MODDA ALMASHINISH JARAYONLARINING NAZARIY ASOSLARI Bir fazadan ikkinchi fazaga modda ta’sir etishi bilan bog`liq bo’lgan jarayonlar modda almashinish jarayonlari deb yuritiladi.Modda o’tish jarayoni fazalar o’rtasida muvozanat holat yuz bergunga qadar davom etadi. Bir fazaning ichida esa modda konsentratsiyasi yuqori bo’lgan nuqtadan konsentratsiyasi past bo’lgan nuqtaga tomon o’tadi. Nam materiallarni quritish, suyuqliklarni haydash, gaz aralashmalari tarkibidagi birorta komponentni yutuvchi suyuqlik yordamida ajratib olish, qattiq jism tarkibidagi kerakli komponentni eritib olish yoki eritmalardan kristallarni ajratib olish kabi jarayonlar modda almashinish jarayonlari qatoriga kiradi. Modda almashinish jarayonlari kimyoviy ishlab chiqarishning turli sohalarida muhim o’rin egallaydi.
Sanoatda quyidagi modda almashinish jarayonlari keng tarqalgan.
Absorbsiya.Gaz yoki bug` aralashmasi tarkibidagi bir yoki bir necha komponentning suyuq yutuvchi moddada tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. Yutuvchi suyuqlik absorbent (yoki sorbent) deyiladi. Teskari jarayon, ya’ni yutilgan komponentlarning suyuq fazadan ajralib chiqishi desorbsiya deb ataladi. Absorbsiya jarayoni texnologik gazlarni ajratish va sanoatdan chiqarib yuboriladigan gazlarni tozalashda keng qo’llaniladi.
Suyuqliklarni haydash va rektifikatsiya qilish.Bunday jarayonlar suyuq gomogen aralashmalarni suyuqlik oqimi va aralashmani bug`latish paytida hosil bo’ladigan bug` bilan o’zaro ta’siri yordamida komponentlarga ajratishga asoslangan. Suyuq va bug` fazalar orasida komponentlarning o’zaro almashinish yo’li bilan suyuqlik aralashmalarini ajratish jarayoni haydash deb ataladi. Bu jarayon issiqlik ta’sirida ikki xil usul bilan olib boriladi: oddiy haydash (distillyatsiya) va murakkab haydash (rektifikatsiya). Sanoatda rektifikatsiya suyuq aralashmalarni komponentlarga ajratish, o’ta toza suyuqliklarni olish va boshqa maqsadlar uchun qo’llaniladi.
Suyuqliklarni ekstraksiyalash.Biror suyuqlikda erigan moddani tanlab ta’sir qiluvchi boshqa suyuqlik yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi. Bunday jarayonda bir yoki bir necha komponent bir suyuq fazadan ikkinchi suyuq fazaga o’tadi. ekstraksiya jarayonini amalga oshirish erituvchini to’g`ri tanlashga bog`liq. Erituvchi suyuq aralashma bilan aralashib ketmasligi kerak yoki bo’lmasa qisman aralashib ketadigan bo’lishligi mumkin. erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo’lgan suyuqlik zichligidan kam bo’lishi shart. Ekstraksiya usuli suyuq aralashma tarkibida nisbatan kam miqdorda erigan komponentlarni ajratib olish uchun ishlatiladi.
Adsorbsiya.Gaz, bug` yoki suyuqlik aralashmalaridan bir xil yoki bir necha komponentlarning g`ovaksimon qattiq moddaga tanlab yutilish jarayoni adsorbsiya deyiladi. Faol yuzaga ega bo’lgan qattiq materiallar adsorbentlar deb ataladi. Teskari jarayon, ya’ni desorbsiya adsorbsiyadan keyin olib boriladi va ko’pincha yutilgan komponentni adsorbentdan ajratib olish uchun (yoki adsorbentni regenerasiya qilish uchun) qo’llaniladi. Bunday jarayon aralashma tarkibida oz miqdorda bo’lgan moddalarni ajratib olish maqsadida ishlatiladi. 3