘ inson, ota-ona,
Mirzo Ulug‘bekning ustozi haqida qisqacha ma’lumot berishga harakat qilngan.
Kalit so‘zlar:
Ustoz, kitob, o‘qish, muallim, Mirzo Ulug‘bek, Ota-ona, hurmat,
Siz birinchi „Alifbo“ darsligini kim yozganini bilasizmi? Bu – ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz
Abdulla Avloniydir. U kishi 1879-yilda Toshkentda tug‘ilgan. Abdulla Avloniy haqida gapiradigan
bo‘lsak – o‘zi maktab ochib, ko‘p darsliklar yozgan. Bolalar uning „Birinchi muallim“ kitobidan
ilk bor harf tanishgan. „Ikkinchi muallim“dan esa she’r va hikoyalar o‘qishni o‘rganishgan. Uning
1909 – 1917- yillarda bosilgan to‘plamlari o‘qish kitobi vazifasini bajargan. Shuning uchun
Abdulla Avloniyni barcha ustozlarning ustozi deb hisoblaydilar. Biz ham birinchi bor qo‘limizga
qalam tutqazib, o‘qish va yozishni o‘rgatgan ustozimizni hamisha hurmat bilan yodda tutamiz.
Birinchi muallimim
Oftobimsiz, oyimsiz,
So‘zlari muloyimsiz,
Omon bo‘ling, doim siz,
Birinchi muallimim.
Darsda shovqin solmaymiz,
Yomon baho olmaymiz,
Biz sizni ardoqlaymiz,
Birinchi muallimim
Biz bo‘lsak ahil, inoq,
A’lochi, kamtar, quvnoq
Sochingizga tushmas oq,
Birinchi muallimim.
Etolmasak sizni shod,
Ko‘ngil uyingiz obod
Qarzdormiz umrbod,
Birinchi muallimim.
(Olqor Damin)
Shu o‘rinda men eng ulug‘ ustozim haqida bir-oz to‘xtalmoqchiman, meni tez-tez o‘quvchilar
bilan uchrashuvlarga taklif qilishadi. Shunda ko‘pincha o‘quvchilar „Sizning birinchi ustozin-
giz kim?“ – deb savol berishadi. Men ularga shunday javob beraman – Mening qo‘limga ilk
marta qalam-daftar tutqazgan, menga o‘qish-yozishni o‘rgatgan o‘qituvchilarimdir deb – javob
beraman. Ammo, kitobni eng ulug‘ ustozim degim keladi. Bolaligimda kitobni qo‘limdan hech
qo‘ymas, unga boqib to‘ymas edim. Kitob so‘zining asl ma’nosini otalardan so‘rab, aniq bilib
oldim. Kitob so‘zi kel, top, bilim ol ma’nolarini bildirar ekan. Kitob eng ulug‘ ustoz va qadrdon
do‘stdir.
Ota-ona ham ilk ustoz hisoblanadi – Inson uchun birinchi ustoz ota-ona hisoblanadi. Ota-onani
hurmat qilish, ularni e’zozlab, xizmatlarini qilish har bir farzandning vazifasi deb o‘ylayman. Ota-
onangizni ranjitadigan so‘zlar aytishdan doimo saqlaning. Ularni izzat-hurmat qilishga, duolarini
olishga harakat qiling. Ularga yomon muomala qilishdan, achchiqlanib qarashdan o‘zingizni
saqlang. Har bir o‘g‘il-qiz buva-buvisi, otaonasining nasihatlariga doimo amal qilishi kerak.
Mirzo Ulug‘bekning ustozi haqida eshitganmisiz? yo‘q deysizmi? Unday bo‘lsa tinglang,
rivoyat qilishlaricha, Mirzo Ulug‘bek bolalik paytida Amir Temur Rumdan chaqirib keltirgan
bir donishmanddan saboq olgan. Donishmandning bir odati bo‘lib, saboq berish vaqtida boshini
engashtirib, yerga qarab o‘tirar ekan. Agar shogirdi biror jumlani yanglish o‘qisa, unga qarab
25
Do'stlaringiz bilan baham: |