Umumiy qoidalar
Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi unga turdosh usullaridan farqli ravishda, qisqa muddatda
eskirgan, o’zini oqlamagan samarasiz usullar va vositalardan, rudiment jarayonlardan butunlay
voz kechish xamda jarayonlarga zamonaviy AKTni joriy etish orqali mamuriy jarayonlarni tubdan
isloh qilishni nazarda tutadi.
Bunda ma’muriy jarayonlarni amalga oshiruvchi davlat va xo’jalik
boshqaruv organlari
manfaatlari emas, balki, faqat va faqat istemolchi fuqarolar manfaatlari, ularning extiyojlari, talabi
va shart-sharoitlari birlamchi hisoblanadi.
Davlat va xo’jalik boshqaruv organlarning mutassadi rahbarlari, mas’ul xodimlari va
xizmatchilari tomonidan reinjiniring tadbirlarini paysalga solishga bo’lgan harakat va intilishlari,
davlat xizmatlarini modernizatsiyalashga yo’naltirilgan islohotlarga jiddiy to’siqlar
yaratishi
mumkin.
Reinjiniringni quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
1. Siyosiy qaror va hohish-irodaning mavjudligi;
2. Samaradorlik – asosiy omil sifatida;
3. Iste’molchi uchun qulayliklar yaratish;
4. Jarayonlarning funksiyalarga nisbatan afzallikka ega bo’lishi;
5. Vakolatlarni quyi bo’limlarga va mutaxassislarga topshirish;
6. Innovatsion yondashuv;
7. Muammoli masalalarni aniqlashda ichki va tashqi muhitni uzviy o’rganish.
Ushbu tamoyillarga va reinjiniring tadbirining asosiy omillariga ko’ra, ma’muriy jarayonlar
reinjiniringini amalga oshirishda yuqori lavozimdagi rahbarlarning
siyosiy qaror va hohish-
irodalari birlamchi omil hisoblanadi va reinjiniring tadbirlarini “yuqoridan pastga” qarab amalga
oshirish uchun asosiy turtki vositasini o’taydi.
Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo‘natish va qabul qilib
olish jarayonlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni,
rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish
mumkin.
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan
va elektron hujjatning
uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot
elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot
texnologiyalaridan
foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish
imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Elektron hujjat qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi bo‘lishi mumkin.
Elektron hujjat, agar u bevosita elektron hujjatni jo‘natuvchi yoki uning axborot vositachisi
tomonidan jo‘natilgan bo‘lsa, jo‘natilgan deb hisoblanadi.
Elektron hujjatlarni saqlash chog‘ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini
taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Elektron hujjatni saqlash muddati, shunga o‘xshash maqsadga mo‘ljallangan qog‘oz hujjat uchun
belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Elektron hujjat aylanishida elektron hujjatlarni muhofaza qilish elektron
hujjat aylanishining
ishtirokchilariga yoki boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga zarar etkazilishining oldini
olish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan
tartibda javobgar bo‘ladilar.