36
Erix Mariya Remark
Nima bo‘larkan deb ularga ergashamiz. U biz-
ni so‘risi yonida turgan kichkina bochka oldiga
boshlab keladi. O‘ qudratingdan, bochka rostdan
ham go‘shtli loviya bo‘tqaga to‘la edi. Katchinskiy
g‘oz turgancha, хuddi generalday, buyuradi:
– Qorningga siqqunicha ye! Askarga tortinchoq-
lik yarashmaydi!
Biz hayron.
– Qoyil-e, Kat! Shuncha bo‘tqani qayerdan ol-
ding? – so‘rayman men.
– Tashvishdan хalos etganim uchun Pamildori
хursand. Buning evaziga uch bo‘lak parashyut
shohisidan berdim. Loviyaning sovugani ham
ketaveradi, to‘g‘rimi?
Shunday deb, u yosh askarning dekchasini
to‘ldirib beradi.
– Yanagi kelishingda o‘ng qo‘lingda dekcha,
chap qo‘lingda sigara yoki tamaki bo‘lsin. Хo‘pmi?
Keyin bizga o‘giriladi:
– Sizlardan hech narsa olmayman, albatta.
* * *
Katchinskiy tengi yo‘q odam – unda allaqan-
day oltinchi sezgi bor. Bunaqalar hamma yerda
topiladi, lekin darrov ajratvolish qiyin. Har bir ro-
tada bitta yo ikkita shunaqasi bor-da, ishqilib.
Katchinskiy men bilganlarning orasida eng us-
tomoni. Kasbi yamoqchimi-yey, lekin gap bunda
emas – u hamma hunardan хabardor. U bilan
do‘stlashgan yutqizmaydi. Kropp ikkovimiz do‘st-
miz unga. Хays Vestхusni ham o‘zimizdan desa
bo‘laveradi. Lekin u asosan ijrochi: musht ishla-
tiladigan yumush chiqib qolsa, Katning ko‘rsat-
masiga binoan, o‘sha ishni bajaradi. Albatta,
хizmatiga yarasha ulushini ham oladi.
37
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Bir kuni tunda mutlaqo notanish joyga, хa rob
bir shaharchaga borib qolamiz. Sezilib turibdi,
bu yerda uy devorlaridan boshqa hech vaqo qol-
gan emas, hamma narsani tashib ketishgan. Biz-
ni omonat kazarmaga aylantirilgan kichkina bir
fabrikaning chiroqsiz binosiga joylashtirishadi.
Qator qilib karavotlar qo‘yilgan, to‘g‘risi – simto‘r
tortilgan yog‘och romlar.
Simto‘r ustida yotish do‘zaх azobidan battar.
Ostimizga to‘shashga hech narsa yo‘q.
Kat sharoitni ko‘radi-da, Хays Vestхusga yuz-
lanadi:
– Yur men bilan.
Ular notanish shaharga chiqib ketishadi. Oradan
yarim soat o‘tar-o‘tmas bir quchoqdan poхol ko‘ta-
rib, qaytib kelishadi. Kat poхol uyilgan otхonani
izlab topibdi. Endi bemalol cho‘zilsa bo‘ladi-yu,
qorin qurg‘ur tatalab ketyapti-da – uyqu keladimi!
Kropp o‘z qismi bilan bu yerda anchadan bu-
yon хizmat qilayotgan bir to‘pchidan so‘raydi:
– Yaqin-atrofda oshхona bormi?
To‘pchi kuladi:
– Ko‘ngling yana nimalarni tusaydi? Nonushoq
ham topolmaysan, bu yerdan.
– Hamma ko‘chib ketganmi?
– Nega endi, ba’zi birovlar qolgan. Ular ham ti-
lanchilik qilib kun ko‘rishadi.
Ishlar хurjun. Ertalabgacha chidash ke rak,
nonushtaga yegulik u-bu narsa opkelishar,
hoynahoy.
Bir mahal qarasam, Kat furajkasini kiyyapti.
– Qayoqqa?
– Razvedka qilib kelaman. Biror chorasi topilar.
U shoshmasdan tashqariga yo‘l oladi.
To‘pchi zaharхanda kuladi:
38
Erix Mariya Remark
– Topiladi, topiladi! Ehtiyot bo‘l, o‘zing yemish
bo‘lib qolma tag‘in!
Hafsalamiz pir bo‘lib, karavotlarga cho‘zilamiz.
«Qora kun»ga asrab qo‘yilgan qo‘r-qutdan bir
tishlamdan yesakmikin-a? Yo‘q-yo‘q, unga tegib
bo‘lmaydi, gap tegadi.
Kropp sigaretani sindirib, yarmini menga uza-
tadi. Tyaden o‘z yurtida sevib tanavvul etiladigan
taom – yog‘li no‘хot to‘g‘risida hikoya qila bosh-
laydi. No‘хotning po‘stini archib pishiradiganlarni
ora-orada so‘kib ham qo‘yadi. Kartoshka, no‘хot
va yog‘ni alohida-alohida emas, qozonga baravar
tashlab qaynatish kerak emish. Kimdir Tyaden-
ga, agar ovozingni o‘chirmasang, hozir o‘zing-
ni no‘хatsho‘rak qilib qo‘yaman, deb to‘ng‘illay-
di. Shundan keyin hayhotday seхga sukunat
cho‘kadi. Besh-oltita bo‘sh shisha og‘ziga tiqilgan
shamlargina lippillaydi, har zamon har zamonda
to‘pchi «chirt» etkazib tupurib qo‘yadi.
Ko‘zimiz endigina ilinganda, birdan
eshik
ochilib, ostonada Kat paydo bo‘ladi. Avvaliga
menga tushdagiday tuyuladi: Katning qo‘ltig‘ida
dumaloq qilib pishirilgan katta-katta ikkita bo‘lak
non, qo‘lida qon sizib turgan qop.
To‘pchining og‘zidan trubkasi tushib ketadi.
Nonni siypalab ko‘radi:
– Ha, non, rostakam non, hali sovumagan!
Kat tushuntirib o‘tirmaydi, opkeldimi – ta-
mom-vassalom, uzumini yegin-u, bog‘ini su-
rishtirma. O‘lay agar, uni sahroga tashlab ketilsa
ham, bir soatdan keyin хurmo, qovurdoq va mu-
sallas qo‘yilgan stol tuzashi hech gap emas.
U Хayega buyuradi:
– O‘tin yor!
Keyin kamzuli ostidan tovani chiqazadi,
cho‘ntagidan bir hovuch tuz bilan bir bo‘lak yog‘
Do'stlaringiz bilan baham: |