Kalit soʻzlar:
innovatsiya, interfaol, didaktika, texnologiya, pedagogik, axborot
kommunikatsiya.
Yuksak ma’naviyatga ega boʻlgan, barkamol, sogʻlom avlodni tarbiyalash, yoshlarga ilgʻor
pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalar asosida ta’lim berish mamlakatimizning
ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ustivor yoʻnalishlaridan biridir. Shuningdek, komil
insonni voyaga yetkazishda boshlangʻich ta’lim shubhasiz poydevor vazifasini oʻtaydi. Bu esa
boshlangʻich ta’lim oʻqituvchisi zimmasiga katta ma’suliyat yuklaydi. Chunki oʻquvchilarni
oʻqitish sifati unga bogʻliq boʻladi.
Boshlangʻich ta’lim umumta’lim maktablarining bosh boʻgʻini boʻlganligi sababli ana shu
jarayonda oʻquvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga koʻproq e’tibor berish lozim.
Boshlangʻich sinf oʻqituvchisining ma’suliyati cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina
qadam qoʻygan oʻquvchilarni maktab hayotiga koʻniktirib, zamonaviy bilim olishlariga yoʻl ochib
beradilar. Bolalarning oʻqishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu
ham boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining vazifasi va ma’suliyati ekanligini koʻrsatadi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot
texnologiyalarni qoʻllashga boʻlgan talab va e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Chunki
maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan 6-7 yoshli bolalar oilada axborot kommunikatsiya
texnologiyalari vositalari bilan tanish boʻlgan, hatto ulardan foydalana oladigan holda
kelmoqdalar.
Ular haqiqatdan ham axborot asrida tugʻilib, hali atrof-muhitni anglamay turib zamonaviy aloqa
qurilmalarini koʻrib, ularning funksiyalari bilan tanish boʻlgan holda ulgʻaymoqdalar.
Shunday ekan, bunday zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan oʻquvchilarga dars oʻtish jarayonida
oʻqituvchilar axborot kommunikatsiya texnologiya vositalaridan unumli foydalanib, innovatsion
texnologiyalar asosida yanada qiziqarli qilib oʻtishlari talab qilinadi. Chunki, bolalar hayotida
maktab davri ancha murakkab davr boʻlib, bolalar oldida jiddiy sinov turadi. Endi ular yangi
rejimga moslashishga majbur boʻladi. Bola yosh boʻlishiga qaramay, endi uning maktabda oʻqish,
uy vazifalarni bajarish, murakkab materiallarni oʻrganishlari kerak. Oʻyindan maktabga kundalik
majburiy va davomli mehnatga oʻtish bola hayotida tub burilish yasaydi. Shuning uchun ham
oʻqituvchilar bolalarning maktabdagi hayotini qiziqarli tashkil etishlari, darslarni ilgʻor pedagogik
texnologiyalar, didaktik oʻyinlardan foydalangan holda oʻquvchilarning darslarga boʻlgan
qiziqishlarini oshirishlari lozim.
Ta’lim jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalarni qoʻllash, ta’lim samaradorligini oshiradi.
Oʻquvchilarning fikrlash doirasini kengaytiradi, ongi, dunyoqarashini oʻstiradi. Boshlang‘ich
sinflarda koʻproq bolaning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozim. Ularga oddiy, oson va
vaqt kam sarflanadigan oʻyinlardan foydalanib, darslar oʻtish yaxshi samara beradi.
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning oʻziga xosligi shundaki, ular
oʻqituvchi va oʻquvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. Oqitish jarayoni
oʻqituvchi hamda oʻquvchilar faoliyatini oʻz ichiga oladi. Oʻqituvchining faoliyati oʻquv
materialini bayon qilish, oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishini orttirish, fikrni teranlashtirish
va e’tiqodini shakllantirish, oʻquvchilarning mustaqil mashgʻulotlariga rahbarlik qilish, ularning
bilim, koʻnikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat.
Xulosa qilib aytganda innovatsion texnologiyalardan foydalanib dars oʻtilgan darslarda
oʻquvchilar oʻz qobiliyatlari va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, jamoa bilan
128
Do'stlaringiz bilan baham: |