2.3.Arabnavis olimlarining fikirlari va mulohazalari
Arabnavis olimlardan Istaxriy, Ibn Xavqal, Muqaddisiy va boshqalar (IX-X
asrlar) Shosh viloyati haqida yozganda uning markazini Binkat shahri deb
ko‘rsatadilar. Binkat hozirgi Eskijuva va Chorsu oralig‘ida bo‘lgan. Binkat nomi
forscha bo‘lib, “ko‘rimli shahar” demakdir (bin – ko‘rinish, kat – so‘g‘dcha
“shahar, qishloq, manzilgoh” degan ma’noni anglatadi).
Mahmud Qoshg‘ariy o‘zining mashhur asarida Shosh bilan bir qatorda
Toshkent nomini ham keltirgan. Jumladan, u o‘zining “Qonuni ma’sudiy” asarida:
“Binkat – bu Shoshning poytaxti, turkiy tilda “Toshkand”, yunonchadan arabchaga
tarjima qilinsa – “Burjul hijora” (“Tosh minora”) shaklida bo‘ladi” deb yozgan.
Beruniyning so‘zlarini boshqa olimlar ham tasdiqlashgan. Masalan, Mahmud
qoshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘otit turk” asarida: “Tarkan – Shoshning nomi,
uning asl nomi Toshkand – toshdan qurilgan shahar demakdir”, deb yozgan.
Demak, poytaxtimiz nomi “Toshkent” shaklida birinchi bor Beruniy asarlarila
uchraydi
va
shahar
nomi
boshqa
nomlar
bilan
ham
atalgan.
Qoraxoniylar tarkibiga kirgan Choch shahri X asrning oxiri – XII asrning
boshlarida butunlay Toshkent nomini olgan. Amir Temur davrida (XIV ikkinchi
yarmi – XV boshlari) qudratli qal’a, yirik hunarmandchilik, madaniyat va ilm -
fan, savdo - tijorat shahri sifatidagi maqomini tiklaydi.
XVI asr boshlarida Toshkent shayboniylar davlati tarkibiga kirgan, so‘ng u
Buxoro amirligi tarkibiga qo‘shib olinadi.
XVI-XIX asrlarda Toshkent. XV asrning oxiri – XVI asrda va keyinchalik
XVIII asrda Toshkentning mavqei ancha oshdi. Iqtisodiy va madaniy yuksalish bu
shaharning boshqa hunarmandchilik va savdo markazlari bilan aloqasi
jonlanganidan, shuningdek, qurilish ishlarining rivoj topishida namoyon bo‘ldi.
Baroqxon madrasasi, Ko‘kaldosh madrasasi singari katta madrasalar XVI asrda
25
o‘zbek sultonlari davrida barpo etilgan. Bu binolar hozirgi kungacha saqlanib
qolgan.
Toshkent shu atrofdagi viloyatning ma’muriy boshqaruv va iqtisodiy hayot,
ichki va tashqi savdo markazi, boshqa shaharlardan, g‘arbiy va sharqiy
viloyatlardan keladigan karvon yo‘llari tutashgan joy edi. Toshkent XVI asrdayoq
aholi ancha zich joylashgan shahar bo‘lib, aholining katta qismini savdogarlar va
hunarmandlar tashkil qilardi. Keyinchalik, ayniqsa, XVIII asrdan boshlab
Toshkentning mavqei yanada oshdi.
Bu yerda ko‘plab misgarlar, shuningdek, kulollar, xilma - xil gazlama va
kiyim - kechaklar, qurol -yarog‘ va boshqa ashyolar tayyorlovchi ustalar istiqomat
qilishar va ishlashardi.
Toshkent shahar hayotining markazi Chorsu bozori bo‘lib, bu yerga turli
shahar va mamlakatlardan savdogarlar kelishardi. Chorsu ixtisoslashtirilgan
hunarmandchilik - savdo rastalari joylashgan o‘ziga xos shaharcha bo‘lib, atrofini
karvonsaroylar, hammom, oshxona va do‘konlar o‘rab turardi. Shaharning bu eng
katta bozori unga tutashadigan ko‘chalardanoq boshlanardi, ko‘chaning ikki
tomonida do‘konlar va hunarmandchilik ustaxonalari saf tortgan edi. Bozorning
har bir qismida asosan bir xil mollar sotilardi. 1734 yilda Toshkentda yashagan
Nurmuhammad mulla bunday deb yozgan edi: “...har bir bozorda bir xil mollar
sotiladi: bittasida non, ikkinchisida ip-gazlama, boshqasida shoyi, chopon, etik,
atlas va hokazolar”. Xadradagi tim ostida chopon bozori joylashgan edi.
Shaharda va shahar atrofida karvonsaroylar bo‘lib, turli mamlakatlardan
kelgan savdogarlar shu yerga qo‘nar edilar. Karvonsaroylarning ayrimlari yaqin-
yaqinlargacha faoliyat yurgizib kelgan.
60 mingga yaqin aholi yashaydigan Toshkent o‘z ahamiyati jihatidan xonlik
poytaxtidan keyin ikkinchi o‘rinda turardi. Qo‘qon - Rossiya munosabatlari
yomonlashuvi tufayli Toshkent muhim strategik va iqtisodiy ahamiyat kasb etib,
unga butun Turkiston viloyati, chegara qal’alar hamda Turkiston, Chimkent va
26
boshqa shaharlar bo‘ysunar edi. Qo‘qon xonligi va Buxorodan Rossiyaga karvon
yo‘li Toshkent orqali o‘tardi.
XVIII asrda Toshkent hududi taxminan 16 kv. km. Bo‘lib, aholisining soni
80 mingga (ba’zi manbalarda aytilishicha, 100 mingga) borib qolgan edi.
Shaharning shimoliy chegarasi Kalkovuz arig‘idan; sharqiy chegarasi Anhor
bo‘ylab hozirgi milliy bog‘ orqali; janubiy chegarasi Beshyog‘ochdan Samarqand
darvoza ko‘chasi orqali; g‘arbiy chegarasi shu ko‘chadan Ko‘kchagacha o‘tardi.
Shu tarzda butun shahar hozirgi Shayxontohur tumani va qisman Sobir Rahimov
tumani hududidan iborat edi. Bu hudud “Katta shahar” deb atalardi.
“Katta shahar”ning taxminan o‘rtasida boshqa devor bilan o‘rab olingan eski
markaz bor edi. O‘sha paytda shaharning “eski Toshkent” deb ataluvchi ana shu
markazida oltita darvoza bo‘lgan. Bu yerda imoratlar juda zich qurilgan bo‘lib,
markazda bozor, masjid, madrasa, qozixona, shahar amaldorlarining uylari
joylashgan edi. Masjid va badavlat aholining ayrim uylari pishiq g‘ishtdan
qurilardi. Shaharda 40 jome’ va ko‘plab mahalla masjidlari bor edi.
XVIII asr boshlarida Toshkent boshqa shaharlardan ancha boy va chiroyli
shahar bo‘lib, o‘sha davrga nisbatan madaniyati va obodonchiligi baland darajada
edi. Shaharning to‘rtta qismidagi katta ko‘chalarga tosh yotqizilgan, ariqlar orqali
o‘tiladigan ko‘priklar va ko‘prikchalar ko‘p edi. Tor ko‘chalar yoritilmasa - da,
shaharliklar doimo ko‘chalarni supurib, suv sepib qo‘yishardi.
Shaharga suv Chirchiq daryosidan chiqarilgan Bo‘zsuv kanalining irmoqlari
– Kalkovuz, Anhor, Labzak, Chorsu, Tarlak va boshqa ariqlar orqali kelardi.
Toshkent katta ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan ilgarigi kanallarning qurib qolgan
o‘zanlari, masalan, Chorsudagi Tarlak, Labzak va boshqa kanallarning o‘zanlari
hozirgacha saqlanib qolgan. Urush bo‘lib, suv bo‘g‘ilib qolish ehtimolini ko‘zda
tutib, shaharda hovuzlar va ba’zi joylarda quduqlar qazib qo‘yilgan edi.
Issiq iqlim, serhosil tuproq va sug‘orish tizimi hamda aholining g‘oyat
mehnatkashligi bog‘larda va poliz ekinzorlarida mo‘l hosil etishtirish uchun qulay
27
sharoit yaratardi. Suv mo‘l bo‘lgan joylardagi hovlilar soya - salqin bog‘larni
eslatar, daraxtlar va gullar hovliga fayz bag‘ishlar va meva berardi. Toshkentda
uzum, shaftoli, o‘rik, olxo‘ri, qora va sariq anjir, anor, olma, nok, behi, olcha,
gilos, bodom, pista yetishtirilardi.
Bog‘dorchilik qadimiy an’ana va ayni paytda serdaromad kasb edi – mevalar
bozorga chiqarilar, meva qoqilar boshqa mamlakatlarga yuborilardi. Toshkent
aholisi daraxtlarni hafsala bilan parvarish qilar, ulardan mo‘l hosil terib olar va
mevalarning ajoyib yangi navlarini yaratardi.
XVIII asrda shahar to‘rt dahaga bo‘lingan edi: Ko‘kcha, Sebzor,
Beshyog‘och va Shayxontohur dahalari. Har bir daha qurilish xususiyati va
aholining zichligi, aholining an’anaviy mashg‘uloti bilan farqlanardi. 1865 yili
Toshkentda 140 ta mahalla, 13260 ta xonadon, 8 ta madrasa, 8 ta hammom, 255
masjid va 116 ta tegirmon bo‘lgan.
XIX asr boshlarida Toshkent Qo‘qon xonligi tomonidan egallanadi. Bek va
amaldorlar zulmiga qarshi toshkentliklar 1847 va 1863 yillari g‘alayon
ko‘taradilar.
Mana shu kabi siyosiy - ijtimoiy inqirozlar davrida 1865 yili Toshkent chor
Rossiyasi tomonidan egallab olinadi. 1867 yilda esa, Toshkent Turkiston general -
gubernatorligining markaziga aylantiriladi.
Toshkentning XIX asr tarixi haqida ma’lumotlar toshkentlik tarixchi
Muhammad Solihning “Tarixi jadidi toshkand” (“Toshkentning yangi tarixi”) nomi
asarida uchraydi.
1891 yilga kelib Toshkentda 19 ta rus qishlog‘i (1298 kishi) tashkil etildi.
Bu ish mahalliy dehqonlarning azal-azaldan foydalanib kelgan yer-suvlarini tortib
olish hisobiga amalga oshirildi.
28
Xulosa
Xulosa sifatida shuni qayd etish mumkinki, Toshkent va Zarafshon
vohalari toponomiyasida ham boshqa hududlarda kam uchraydigan va o`ziga
xosliklar mavjud. Xususan, bu hududlardagi shaharlar xaqida afsona va rivoyatlar
ko`plab uchraydi. Bu hududlar toponomiyasida turli urug’lar nomi bilan ataluvchi
va joylashgan geografik o’rnidan kelib chiqqan xolda shu nom bilan atalgan
shaharlar yetarli. Shuningdek, bu hududlar shaharlari toponomiyasiga arablar va
mo`g’ullar istilosi jiddiy ta`sirini ko`rsatgan. O`z navbatida Rossiya imperiyasi va
sho`rolar davrida qurilgan va o`sha davr nomlari bilan atalgan shaharlar ham
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |