Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA DARSI MASHG‘ULOTLARINI
TASHKIL ETISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING
SAMARALI USULLARI
Siddiqova Erkinoy Gadoyevna
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar chuqur
o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tel:+998919739647 Email : SiddiqErkinoy1986@inbox.uz
Annotatsiya:
Bu maqolada boshlang‘ich sinflarda texnologiya darsi mashg‘ulotlarini tashkil
etishda innovatsion texnologiyalardan foyddalnish usullari haqida so‘z yuriltilgan
Kalit so‘zlar:
Slayd shou , videolavhalar , animatsiyalar , videoroliklar
O‘zbekiston ta’lim va tarbiyaning bosh maqsadi va mazmuni tubdan yangilandi. Yosh avlod
yangicha ruhda tarbiyalash, yangicha fikrlashga o‘rgatish “Ta’lim to‘grisida”gi Qonun, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” hamda “Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi”
kabi muhim xujjatlarda o‘z aksini topdi. Ta’lim mazmuni va sifatiga katta e’tibor qaratilgan
bugungi kunda har bir pedagog o‘z ish faoliyatini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etmog‘i kerak.
Bugungi kunda jamiyat rivojlanishining har bir davrida bo‘lganidek, texnologiya faniga
munosabat bugungi shiddatkor davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Boshlang‘ich ta’lim
tizimiga innovatsion texnologiyalarni olib kirishda texnologiya fanini o‘qitishda keng ko‘lamda
foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Boshlang‘ich sinflarda texnologiya darslari mazmuni o‘quvchining qo‘l harakat tizimlarini
mukammal shakllantirish, ijodiy fikrlash, amaliy ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, amaliy
san’at na’munalari bilan tanishtirish, kasb-hunarga qiziqish uyg‘otish asosiy vazifa sifatida
qaralayotganligi sir emas.
Bugungi kun texnologiya darslarida, mehnat qurollaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan
holda foydalana olish, qog‘ozning inson faoliyatidagi ahamiyatini bilish va u bilan ishlay olish,
mehnatga ijodiy va ongli yondosha olish, texnik modellashtirishga oid ishlarni bajara olish, qurilish
materiallariga ishlov berish jarayonini bilish, karton bilan ishlay olish, o‘zining va o‘zgalarning
mehnat faoliyatini baholay olish, uy-ro‘zg‘or ishlarini bajara olish, sodda konstruktorlik ishlarini
bajarish mahalliy va tabiiy materiallardan foydalana olish, gazlama, ip va tikuv asboblarini bilish,
elementar tikuv ishlarini bajara olish inson mehnatini va faoliyatini turlarini anglash, qishloq va
shahar aholisi hayoti va mehnatini bilish, duradgorlikka oid sodda va yengil ishlarni bajara olish
(o‘g‘il bolalar), oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish(qiz bolalar) kabi ko‘nikmalar egallaydilar.
Ko‘nikmalarni egallashda boshlang‘ich sinfda texnologiya darslarida innovatsion
texnologiyalardan foydalanish yuqori samara berishga zamin bo‘la oladi. Innovatsion texnologiyalar
pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgartirishlar kiritish bo‘lib,
uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi. texnologiya darslarida quyidagi
interfaol usullardan ya’ni “Klaster”, “Rasmli test”, “Harflarini joy-joyiga qo‘yish” foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
2-sinf o‘quvchilariga “Aplikatsiya, qog‘ozdan turli hayvonlar va qushlarni yasash” mavzulari
rejalashtirilgan. Bu mavzuni o‘rgatishda quyidagi rasmli testdan foydalanish o‘quvchilarni o‘zlari
mustaqil ishlash uchun zamin bo‘la oladi.
Rasmli testni o‘tkazish quyidagicha:
O‘quvchilarni guruhlarga ajratib olamiz, guruhlarga ajratishda turli hayvonlar va qushlar
rasmlaridan foydalanamiz, rasmlar guruhning soniga qarab tayyorlanadi (4 ta guruh bo‘lsa 4 ta
rasm), guruhlarga o‘zlari tanlagan rasmni bo‘laklarga ajratilgan holda tarqatiladi, ishni bajarish
tartibini tushuntirib o‘tiladi va bajarish uchun vaqt ajratiladi, o‘quvchilar rasm bo‘lakchalarini A4
o‘lchamdagi qog‘ozga yelimlab yopishtiradilar. Bu rasmli testni o‘quvchilarga individual shaklda
ham o‘tkazilsa bo‘ladi.
1-rasm. (bo‘laklarga ajratilgan holda). 2-rasm.(biriktirilgan holda).
Klaster tuzish o‘quvchilarni fikrlash doirasini kengaytirishga asos bo‘la oladigan interfaol
usullardandir.
Misol uchun o‘quvchilarga “mevalarni bilasizmi?”, “poliz ekinlari nomini bilasizmi?” kabi
18
Do'stlaringiz bilan baham: |