O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI HUZURURIDAGI TO`RTKO`L KO`P TARMOQLI TEXNIKUMI
“Tabiiy va Texnik fanlar” Kafedrasi
Mavzu: Dengizlarning omillari va ularning organizmlari
(Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy Tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi)
Bajardi: Ekologiya va atrof muhitni muhofa qilish
Bitiruvchi: Soburov Axmad
Raxbar: Nuratdinova Mashhura
To`rtko`l– 2022
Reja. - Dengiz haqida umumiy ma`lumot.
- Materiklar orasidagi Dengizlar.
- Dengiz atrofidagi qurukliklar.
- Dengizning atmosfera bilan o’zaro ta’siri.
- Dengizni ifloslantirayotgan asosiy manba.
Dengiz haqida umumiy ma`lumot. Dengiz — Dunyo okeanining bir qismi; okeandan quruklik yoki orollar, yarim orollar va suv osti relyefining koʻtarilgan joylari bilan ajralib turadi. Oʻzining gidrologik, meteorologik va iqlimiy rejimi bilan okeanning ochiq qismidan farq qiladi. Dengiz quruqlik bilan qancha kup uralgan bulsa, okeandan tafovuti shuncha ko`p bo`ladi. Okeanlarning ayrim ochiq qismlari shartli ravishda Dengiz deyiladi, baʼzi Dengizlar geografik oʻrni va gidrologik rejimi xususiyatlariga koʻra 3 guruhga boʻlinadi: materiklar orasidagi Dengizlar, materik ichkarisidagi Dengizlar va chekka Dengizlar. Materiklar orasidagi Dengizlar. Materiklar orasidagi Dengizlar juda chuqur buladi. Bularga Oʻrta dengiz, Avstraliya va Osiyo orasidagi Dengizlar, Karib dengizi va Qizil dengiz kiradi. Materikdagi Dengizlar biron materikning ichkarisida joylashgan boʻladi. Bularga Oq dengiz, Boltiq dengizi, Qora dengiz, Azov dengizi va boshqa kiradi. Chekka Dengizlar okean va materiklarning chekkalarida boʻladi. Bularga Barens dengizi, Kara dengizi, Sharqiy Sibir dengizi, Chukotka dengizi, Bering dengizi, Yapon dengizi, Shimoliy dengiz va boshqa kiradi.
Dengiz atrofidagi quruklik Dengizning iqlimi, suv rejimi va suv osti yotqiziqlariga uz taʼsirini koʻrsatadi. Bunday taʼsir materik ichkarisidagi va materiklar orasidagi Dengizlarda ayniqsa katta buladi. Dengiz atrofidagi daryolar Dengizga chuchuk suv bilan birga loyqa (oqiziq) jinslarni keltiradi.
Dengiz atrofidagi qurukliklar.
Dengizlar geologik nuqtai nazardan yosh hosillardir. Ular uchlamchi davrda vujudga kelgan, toʻrtlamchi davrda toʻliq shakllangan. Eng chuqur Dengizlar Yer pustining upirilgan — yorilgan joylarida hosil boʻlgan. Oʻrta dengiz (eng chuqur joyi 5121 m), Karib dengizi (eng chuqur joyi 7090 m) va boshqa Sayoz Dengizlar materik chekkalarining choʻkkan qismlarini okean suvining bosishidan yoki okean sathining koʻtarilishidan paydo boʻlgan.
Dengizning atmosfera bilan o’zaro ta’siri Dengizning atmosfera bilan o’zaro ta’siri Yerdagi ob-havo sharoiti va iqlimning shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Dengiz suvi turli mineral moddalarga boy chuchuk suv olish manbai sifatida xizmat qiladi. Dunyo dengizi – juda katta miqdordagi osh tuzi zahirasiga ega bo’lib, unda 180 mingga yaqin organizm turlari – kichik bakteriyadan tortib, yirik kitlargacha panoh topgan. Dengizda yashovchilarning biomassasi tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko’ra 60 milliard tonna (quruqlikda yashovchilarning umumiy biomassasi taxminan 10 milliard tonna). Bugungi kunda inson oziq- ovqatidagi oqsillarning 10% iga yaqini dengizlardan olinadi. Ko’pgina mamlakat axolisi uchun dengiz mahsulotlari asosiy taom hisoblanadi. Dengizlarning ifloslanishi Insoniyatning bu go’shasi jahon“axlatxona”siga aylanib bormoqda. Chunki ummonga inson faoliyati oqibatida to’planadigan chiqindilar tashlanmoqda. insonning turli sun’iy moddalar ishlatishi tufayidengiz tabiiy muhitining buzilishi jarayoni, ifloslanishi va zaharlanisi toboro ortib bormoqda. Dengizni Dengizni ifloslantirayotgan asosiy manba Birinchidan, dengizga daryo suvlari orqali va qishloq xo’jaligi chiqindilari tashlanadi va shahar oqava suvlari quyiladi. Bu taxminan ifloslantiruvchilarning 40% ini tashkil etadi. 30% ifloslantiruvchilar dengiz transport vositalari ulushiga to’g’ri keladi.
Dizel yonilg’isi chiqindilari, kemalarni yuvish, tozalash, ballistic quyilmalarni to’kish va boshqalarni eslab o’tish kifoyadir. Ayniqsa, neft va neft mahsultolari yuklangan tankerlarning halokati, dengiz tubiga o’rnatilgan neft quvurlari, suv osti atom kemasining ishdan chiqishi, dengizdan neft qazib olish katta zarar keltiradi.
Nitsedagi Biologik markaz ma’lumotlariga ko’ra, Atlantika okeandan tutilgan baliqlardagiga qaraganda, O’rta Yer dengizi baliqlarida simob miqdori uch marta ko’p ekan. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumoti bo’yicha O’rta Yer dengiziga har yili 12 million tonna organik chiqindilar tashlanadi, u oqar suvlari orqali har yili 1 million tonna rux, 2,5 ming tonna turli radioaktiv moddalar bilan ifloslanadi.
Dengiz ekotizimi Dengiz ekotizimi Suv ekotizimining bir turi bo'lib, uning asosiy komponenti sifatida sho'r suv borligi bilan ajralib turadi. Dengiz ekotizimlari turli ekotizimlarni o'z ichiga oladi, masalan dengizlar, okeanlar, sho'r botqoqlar, marjon qoyalari, sayoz qirg'oq suvlari, daryolar, qirg'oq sho'r suvli lagunlar, qoyali qirg'oqlar va qirg'oqbo'yi hududlari. Эътиборингиз учун рахмат!!!
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.
Do'stlaringiz bilan baham: |