5
I.Bob. Toshkent voxasi oʻrta asrlar davri
1.1. Shosh – Toshkent vohasi aholisining etnik xususiyatlari (IX-XII asrlar)
Shosh (Toshkent) vohasi IX-XII asrlarda Movarounnahrdagina emas,
balki
musulmon olamida ham salohiyatli hisoblangan. Bu davrda Movarounnahrning
iqtisodiy — ijtimoiy hayoti va aholi oʼrtasida sodir boʼlgan etnik jarayonlar
Sirdaryo sohillari va mazkur daryoning shimolidagi hududlari bilan uzviy bogʼliq
boʼlgan. Chunki tarixiy manbalarda turli davrlarda Choch, Shosh va Toshkent deb
nomlangan
voha
Movarounnahrning
Buxoro,
Samarqand,
shuningdek
Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini Yettisuv va Sharqiy Turkiston shaharlari
bilan aloqalarida muhim oʼrinda turgan[1].
Mumtoz sayyoh va geograf Istahriy (850-934) maʼlumoticha, IX-X asrlarda
Shosh Movarounnahrning yirik iqtisodiy va madaniy viloyatiga aylangan. Shosh
shaharlari dasht va togʼ tumanlariga boriladigan tranzit yoʼllarda joylashgan edi.
Bu karvon yoʼllari Buxoro va Samarqandni, Shosh va Iloq markazlarini Fargʼona
vodiysi bilan bogʼlagan.
Oʼrganilayotgan davrda vohaning qishloq aholisi asosan dehqonchilik bilan
shugʼullanib kelgan. Shosh vohasi xoʼjaligida
chorvachilik ham muhim
ahamiyatga ega boʼlgan. Shaharlar va yirik qishloqlar aholisi hayotida
hunarmandchilik
asosiy
oʼrinni
egallagan.
Oʼrta
asrlar
davomida
hunarmandchilikning turli sohalari (kulolchilik, temirchilik, zargarlik va boshq.)
keng taraqqiy etgan. Hunarmandchilikka kerakli xomashyolarning koʼpchiligi
Shosh va Iloq vohalarining oʼzida mavjud boʼlgan.
Bu davrda Shosh vohasida tashqi savdoning rivoj topishida Buyuk Ipak
yoʼlining ahamiyati juda katta boʼlgan. Ipak yoʼlining
tarmoqlari Shosh va Iloq
vohalaridan oʼtgan. Bu yoʼl orqali mahalliy aholi sharqda Xitoy bilan, shimoli —
gʼarbda Sirdaryoning quyi oqimlari, Orol dengizi va Volga boʼylaridagi xalqlar
bilan, gʼarbda esa Movarounnahr orqali Аfgʼoniston, Hindiston,
Eron va Old
Osiyodagi barcha yirik mamlakatlar bilan doimiy aloqada boʼlishgan.
[1] Mavlonov U. Markaziy Osiyoning qadimgi yo’llari. Toshkent: Akademiya, 2008. 166-
bet
6
Manbalarda Shosh viloyatida 30 ga yaqin, Iloqda 13 ta yirik shahar
mavjudligi qayd etilgan. Аrab geograflari Shoshda 25 yoki 27 ta, Iloqda 13 ta
shahar mavjudligi haqida maʼlumot berishgan. Istahriy Shoshda 27 ta, Iloqda 14 ta
shahar borligini qayd etgan. Аrab geografi Аl-Muqaddasiy (940-1000) esa
Shoshda 34 ta, Iloqda 14 ta shahar mavjudligini taʼkidlagan.
Vohaning qulay geografik va xalqaro savdo yoʼllari kesishgan hududda
joylashganligi uning iqtisodiy-madaniy jihatdan
gullab-yashnashiga yordam
bergan. IX-XII asrdagi yuksalish keng miqyosdagi savdo-iqtisodiy va madaniy
taraqqiyotga yoʼl ochgan.
X asr oxiri — XII asr oʼrtalarida Shosh Qoraxoniylar davlati tarkibiga
kirgan. Bu davrdan boshlab Shoshda turkiy tilning mavqei ancha oshgan. XI
asrdan boshlab shahar yana bir yangi nom bilan — Toshkent deb atalgan.
Shahriston va arkka ega boʼlgan bu shahar IX- XII asrlarda nafaqat vohaning
maʼmuriy markazi, shu bilan birga Movarounnahrning savdo — hunarmandchilik
va madaniy markazlaridan biri sifatida ham nom qozongan edi.
1214-1215 yillarda Muhammad Xorazmshoh Shoshni Qoraxoniylardan
tortib oladi. Qoraxitoylar qoʼshini hamda naymanlar xoni Kuchuk bilan jang qiladi.
Shaharni dushman qoʼliga oʼtib ketmasligi uchun aholini koʼchiradi
va shaharga
oʼt qoʼydiradi. 1220 yilda Chingizxon qoʼshinlari koʼchmanchi qabilalar va
Xorazmshoh qoʼshinlaridan ancha xarobazorga aylangan Shoshni qarshiliksiz istilo
qilishadi.
Voha aholisining etnik xususiyatlariga toʼxtaladigan boʼlsak, ilk oʼrta
asrlarda Choch vohasiga turkiy etnik qabilalarning kelishi,
ayniqsa Chochning
Turk hoqonligi tarkibida boʼlishi, uning madaniyati rivojiga katta taʼsir koʼrsatgan.
Bu jarayon ushbu makonda turk-sugʼdiy etnomadaniy hududning shakllanishiga
olib kelgan. Choch eroniy tilli aholining turkiylashish jarayoni jadal kechgan
maskanga aylanadi. Bu jarayonlar ayniqsa arxeologik materiallarda yaxshi
kuzatiladi va yozma manbalar orqali ham tasdiqlanadi[2].
Do'stlaringiz bilan baham: