Adabiyotlar
1. Avloniy A. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. 2-jild. Toshkent, “Ma’naviyat”, 1998, 55-b.
2. G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. O‘qish kitobi. 1-sinf uchun darslik. Tosh-
kent, “Sharq”, 2013. 17-b.
3. Umarova M., Hamroqulova X., Tojiboyeva R. O‘qish kitobi. 3-sinf uchun darslik. Toshkent,
“O‘zbekiston”, 2012. –B.12-13.
1
M.Umarova, X.Hamroqulova, R.Tojiboyeva. O‘qish kitobi. 3-sinf uchun darslik. Toshkent, “O‘zbekiston”,
2012. –B.12-13.
61
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLSNGICH SINF ONA TILI VA O‘QISH DARSLARINING MAQSAD VA
VAZIFALARI
Rustamova Nilufar Abduraimovna
Navoiy shahridagi AFCHO‘IM 16- maktabning
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
Annotasiya:
Hozirgi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham
boshlang‘ich sinfni o‘qitishga bo‘lgan e’tibor kundan – kun kuchayib bormoqda. Mazkur maqolada
maktablarda boshlang‘ich sinf fanlarini o‘qitishni ilg‘or pedagogic texnologiyalar asosida tashkil
etishning ahamiyati ochib beriladi.
Kalit so‘zlar:
Pedagogik texnologiyalar, vazifa,ta’lim , didaktika, o‘qish ,yozish bo‘g‘in,so‘z
ma’nosi.
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo‘nalishlarini
belgilab berdi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta’limni tubdan isloh qilishning asosiy
yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan. Unda: “Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy
shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur
shart-sharoitlar yaratadi”
1
,- deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, dasturda qo‘yilgan maqsadga erishish
yo‘llari ham ko‘rsatilgan. Ta’lim berish ilg‘or pedagogik texnologiyalarining zamonaviy o‘quv-
uslubiy majmualarini yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash umumiy
o‘rta ta’limning asosiy shartlaridan biri sifatida belgilangan. Darhaqiqat, tarqatma materiallar,
ilg‘or pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshiradi, o‘quvchilarning
mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni
oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma
va malakalarini shakllantiradi. Davlat ta’lim standartlari talabi ham bu sohada katta ahamiyat
kasb etadi. Chunki, davlat ta’lim standartlari Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari asosida
tuzilgan bo‘lib, unda mutaxassislar tayyorlashda umumjahon talablari asos qilib olingan.
Standart talablari asosida ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiya talablariga asoslanish,
ta’limni jahon taraqqiyoti darajasida tashkil qilish imkoniyati mavjud. Maktabda bolalarni
o‘qishga o‘rgatishdan maqsad og‘zaki nutq yuzasidan o‘quvchilarda mustahkam bilim hosil
qilish, ishlab chiqarishning, hayotning hamma sohalarida faol ijodiy faoliyat ko‘rsata oladigan
savodli va madaniyatli kishilarni tarbiyalab yetishtirishdir. Umumiy ta’lim maktablarining
asosiy vazifalari yosh avlodga fan asoslaridan chuqur va mustahkam bilim berish, ularni
amalda qo‘llash malakalarini hosil qilishdir
7
. Boshlang‘ich ta’limda ona tili predmeti bolani
mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi, ularning tilning kommunikativ (aloqa-aralashuvga xizmat qilishi)
vazifasini; o‘z fikrini mantiqiy izchillikda bayon qilish, o‘zgalar nutqini eshitish orqali anglay
olishlariga xizmat qiladi.
Birinchi sinfda ona tilini o‘qitish o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, og‘zaki va
yozma nutqini rivojlantirish (ya’ni to‘g‘ri o‘qish va yozish)ga, fonetika, leksika, so‘z yasalishi,
grammatikaga oid bilimlarni o‘rganish uchun zamin yaratishga xizmat qilmog‘i lozim. Ona tili
darslarida o‘quvchilar “Tovushlar va harflar”, “Bo‘g‘in” “So‘z ma’nosi”, (“Shaxs va narsani
bildirgan so‘zlar”, “Belgini bildirgan so‘zlar”, “Harakatni bildirgan so‘zlar”, “Sanoq va tartibni
bildirgan so‘zlar”) “Nutq va gap” kabi bo‘limlar asosida tilga oid elementar bilimlarni egallaydilar.
Bunda, asosan, grammatik tushunchalarni amaliy o‘rgatishga e’tibor qaratilgan. O‘quvchi mashq
matnini o‘qish va yozish jarayonida grammatik tushuncha va qoidalarni amaliy bajarib boradi va
keyingi sinflarda bu qoida va tushunchalarni nazariy o‘rganishga zamin yaratadi.
Asosiy diqqat bolaning nutqi va lug‘at boyligini oshirish, imlo savodxonligini tarkib
toptirish, ya’ni to‘g‘ri o‘qish va yozish ko‘nikmasini shakllantirish, ona tili darslarini samarali
tashkillashtirishga qaratiladi. Shuningdek, ona tili darslarida o‘quvchilarning chiroyli yozuviga
e’tabor qaratish muhim ahamiyatga ega. Chunki birinchi sinfdan boshlaboq o‘quvchilarning
chiroyli yozuviga e’tabor qilinsa, yuqori sinflarda va hayoti davomida inson did bilan chiroyli
1
Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. Тошкент “Шарқ” нашриёти, 1998, 43-бет.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |