Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
uchun o‘quvchilarda shaxs, narsaning kimgadir tegishli ekani, shu narsaning kimgadir qarashliligi,
uning egasini bildirishini misollar bilan tushuntiriladi. Masalan: Bugun chizgan rasmim yaxshi
chiqdi. Sening rasming qanday chiqdi? Odilning chizgan rasmi ham yaxshi chiqibdi.
Gaplarda berilgan rasmim, rasming, rasmi so‘zlarini tahlil qilib, o‘zak rasm ekani –im, -ing,
-i qo‘shimcha ekanini aniqlanadi. Shunda o‘qituvchi rasm va rasmim so‘zlarini taqqoslashni
topshiradi va o‘quvchilar bu so‘zning qo‘shimchasi yuzasidan fikr yuritadilar, ammo bu ular
uchun muammoli vaziyatni keltirib chiqaradi. Ular bu borada aniq fikr bera olmaydilar, shunda
o‘qituvchi bu vaziyatni xal qilish uchun o‘quchilarga tilda uchta shaxsni mavjudligi va ular: I
shaxs – so‘zlovchi; II shaxs – tinglovchi; III shaxs – o‘zga ekanini, ya’ni, men - so‘zlovchi, sen –
tinglovchi, u - o‘zga ekanligi va otning shu uch shaxslardan qaysi biriga tegishli ekanini qo‘shilgan
qo‘shimchalar orqali aniqlanishi, o‘z navbatida ana shu qo‘shimchalar egalik qo‘shimchalari
ekanligi, ular birlik va ko‘plikda qo‘llanishi haqida tushuncha beradi.
Misollar orqali egalik qo‘shimchalarining otlarga ikki usulda qo‘shilishi, ya’ni unli bilan
tugagan otlarga –m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo‘shimchalari, oxiri undosh bilan tugagan
otlarga –im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi haqida tushunchalar beradilar.
O‘quvchilarning egalik qo‘shimchalari yuzasidan egallagan ko‘nikmalarini shakllantirish uchun
turli mashqlardan foydalaniladi. Masalan, matndan egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llangan otni
topish, uni tarkibiga ko‘ra tahlil qilib, egalik qo‘shimchasini shaxs-sonini aniqlash, matnda
berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo‘shimchasini qo‘shish, narsa qaysi shaxslarga qarashli
ekanini aytish kabilar.
Keyingi bosqichda otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi o‘rgatiladi. Kelishiklar
otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o‘rganishda
o‘quvchilarning gapda so‘zlarning bog‘lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida
ishlash o‘quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog‘langan so‘z birikmalarini ajratishga
o‘rganganlaridan so‘ng, boshlanadi. Kelishiklarni bilish uchun o‘quvchi otning gapda qaysi so‘z
bilan bog‘langanini aniq bilishi lozim.
Demak, ot boshlang‘ich sinflarda yaxlit holda o‘rganiladi. O‘quvchilarda ot so‘z turkumnining
belgilarini, vazifasini o‘zlashtirish bilan birga, kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish ko‘nikmasi
shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |