Тошкент-2021 3 Апрель 2021 10-қисм Тошкент апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/181
Sana25.02.2022
Hajmi3,54 Mb.
#303200
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   181
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA YUQORI SAMARADORLIKKA ERISHISHNING 
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
To‘yliva Feruza Nurmatovna
Xorazm viloyati, Shovot tumani 
3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada shaxs tarbiyasida muhim o‘rin tutgan boshlang‘ich ta’limning 
o‘rni va uning pedagogik-psixologik asoslari batafsil yoritilgan. 
Kalit so‘zlar
: boshlang‘ich ta’lim, islohotlar, pedagogika, psixologiya, pedagogik mahorat
ta’lim tizimi, tarbiya, diqqat, xotira, shaxs.
Intellektual asr hisoblangan zamonaviy dunyoda sifatli ta’lim olish va undan hayotiy 
jarayonlarda foydalana olish kompetensiyalarining shakllanishi dolzarb masala hisoblanadi. 
Yurtimiz ta’lim tizimida ijobiy islohotlar o‘tkazilib, kadrlar tayyorlashga nisbatan talab ham 
o‘zgartirmoqda. Zamonaviy va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash muhim ustuvor ahamiyat 
kasb etmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, “Biz yoshlarga 
doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom 
ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak 
darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy 
salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan 
insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va 
imkoniyatlarini safarbar etamiz. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi murg‘ak qalb egalarini dunyo sirlari bilan tanishtiruvchi, ularga 
ta’lim-tarbiya beruvchi, dunyoqarashini shakllantiruvchi, shaxs sifatida tarbiyalovchi ustoz va 
murabbiydir. XXΙ asrdagi bunday pedagogning obrazi – davr bilan hamnafas qadam tashlashini, 
zamonaviy bilimlar egasi bo‘lishini, xatolardan cho‘chimasdan tajribalar o‘tkazishga layoqatli 
bo‘lishini, o‘zida bolalikni saqlab qolishi va bola mehnatini rag‘batlantira olishini taqozo etadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy salohiyati va ma’lumot darajasi, uning bolalar 
psixologiyasi hamda hozirgi zamon boshlang‘ich ta’lim metodikasini yaxshi bilishi, zamonaviy 
pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali qo‘llay olishi bilan baholanadi. Bugungi 
kunda ustozning psixologik-pedagogik madaniyati e’tibortalab muammolardan biridir. Bu 
muammoning bir qator sabablari mavjud bo‘lib, bular: jamiyatda olib borilayotgan kuchli 
ijtimoiy siyosat, mavjud bozor iqtisodiyoti siyosati davrida ta’lim-tarbiyani muvaffaqiyatli amalga 
oshirishni maqbul yo‘larini izlashda ko‘rinadi. Zamonaviy pedagogning milliy va umuminsoniy 
qadriyatlardan boxabarligi, ta’lim-tarbiya jarayonida ulardan o‘rinli foydalanishi ko‘p hollarda 
uni umumiy madaniyatini tashkil qilishi bugun hech kimga sir emas. 
Hozirgi kunning vazifalarini amalga oshirishda, o‘qitishning chuqur ijtimoiy e’tiqodlilik bilan 
uyg‘un ilmiyligiga qo‘yilayotgan talablar g‘oyatda muhimdir. Didaktikada o‘qitishning ilmiyligi 
nima ekani asosli ravishda bayon qilinadi. Ma’lumki, maktab ta’limi mazmuniga kirgan barcha 
bilimlar voqelik qanday bo‘lsa, uni shundayligicha, hech bir qo‘shimchalarsiz aks ettiradi. 
Pedagogning vazifasi o‘quvchilarga ilmiy, haqqoniy bilimlarni asli holicha tushuntirishdan, 
ularni bilimlarni mustaqil o‘rganishlarida o‘zlashtirilgan haqiqatlar borliqdagi – inson ongidan 
tashqari ob’ektiv mavjud narsalarga muvofiqligini kafolatlaydigan yo‘lga solishdan iboratdir. Hatto 
bolalar ta’limning birinchi pag‘onasida olgan juz’iy bilimlar ham haqiqatni buzmasligi kerak. Ilmiy 
asosdagi to‘g‘ri o‘qitish natijasida o‘quvchilar ongida ob’yektiv olamning haqqoniy manzarasi 
hosil bo‘ladi. Pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda sub’yektlarning hamkorlikdagi faoliyatini 
tashkil etish va muvofiqlashtirish, erishish zarur bo‘lgan maqsadlar yo‘nalishida ularning faolligini 
rivojlantirish samaradorligi ko‘p jihatdan mavjud motivlarga va motivlashtirishga bog‘liq bo‘ladi. 
Ular orasida quyidagi eng asosiy sifatlarni ko‘rsatish mumkin: o‘quvchiga bo‘lgan munosabatda: 
uni tushunishga harakat qilish, kechinmalariga sherik bo‘lish, uning mustaqilligini hurmat qilish, 
har bir o‘quvchining ijodkorlik qobiliyatini yuzaga chiqarishga intilish; jamoadagi birgalikdagi 
faoliyatini tashkil qilish; o‘z-o‘zini boshqarishini rivojlantirish; jamoaviy an’ana va udumlarga 
rioya qilish. 


145

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish