Тошкент-2021 3 Апрель 2021 10-қисм Тошкент апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/181
Sana25.02.2022
Hajmi3,54 Mb.
#303200
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   181
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.E.Jumaev va boshqalar. Boshlang‘ich ta‘lim fanlarini o‘qitish metodikasi moduli 
bo‘yicha o‘quv – uslubiy majmua (II qism).,Toshkent-2018.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta 
ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
187-son qarori.
3. Xalq ta’limi Vazirligining 2017-yil 3-iyunda 190-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan bosh-
lang‘ich ta’lim fanlari o‘quv dasturi.


59
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
O‘QUVCHILARDA VATANGA MUHABBAT TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISHDA 
O‘QISH KITOBLARINING AHAMIYATI
Sharipova Madina G‘aybullayevna
Navoiy shahar
AFCHO‘IM 16-maktabning 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotasiya: 
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limga bo‘lgan e’tibor kun sayin ortib borishi 
bilan bir qatorda talab ham shunga qarab bormoqda.Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘qish 
kitoblaridagi Vatanga muhabbat mavzusining rang-barang janrda ifodalanishi ochib beriladi.
Kalit so‘zlar: 
Ta’lim, tarbiya, Vatan tushunchasi, Vatanparvarlik.
Ta’lim jarayonidagi barcha fanlarning asosiy maqsadi va mohiyati o‘quvchilarda – o‘sib 
kelayotgan yosh avlodda muayyan sohalarga oid bilimlarning asoslarini shakllantirish, shularning 
negizida ularning boy ma’naviy olamini yaratishdan iboratdir. Bu vazifani amalga oshirishda
badiiy adabiyot, boshlang‘ich sinflarda o‘qish kitoblariga teng keladigan soha yo‘q, deb ayta 
olamiz. Negaki, ulardagi namunalar alohida shaxsga ham, butun jamiyatga ham kuchli darajada 
ta’sir ko‘rsata olish imkoniga ega. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘qish kitoblari o‘quvchilarning 
dunyoqarashi shakllanishida, ulug‘ insoniy qadriyatlarni bolalik xotiralaridayoq muhrlanishiga 
beqiyos xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinfda o‘quvchining kеlajakdagi taraqqiyotini bеlgilab bеruvchi ruhiy, ta’limiy-
tarbiyaviy asos yaratiladi. Jumladan, o‘zbek adabiyotining mumtoz va zamonaviy namunalaridan 
parcha berilayotgani yosh avlod badiiy olamini boyitishda katta ahamiyatga ega. Jumladan, 
vatanparvarlik mavzusiga oid adabiy-badiiy namunalarni boshlang‘ich sinflardayoq o‘rgana 
boshlagan, ularni mutolaa qilish ko‘nikmasi shakllangan o‘quvchilarning kelajakda ma’naviy 
boy, har tomonlama yetuk tafakkurli insonlar bo‘lishiga shubha yo‘q. Xususan, boshlang‘ich sinf 
o‘qish kitoblarida Vatan va vatanparvarlik mavzusi alohida ko‘zga tashlanadi. Aslida ham Vatan 
tushunchasi va uni madh etish bir asr ilgariyoq jadid adabiyoti, matbuoti, hatto, boshlang‘ich 
sinf darsliklarida, ma’rifatparvarlar faoliyatida ommalashgani ma’lum. Ya’ni, yosh avlod ong-u
shuurida Vatanga muhabbat tuyg‘usini shaklantirish bosh maqsadga aylangan edi.
Boshlang‘ich sinflarda, xususan, o‘qish kitoblaridagi Vatanga muhabbat ham shu ma’noda, 
sinfdan sinfga o‘tilgani sayin teranlasha boradi. Ularning janriy ifodasi, mavzulari kengayib, 
mazmuni chuqurlashadi. Shu sababli 2-sinf “O‘qish kitobi”dagi “Ona yurtim–oltin beshigim”; 
3-sinfdagi “Ona bitta, Vatan yagona”, “O‘tmishni o‘rganish–burchimiz”, “Vatan posbonlari”, 
“Ulug‘lardan o‘rganmoq–oqillik”; 4-sinfdagi “O‘zbekiston–Vatanim manim”, “Vatanimiz 
o‘tmishidan”, “Ajdodlarimiz–faxrimiz” kabi bo‘limlari hamda ulardagi adabiy-badiiy namunalar, 
ilmiy-ommabop matnlar e’tirofga loyiq. Ta’kidlash joiz, darsliklarning turli yillardagi nashrlarida 
mualliflar va matnlar o‘zgarib boradi, ammo, mavzu, bo‘limlar aynan o‘z mohiyatini saqlab 
qoladi. Binobarin, Vatanga muhabbat har bir sinfda, har bir nashrda o‘ziga xos mazmun-mohiyat 
bilan talqin etiladi. Jumladan, 3-sinf o‘qish kitobidagi “Ona bitta, Vatan yagona” bo‘limining 
avvalgi (2008) nashrida dastlab davlat ramzlari berilgan, o‘quvchilar bayroq va gerb haqidagi 
bilimga ega bo‘lgach, Abdulla Avloniyning “Vatanni suymak” matni bilan tanishgan bo‘lsalar, 
o‘qish kitobining amaldagi (2012) nashrida esa bu mundarija qisman o‘zgargan. Davlat ramzlari 
haqidagi ma’lumot o‘rniga, E.Malikovning “Vatanimiz gerbi–tug‘ro haqida ertak” asarining 
o‘zi qoldirilgan. E.Malikov gerb – tug‘roda aks etgan rasmlar, ramzlarni badiiy-tasviriy 
ifodalar orqali ertak shaklida bayon qilgan. A.Abdurazzoqning “Vatanni suymak” she’ri esa 
avvalgi nasrdagi A.Avloniy matni o‘rnini to‘ldirgan. Vatan tushunchasi yanada teranroq talqin 
etilgan ayrim matn va maqolalar, she’rlar esa darslikning yangi nashrida ham saqlangan. Zero, 
“Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin”(D.Kamoljonova), “Vatan mo‘tabardir” (Xurshid Davron), “Ona-
Vatan”(Muhabbat Hamidova) kabi matnlar bir tushunchaning rang-barang usuldagi jilolaridir.
Aytaylik, “Vatan mo‘tabardir” matni tarixiy rivoyat bilan yanada ta’sirchan ifoda etilgan. Matn
tushunarli, aniq detallarni o‘quvchi ko‘z oldiga keltirish bilan boshlanadi. Ya’ni havo, quyosh, 
suv, non, ota-ona qanchalik muqaddas va azizligi 1-2-sinflarda to‘la anglatiladi. Yozuvchi 
X.Davron Vatanning ham ana shunday mo‘tabarligini eslatib, u ona-tuproqdan boshlanishini 
ta’kidlaydi. Vatanga muhabbat uning har bir qarich yeriga mehr qo‘yish bilan boshlanajagini 
uqdirmoqchi bo‘lgan adib, quyidagi rivoyatni keltiradi: “Qadimda dushmanlar turk davlatining 
xoqoni O‘g‘uzxondan unga qarashli tashlandiq, hech narsa bitmaydigan bir parcha yerni talab 
qilishadi.


60

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish