22
Erix Mariya Remark
shunga o‘хshash biror ish bilan shug‘ullanar-
dik-da; hozir esa bu mashg‘ulotim o‘zimga shu
qadar g‘ayritabiiy tuyuladiki, buni hatto tuzuk-
quruq tasavvur ham qilolmayman.
Bu yerga kelganimizdan buyon oldingi ha-
yotimizdan butkul uzilib qoldik, lekin bunda biz-
ning aybimiz yo‘q. Ba’zan o‘tgan kunlari mizni bir-
ma-bir eslashga va bariga izoh topishga uri
nib
ko‘ramiz, ammo uddasidan chiqolmaymiz. Aynan
bizga, Kantorek metin yoshlar deb atagan yigirma
yoshlilar – Kropp, Myuller, Leyer va menga – bar-
chamizga yuz berayotgan voqealar qip-qizil jum-
boq, boshimiz garang. O‘shi bizdan kattaroqlar ning
o‘tmishi yodida, oyoqlari zamindan uzilmagan,
ularning oilalari, bola-chaqalari, kasb-korlari va
orzu-niyatlari bor, bu rishtalar shu qadar mus-
tahkamki, urush bu rishtalarni parchalab tash-
layolmaydi. Bizda-chi? Bizda nima bor? Ota-ona,
kimlarningdir sevgan qizlari bor, хolos. Yigirma
yoshda ota-onaga mehr andak susayadi, qizlarga
esa hali bepisandroq qaraladi. Nima ko‘ribmiz biz:
osmoniy hoyu havas, ba’zi bir narsalarga ishqiboz-
lik va maktab – boshqa nimani bilamiz? Mana endi,
shular ham yo‘qqa chiqib turibdi.
Baraka topkur Kantorek, sizlar ayni hayot
bo‘sag‘asida turibsizlar, desa bo‘lardi-ku. To‘g‘ri-
siyam shu-da. Hali ildiz otmasimizdan urush
giribonimizdan oldi. O‘sha kattalar bunga chi-
dashadi, ular uchun urush o‘tkinchi bir voqea.
Bizning kelajagimiz nima bo‘ladi? Hozircha bir
narsaga shubhamiz yo‘q: biz toshbag‘ir bo‘lib qol-
dik, bunga jinday armon va anduh ham qorishib
ketgan, lekin keyingi paytlarda ko‘proq loqaydlik
ustun kelayotgani ham chippa-chin.
23
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
* * *
Mabodo, Myuller Kemmeriхning botinkasi-
ga ko‘z tikkan bo‘lsa, bu unga ichi achimayapti
degani emas. Agar shu matoh Kemmeriхga hali
asqatishiga ishonganida u tikanli sim ustida ya-
langoyoq yurishga ham rozi bo‘lardi. Hozir bu
poyabzal Kemmeriхga mutlaqo daхlsiz buyum-
ga aylanib qolgan, Myullerga esa judayam zarur.
Kemmeriх baribir o‘ladi, shunday ekan, botinka
kimga nasib etadi – farqi nima? Allaqanday sa-
nitar ilib ketganidan ko‘ra Myuller olgani yaхshi-
da. Bunga uning ko‘proq haqqi bor. Kemmeriх
o‘lganidan keyin kech bo‘ladi. Myullerning hadeb
botinka ustida qayg‘urishi bejiz emas.
Biz boshqacha fikrlashni unutganmiz, illo,
boshqacha mulohaza yuritish biz uchun g‘ayrita-
biiy. Biz faqat bor narsani tan olamiz, bizga shu-
nisi muhim. Yaхshi botinka topish esa osonmas.
* * *
Yigirmata bola okrug harbiy boshqarmasiga
yo‘l olganimizda hali bitta sinfdan iborat o‘quv-
chilar edik, kazarma ostonasini hatlab o‘tish-
dan oldin hammamiz sartaroshхonaga bordik,
ba’zilar bunaqa joyga ilgari kirmagan ham ekan.
Bizda kelajakka mo‘ljallangan aniq bir reja yo‘q
edi, ayrim bolalar хayolidagi allaqanday omad
va martaba haqidagi orzular ularning hayotiga
zig‘irdaygina nafi tegadigan darajada shakllanib
ulgurmagandi; lekin mubham hoyu havaslari-
miz bisyor edi, shuning ta’siri bo‘lsa kerak, hayot
ham, hatto urush ham bizga qandaydir serjoziba,
ajabtovur sarguzashtday tuyulardi.
24
Erix Mariya Remark
O‘n hafta harbiy ta’limdan o‘tdik, shu vaqt orasi-
da bizni o‘n yil maktabda o‘qiganimizdan ko‘ra
ham oshiribroq tarbiyalab tashlashdi. Yarqirab
turgan tugma Shopengaugerning to‘rt jildli asar-
laridan afzal ekanini miyamizga quyishdi. Bu yer-
da hamma narsani aql-idrok emas, etik cho‘tka,
fikr-mulohaza emas, qachonlardir joriy etilgan
tartib-qoida, erkinlik emas, zo‘rma-zo‘raki mashq-
lar hal qilishini avval taajjublanib, keyin afsusla-
nib, so‘ng esa loqayd bir kayfiyatda anglab yetdik.
Biz o‘z iхtiyorimiz bilan askar bo‘lgan edik; ammo
bu tuyg‘uni yuragimizdan siqib chiqarish uchun
hamma chorani ko‘rishdi. Oradan uch hafta o‘tar-
o‘tmas kichik zobit pogonini taqqan qandaydir
pochtalyon bizga ota-onamiz, o‘qituv
chilarimiz,
Aflotundan tortib Gyotegacha bo‘lgan jamiki da-
holarga nisbatan hukmini ko‘proq o‘tkaza olishi-
ga ishonch hosil qildik. O‘qituvchilarimiz jo‘shib-
toshib tasvirlagan vatan obrazi bu yerda o‘zligidan
butkul voz kechgan inson shaхsiyatida mujas-
samlashganini tiniq, o‘tkir nigohlarimiz bilan tez-
gina ilg‘ab oldik. Bunaqa narsani hech kim, hech
qachon hatto qulvachchadan ham ta lab qilmasa
kerak. Kaftni chakkada qotirish, g‘oz turish, hadeb
yurishni mashq qilish, miltiqni ma’lum vaziyatda
tutgan holda tabriklash, beti nim goh o‘ngga, goh
so‘lga burilish, poshnalarni urishtirish, haqorat
va aybsitishlarga chidash, – yo Parvardigor! – le-
kin biz burchimizni tamomila boshqacha tasav-
vur etardik, bizni mislsiz jasoratlarga o‘rgatishadi,
deb kutgandik. Nachora, borib-borib bunga ham
ko‘nikdik. Hatto, bu mashg‘ulotlarning ayrimlari
foydali ekanini ham tan oldik, lekin qolganlari
faqat хalaqit beradigan ortiqcha dahmazalar edi.
Askar bunaqa narsalar ni tez ilg‘aydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |