7.
Rollarga bo'lib qayta hikoya qilish. Bu usul nutqning ma'nodorligini
(ifodaliligini) shakllantirishga yordam beradi. Tarbiyachi tom onidan ishtirok
etuvchi shaxslar haraktcrining izohlanishi bolalar nutqining oydinlashishiga,
diqqatining faollashishiga katta ta'sir ctadi. Rollarga bo‟lib qayta hikoya qilish
o„rta guruhdan boshlab qo‟llaniladi. Bu usuldan m ashg„ulotning oxirida
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
8.
O'yin usuli (dramalashtirilgan o’yin). Bu usulda personajlarning
(ishtirok etuvchilarning) luqma tashlashlari harakatlar bilan boshqariladi:
bolalar imo-ishoradan, hayvonlarning ovozlariga taqlid qilishdan va
boshqalardan keng foydalanadilar, biroq o„yin uchun hech qanday niqoblar,
dekoratsiyalar talab etilmaydi. Tarbiyachi avval o‟zi muallif nomidan gapiradi,
so„ngra bola gapiradi. Dastlab rolni ijro etish uchun nutqi bo„sh rivojlangan
bolalar chiqariladi. Dramalashtirilgan o‟yin 5 daqiqa davom etadi. Turli yosh
guruhlarida qayta hikoya qilib berishga o‟rgatish mashg„ulotining tuzilishi
(o‟tkazish uslubiyoti) har xil boladi. Qayta hikoya qilish uchun tanlangan matn
bolalar uchun tushunarli bolishi kerak. Qayta hikoya qilish mashg„ulotlari har
bir yosh guruhining shaxsiy xususiyatlarini, ularning qayta hikoya qilish
qobiliyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Bu yoshdagi bolalarni qayta hikoya
qilishga o „rgatish ularga tanish bo‟lgan ertaklarni („Bo„g„irsoq”
„Sholg„om“ , ,,Bo„ri bilan echki“ , „Och ko‟z it“) takrorlashdan boshlanadi.
Tarbiyachi kichkintoy bolalarni qayta hikoya qilishga o „rgatishda quyidagi
usuldan foydalanadi. Bolalar tarbiyachining takroriy hikoyasidagi bitta-ikkita
so'zni yoki to'liq gapni takrorlaydilar:
—
Chol bilan kampir...
—
Yashashar ekan.
—
Bir kuni chol...
—
Sholg„oni ekibdi.
So‟ngra bolalar sekin-asta savollar yordamida qayta hikoya qilishga o„rgana
boshlaydilar.
Savollar
voqealar
ketma-ketligini
belgilashga,
ishtirok
etuvchilarning nomini aytishga qaratilgan bo‟ladi:
—
Bo„g„irsoq kimni uchratdi?
—
Quyonni.
Agar boia ertakning boshlanishini yaxshi eslab qolgan bo‟lsa, u holda uni
mustaqil hikoya qilib bera oladi. So'ngra qayta hikoya qilish jarayonida bola
qiynalsa, tarbiyachi yordamlashadi, ya'ni
matnni esiga tushirishdan
foydalaniladi, bu ertak mazmunini oson takrorlashga yordam beradi.Qisqa xalq
ertaklarini qayta hikoya qilishdan so„ng kichik hajmdagi hikoyalarni qayta
hikoya qilishga o„tishi mumkin (Mirmuhsin. „Olxo'ri“ , „Tosh“). Mashg„ulotda
asarga ishlangan illustratsiyalar ko‟rsatiladi. Ko'rsatish savollar, ko‟rsatmalar
berish bilan birga qo'shib olib boriladi. Illustratsiyalarni asarni o„qib berishdan
avval yoki o„qib bergandan keyin ko„rsatgan ma'qul. Tarbiyachi shunday deydi:
„Hozir men sizlarga rasmlami ko„rsataman, so‟ngra hikoya o‟qib beraman“ yoki
„Hozir hikoyani o„qib beraman , so„ng rasmlarni ko‟rsataman“.
O„rta guruhda bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda ancha murakkab
bo‟lgan vazifalar hal etiladi: bolalarni kichik hajmli va tanish bo‟lgan ertak va
hikoyalarni
hikoya
qilib
berishga
o'rgatib
qolmasdan,
balki
asar
qahramonlarining gaplarini ifodali qilib bayon etishga, boshqa bolalarning qayta
hikoya qilishlarini diqqat bilan tinglashga va matnga taalluqli bo„lmagan
jumlalarni topishga o„rgatadi. Ushbu guruhda bolalar butun yil davomida 8—
10 ta adabiy matnni (o'zbek ertaklaridan „Tulki bilan Turna “, „Maqtanchoq
quyon“ , „Fil va xo‟roz“ , „ lkki o „rtoq“ , A.Oripovning „Bobo va
nabira“ she‟rining mazmunini qayta hikoya qiladilar.
O'rta guruh bolalariga qayta hikoya qilishlari uchun tavsiya etilgan asarlar
mavzusi, mazmuni va shakli jihatdan katta farq qiladi. Shuning uchun olrta
guruh bolalarini qayta hikoya qilishga o'rgatishdagi muhim vazifa — bu ularga
asarning mantiqiy bog'lanishini, uning mazmunini tushunib olishga yordam
berishdir. Bunga asarni dastlabki o lqishdan sokng o„tkaziladigan suhbat orqali
erishish mumkin. Bunday suhbatda tarbiyachining savollari asosiy metodik usul
bo'lib hisoblanadi.
Badiiy asarlar yuzasidan ikki guruhdagi savollar berilishi mumkin:
1)
asar mazmunini tushunib olishga yordam beruvchi;
2)
voqeaning ketma-ketligini esga tushirishga yordam beruvchi.
Shuningdek, asar o'q ib berilgandan keyingi suhbat bola nutqidagi lug‟at
boyligini aniqlash va faollashtirish, qahramonlarning ovozlarini ifodali bayon
etishga ta ‟sir etish kabilarni amalga oshirishga yordam beradi. Adabiy matn
o‟qib berilgandan so„ng, bolalar asar mazmunini tushunib olganlarini aniqlash
maqsadida matn yuzasidan qisqa suhbat o„tkaziladi.Tarbiyachi bolalarga
shunday savollar beradi: „Ertak nima haqida ekan? Bu ertakdagi quyon qanday?
(qo'rqoq, yolg'onchi, tarbiya ko„rmagan.) Quyon sheriklariga nima deb
maqtanibdi va u bilan qanday voqea ro„y beribdi? Agar siz maqtanchoq
quyonchani uchratib qolsangiz, unga nima degan bo‟lar edingiz?
(Uyalmaysanmi, maqtanchoqlik qilishga. Yolg„onchi, qo‟qoq sanku.
Bundaylarni biz o‟zimizga sherik, o‟rtoq qilib olmaymiz, u bilan birga
o„ynamaymiz.) Asar matni yuzasidan suhbat o‟kazilgach, u ikkinchi marta o‟qib
yoki hikoya qilib beriladi va bolalar tomonid an qayta hikoya qildiriladi.
Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: „Endi diqqat bilan tinglanglar. Hozir men
bu ertakni yana bir marta o„qib (hikoya qilib) beraman. So„ngra sizlar menga
qayta hikoya qilib berasizlar“. O„rta guruhda tarbiyachi va bolaning birgalikda
(hamkorlikda) qayta hikoya qilishlaridan keng foydalaniladi. Bola qayta hikoya
qilayotganda tarbiyachi jumlalarni uning esiga tushirib turadi, esidan chiqargan
so'zlarni aytib turadi. Bu qayta hikoya qilislining ravonligini ta'minlaydi,
jumlalar uzilib qolishining oldini oladi. Sekin-astalik bilan bolaning qayta
hikoya qilishiga talab orta boradi. Endi tarbiyachi boladan hikoyaning to „liq
bo'lishini („Sen nima haqida hikoya qilib berishni esingdan chiqarding?“),
asarni qayta hikoya qilib berayotganda bola diqqatini asardagi personajlarning
so„zlarini ifodali qilib aytib berishga jalb qilish kerak. Masalan: „Tulki
xo'rozdan derazadan qarashini qanday so „raydi?“ — „Samimiy,
ayyorona— ; „Maqtanchoq quyon o‟rtoqlariga nima deb maqtandi?“ — „Ve-e.
Yem bo„lib bo„pman. Boshiga chiqib bir tepdim, til tortmay o'lib qoldi“ —
(Maqtanib, gerdayib.) Ushbu guruhda savollar bo„yicha qayta hikoya qilishdan
ham foydalanish mumkin. Ba‟zi hollarda bolalar asar mazm unini o „z so„zlari
bilan bayon etadilar. Bunday holda bola tomonidan tanlangan so'zlarni
muallifning fikrini aniq va to„g‟ri ifodalashini nazorat qilib borishi kerak.
Bolalarning qayta hikoya qilishlarini baholash muhim uslubiy (metodik)
usullardan hisoblanadi. 0 „rta guruhda bolalarning hikoyasini tarbiyachi
baholaydi. Bolalarning qayta hikoya qilishini baholashd a unin g yaxshi
tomonlarini va kamchiliklarini, harakatchanligini aytib, qisqa tahlil qilish lozim.
Bu bilan quyidagi dastur vazifasini bajarish zarur:bolalarda qayta hikoya
qilishda matnga to„g„ri
kelmaydigan joylami seza olish qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi bolalarni
qayta hikoya qilishga o „rgatish orqali ularning nutq faolugini, mustaqilligini
rivojlantirishga ta'sir ctadi. Katta guruhlarda adabiy asarlarni qayta hikoya
qilishga o‟rgatishda yangi vazifalarni ha! etish nazarda tutiladi: tarbiyachining
yordamchi savollarisiz ertak va hikoyalarning
mazmunini bir-biriga bog‟lab, izchillik bilan, ifoda vositalaridan foydalanib,
grammatik tomondan to„g „ri bayon eta olishga o „rgatish. Endi bu guruhda
ancha murakkab, hajmi kattaroq bo„lgan asarlarni qayta hikoya qilish taklif
etiladi. (Bu guruhlarda qayta hikoya qilish uchun tavsiya etilgan asarlar ro'yxati
„Badiiy terma kitob“da ko'rsatilgan. Tuzuvchilar: S. G'oziyeva, D. Ochilova, L.
Dolimova. T., ,,0 „qituvchi“ , 1993.)
Masalan:. ,,Bo„ri bilan tulki“ (o'zbek xalq ertagi), „Chumchuq “ (o'zbek xalq
ertagi), Gulxaniyning „Toshbaqa bilanchayon" masali, „Zumrad va Q im m
at“ (o „zbek xalq ertagi ) va hokazolar.
Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish m ashg„ulotida tarbiyachi o„z oldiga
bolalarning boglanishli nutqini rivojlantirish. matn mazmunini bir-biriga bog'lab,
kctma-ketlik bilan, nutqning ifodali vositalaridan foydalanib, aniq, grammatik
jih atd an to „g„ri bayon etishga o„rgatish vazifasini q o „yadi. Qayta hikoya qilib
berishga o„rgatish m ashg„u!otini o„tkazish uslubiyoti (metodi) ushbu guruh
bolalari bog‟lanishli nutqining rivojlanganlik darajasiga, tarbiyachining o 'z
oldiga q o „ygan vazifasiga, shuningdek, qayta hikoya qilib berish uchun tavsiya
etilgan adabiy asar matniga bog„liq bo'iadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |