Topshiriq-1.
Sug’urta, gaznachilik faoliyati va menejment, soliq xizmatida axborot
kommunikatsiya texnologiyalari.
Kelajak asosini qurish bo‘yicha ishning maqsadi ertaga nima qilish kerakligi
haqida emas, balki “ertaga” shu bo‘lishligi uchun
bugun nima qilmoqlik haqida
qaror qabul qilishdir.
Piter F. Drakker
So‘z boshi Keyingi yillarda mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish va
tizimni takomillashtirish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekistonda
sug‘urta xizmati
bozorini rivojlantirish, shuningdek aholining keng qatlamlari va
xo‘jalik subyektlarini sug‘urtada ishtiroklarini rag‘batlantirish maqsadida sug‘urta
kompaniyalari va iste’molchilarga
qulay sharoitlar, soliq to‘lashda imtiyoz
yaratilgan. Sohaga bo‘lgan e’tibor tarmoqda faoliyat olib borayotgan kompaniyalar
soni o‘sib borayotganida ham namoyon bo‘lmoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda
30dan ortiq sug‘urta kompaniyalari faoliyat olib borayotgani va aholiga 200 dan
ortiq sug‘urta xizmatlarini taklif etayotgani bunga dalildir. Sug‘urta faoliyati bozor
iqtisodiyoti moliyaviy infratuzilmasining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib,
iqtisodiyotning
yaxlitlikda
barqaror
rivojlanishini
taominlovchi
muhim
omillardandir Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yilda
mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009- yilda iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan
Vazirlar
Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida bozor iqtisodiyoti institutlari, xususan,
sug‘urtaning zamonaviy shakllarini keng rivojlantirish zarurligiga alohida e’tibor
qaratildi. Shu asosda hozirgi kunda sug‘urta xizmatlarining raqobat bozorini yanada
takomillashtirish, sug‘urta faoliyatining zamonaviy turlarini rivojlantirish va sifatini
oshirish, sug‘urta tizimini rivojlantirishda rivojlangan sug‘urta tizimiga ega xorijiy
mamlakatlarning tajribalarini o‘rganish va ulardan samarali foydalanishga alohida
eotibor qaratilmoqda. Respublikamiz sug‘urta tizimini
rivojlantirishda bevosita
iqtisodchi mutaxassislarning roli kattadir. Bo‘lajak iqtisodchilarni oliy ta’lim
muassasalarida olayotgan bilimlari orasida «Sug‘urta asoslari» fanining ham alohida
o‘ziga xos o‘rni mavjud bo‘lib, bu fanni o‘rganishda mazkur ma’ruzalar kursining
yordami tegadi, chunki ma’ruzalar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat standartlari
va o‘quv dasturlari asosida qator chet el, ya’ni rivojlangan sug‘urta
tizimiga ega
davlatlar
iqtisodchi-olimlari
tomonidan
yaratilgan
o‘quv
adabiyotlari,
respublikamizning
sug‘urtaga
doir
qonunchiligi, sug‘urta
amaliyotida
qo‘llanilayotgan me’yoriy hujjatlar asosida va ulardan unumli foydalanilgan, milliy
istiqlol g‘oyasi singdirilgan, kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari o‘rganilgan
holda yozilgan. «Sug‘urta asoslari» fanidan ma’ruzalar kursi sug‘urtaning iqtisodiy
mohiyati, vazifalari, roli va rivojlangan jamiyatda qo‘llash sohalarini o‘rganishni
qamrab oluvchi sug‘urta nazariyasining asosiy masalalarini yoritib beradi. U
sug‘urtaning kelib chiqish va O‘zbekiston
hududida rivojlanish tarixi, muhim
sug‘urta atamalarining mazmunini, sug‘urtaning turkumlanishi va sug‘urtani tashkil
etishning tamoyillarini va boshqalarni yoritib beradi.