Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
yordam berishi mumkin.
Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi:
- bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish;
- o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish;
- matematikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish, talabchanlik,
irodani tarbiyalash, mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va insoniylikni tarbiyalash.
Sinfdan tashqari ishlarning shakllari
:
-Sinfdan tashqari ishlar ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Ularga nutqini o‘stirish, olingan bilim va malakalarni mustahkamlash uchun yordam beradi. Yangi
qo‘shimcha ma’lumotlar manbai hisoblanadi.
-Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o‘quvchilarga qo‘shimcha bilim, malaka va
ko‘nikmalar berish.
-Tarbiyaviy ahamiyati – o‘quvchilarning ijodiy faoliyat ko‘rsatishiga, nutq odobiga, mustaqil
fikrlashiga zamin hozirlash.
Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, o‘tkir zehnlilikka oid masalalar, hazil
masalalar, berilgan ma’lumotlari yetishmaydigan yoki berilgan ma’lumotlari ortiqcha masalalar,
mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar, arifmetik rebuslar, o‘yinlar, fokuslar,
boshqotirmalar, tarixiy ma’lumotlar berish va boshqalar kiradi.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi quyidagilarga asoslanishi kerak:
Darsda o‘quvchilar olgan bilim, malaka va konikmalarni hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga
asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi.
Sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli
bo‘ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, o‘tkaziladigan ishning rejalashtirilishi va tizimliligining
murakkabligidadir.
Xulosa qilib aytganda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarni erkin fikrlashga, ularni bo‘sh
vaqtini mazmunli tashkillashga, dars jarayonidagi muammoli va qiyin toshiriqlarni bajarishga
ko‘mak beradi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar boshlang‘ich sinf ona tili va matematika darslarida
va o‘qish darslarida, sinfdan tashqari o‘qish tartibida tashkillanadi. Bu jarayon o‘qituvchii ixtiyorida
bo‘lib mavzu tanlash erkin hisoblanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni turli konkurs
tadbir va to‘garaklarga jalb etish tabiat qo‘yniga sayohatlarni tashkillash kabilardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |