Uyga vazifa berish (3 daqiqa).
1. O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
2. Mavzudagi asosiy tushunchilar va atamalarni daftarga yozish.
3. Mаvzuni аsоsiy mаzmunini so`zlаb bеrа оlish.
4. Kеyingi dаrsdа o`rgаnilаdigаn mаvzu bilаn tаnishib kеlish.
6- TOPSHIRIQ
Geografik kashfiyotlarning yuzaga kelish sabablari. MAVZUSIDA TADQIMOT
7-TOPSHIRIQ
Yevropada o’ttiz yillik urush (1618-1648)
Oʻttiz yillik urush (161848) — gabsburglar bloki (Papalik va Rech Pospolita tomonidan qoʻllab quvvatlangan Ispaniya va Avstriya gabsburglari, Germaniyaning katolik knyazlari) bilan gabsburglarga qarshi koalitsiya (Angliya, Gollandiya va Rossiya quvvatlab turgan german protestant knyazlari, Fransiya, Shvetsiya, Daniya) oʻrtasidagi urush.
Gabsburglar bloki katolitsizm tarafida, gabsburglarga qarshi koalitsiya esa (ayniqsa, urushning boshlanish paytida) protestantizm bayrogʻi ostida harakat qilgan. Bu urush bir necha davrlarga boʻlingan: Chexiya davri (1618—23) — gabsburglarga qarshi Chexiya qoʻzgʻoloni (1618—20) va chexlarning Belaya Gora yaqinida magʻlubiyatga uchrashi (1620);Daniya davri (1625—29) da gabsburglar bloki qoʻshinlari (qoʻmondonlari A. Vallenshteyn, I. Tilli) Daniyani yengib, Germaniya hududidan daniyaliklarni quvib chiqargan; Shvyesiya davri (1630—35) da shved armiyasi (qoʻmondoni Gustav II Adolf) Germaniyaga bosib kirib, Breytenfeld (1631), Lyutsen (1632) yonida gʻalaba qilgan, ammo Nyordlingan (1634) yaqinida magʻlubiyatga uchragan; FransiyaShvetsiya davri (1635—48)da Fransiya urushga kirishi bilan gabsburglarga qarshi koalitsiyaning ustunligi yaqqol koʻrindi. Natijada gabsburglarning "jahonshumul imperiya" tuzish va milliy davlatlarni boʻysundirish haqidagi rejalari barbod boʻldi, siyosiy hukmronlik Fransiya qoʻliga oʻtdi. 1648-yil Vestfaliya sulhi bilan tugagan.
XVI asr oxirida Germaniyaning iqtisodiy tushkunligi. Buyuk geografik kashfiyotlar va bu kashfiyotlar bilan bog‘liq tarzda savdo yo‘llarining o‘zgarib ketishi Germaniyaning iqtisodik taraqqiyotiga yomon ta’sir qildi. XVI asrning ikkinchi yarmida buning oqibati shu bo‘ldiki, nemys savdosotig‘i tushkunlikka yuz tutdi. Venetsiya bilan savdo qilgan Dunayning yuqorisidagi shaharlar (Augsburg, Ulm va boshqalar) ham, niderland va ingliz sanoati va savdosining raqobatiga bardosh bera olmagan Reyn shaharlari (Kyoln, Aaxen, Vorms va boshqalar) ham tushkunlikni boshidan kechirmoqda edi. Ganza ittifoqi XVII asr boshlariga kelib tamomila barbod bo‘ldi. Gamburg, Lyubek, Bremen bir qadar iqtisodiy ahamiyatlaryni saqlab qolgan zdilar. AMMO ularning roli_ shu qadar past ediki, ularni Amsterdamga ham, Londonga ham sira taqqoslab bo‘lmas edi. Butun Germaniya tobora agrar mamlakatga aylanib borar, unda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sanoati ko‘proq taraqqiy qilgan mamlakatlarga chiqarilar edi. Gol-landiya, Shvetsiya, Angliya ko‘proq Germaniyaning shimolisharqiy viloyatlari: Brandenburg, Prussiya, Pomeraniya, Meklenburg, Sileziyadan chiqariladigan g‘alla, kanop losi, qoramol, go‘sht va shu singari mahsulotlar sotib olar edil ar. Germa¬niyaning viloyatlarida krepostnoilik qaytadan tiklandi, bu galgi krepostniklik eng og‘ir uqubatli formalarda edi.'G‘arbiy Yevropaning xiyla taraqqiy topgan mamlakatlarida— Angliya, Fransiya, Niderlandiyada XVI asrga kelib krepost¬noilik tamomila yo‘qotilgani holda G‘arbiy va Janubiy Germaniyada krepostnoylikning anchagina qoldiqlari ozmiko‘pmi saqlangan, Sharqiy Germaniyada esa XVI—XVII asrlarda kre¬postnoilik ishlab chiqarishning hukmron usuliga aylanib ketgan edi. Krepostnoy huquqning «ikkinchi nashri» Germaniya taraqqiyotining xarakterli xususiyati bo‘lib, uning ijtimoiyiqtisodiy qoloqligidan ayniqsa yorqin dalolat berardi.
Siyosiy tarqoqlik. Germaniyaning siyosiy tarqoqligi saqla^ nibgina qolmay, balki XVI asr davomida yana ham avj oldi. Knyazlar cherkov mulklarini edusodara (sekulyarizatsiya) qilish hisobiga o‘z yerlarini ko‘paytirdilar. Ular ichki va tashki (eksport) savdodan o‘z daromadlarini oshirish yo‘lida foydalanib, o‘zlarining mahalliy knyazlik absolyutizmini o‘rnatdilar. Lyuteran cherkovining mahalliy hokimlarga batamom bo‘ysundirilishi munosabati bilan mahalliy knyazlarning siyosiy hokimiyati kuchaydi. Mamlakatning siyosiy tarqoqligi knyaz¬larning territoriya chegaralarini talashib, ayrim shaharlar, savdo yo‘llari va shu kabilar ustida muttasil nizojanjalla. riga sabab bo‘ldi. Reformatsiyadan keyin knyazlarning o‘zaro kurashlariga qulay ideologik bahona ham topildi. Knyazlar¬ning protestantlarga va katoliklarga ajralganligi to‘qnashishlarga «g‘oyaviy» tuye berib, mamlakatning territoriyasi mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishini avj oldirdi va rasmiylashtirdi. Diniy nizolar knyazlarning imperatorga qarshi olib borgan kurashlarini ham niqoblab turaverdi. Imperator avvalgidek mamlakatdagi katoliklar partiyasiga rahbarlik qilar va papalik bilan mahkam ittifoqda edi. Eng yirik knyaz¬larning ko‘pchiligi protestant edi, ulardan kupi lyuteran, bir kismi (pfalsgraf Reynskiy va janubig‘arbiy Germaniyadagi boshqa knyazlar) esa kalvinist edi. Mahalliy siyosiy parti¬kulyarizm uchun olib borilgan kurash dabdabali shior bilan^, «sof tavrot ta’limoti erkinligi uchun» kurash shiori bilan niqoblangan edi. Imperator knyazlarni o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qilar va bunga «yeres»ning kuchayib ke^tishiga yo‘l qo‘ymaslik, cheklab qo‘yish istagini vaj qilib ko‘rsatardi.
Gabsburglarning Avstriya ko‘p millatli davlati.
Knyazlar kuchayib, natijada aslida knyazlik absolyutizme joriy qilinganiga qaramasdan, imperator hokimiyatining kuchi hali ozmuncha emas edi. To‘g‘ri, Gabsburglar yirik va mayda feodal yerlarining german konfederatsiyasigagina boshchilik qilardi. Ularning avvalgidek hozir ham umumimperiya boshqarma organlari va sudlari, umumimperiya moliyasi (soliqlar va hokazolar), umumimperiya qo‘shini yo‘q edi. Germaniyani aslida idora qiluvchi ular emas edi. Lekin Gabsburglarning kuchi o‘zlariga meros qolgan juda keng yerlarga egalik qilishda edi; bu yerlarda qisman nemislar, ko‘proq esa slavyanlar, vengrlar, italyanlar va boshqa xalqlar yashardi. Gabsburglar xonadonining meros yerlari sharqda — Avstriya (Yuqori va Quyi Avstriya), Shtiriya, Karintiya, Krayna, Chexiya, Vengriya (uning g‘arbiy qismi va g‘arbda — Tirol, Shvabiya, Elzasni o‘z ichiga olardi. . Gabsburglarning meros yerlari ko‘lami jihatidan har bir va hatto eng yirik knyaz yeridan ham ko‘p marta ortiq edi.
Gabsburglarning Yevropadagi agressiv planlari. Ammo Gabs-burglar faqat Germaniyadagina .hukmrbnlik qilib qolmadilar. Gabsburglarning urug‘lari 44spaniyani ham idora qilardilar. Ispaniyadagi Gabsburglar avstriyagerman Gabsburglarini qo‘llabquЕvatlar edilar, albatta. Karl V ning dunyoga hokim '<5o‘lish ishtiyoqi Filipp II ga ham meros bo‘lib o‘tgan edi. Fi¬lipp III zamonida Ispaniya zaiflashib qoldi. Shu sababdan u vaqtda boshqa mamlakatlarga va ichki dushmanlarga qarshi kurashda ispan Gabsburglari bilan avstriya Gabsburglarining kuchlarini birlashtirish g‘oyat muhim masala bo‘lib qolgan edi. Nihoyat, imperator katolik cherkovidan madad olib turar edi; katolik cherkovi XVI ayerning ikkinchi yarmida yana kuchayib olgan, o‘zini qayta qurib, hamma mamlakatlarda, ayniqsa Ger¬maniyada protestantlarga qarshi hujumga o‘tgan edi. Imperator o‘zining meros yerlariga, Ispaniyaning yordamiga va papaning madadiga tayanib turib, knyazlarni o‘ziga bo‘ysundirishni va shu tariqa garchi kechikib bo‘lsada, Germaniyani birlashgan, markazlashgan davlatga aylantirishni mo‘ljallar edi. Ammo bu vazifaning uddasidan chiqib bo‘lmadi. Mamlakat_ iqtisodiy tushkunlikni boshidan kechirayotgan, shaharlar iqtisodiy jihatdan zaiflashib qolganligi tufayli ularning ijtimoiy va siyosiy reli pasayib ketgan, krepostnoylikning o‘sishi tufayli feodallarning ta’siri kuchaygan bir sharoitda mamlakatni birlashtirish ishi ayniqsa qiyin va murakkab vazifa edi. Bundan tashqari, Gabsburglar faqat Germaniyani o‘zlariga bo‘ysundirish masalasi bilangina mashg‘ul emas edilar: Ular. XVI asr oxirida ham, XVII asr boshida ham o‘zlariga qo‘shni mamla¬katlarga nisbatan agressiv siyosatni davom ettirdilar. Ular XVII ayerda sanoat va savdosotig‘i taraqqiy qilgan bir qaicha Yevropa mamlakatlarini, shu jumladan, Gollandiya, Angliya, Fransiya, Daniya, Shvetsiyani o‘zlariga qarshi qilib qo‘ydilar. Nemis protestant knyazlarining o‘zlari ham imperatorga qarshi kurashda Germaniyadan tashqarida ittifoqchilar qidira boshladilar. Ichki ijtimoiysiyosiy ziddiyatlar g‘oyat murakkab bo‘lgan tashqi halqaro munosabatlar bilan chirmashib ketganligi tufayli Germaniya vayron qiluvchi Uttiz yillik urush maydoni bo‘lib qoldi. Bu urush uning mavjud siyosiy tarqoqligini yanada ko‘proq mustahkamladi.\
Katoliklar reaksiyasi va protestant knyazlarning qarshiligi.
Germaniyada katoliklar reaksiyasi Karl V ning dastlabki taxt vorislari Ferdinand 1 (1555—1564) va Maksimilian II (1564—1576) davridayoq katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Ammo Karl V dan keyin uchinchi bo‘lib hukmronlik qilgan imperator Rudolf II (1576—1612) vaqtida reaksiya ayniqsa kuchayib ketd'i. Rudolf II iyezuitlar tarbiyasini olgan va Filipp II Ispan¬skiy saroyida ancha yashab, uning ta’limini olgan edi. Rudolf II ning yordami bilan iyezuitlar Avstriyadan Chexiyaga o‘tib oldilar. Katoliklar Bavariyasida ham ular uya qurgan edilar. Katoliklar protestantlarni Reyn oblastlaridan muvaffaqiyat bilan siqib chiqara boshladilar. Katoliklar reaksiyasi G‘arbiyShimoliy Germaniyaga kirib bordi. Katoliklar reaksiyasiga qarshi zarba uyushtirish maqsadida Janubiy va G‘arbiy Germaniyadagi protestant knyazlar 1608 yilda Tavrotchilar ittifoqiga birlashdilar. Pfalsgraf Fridrix Reynskiy bu ittifoqqa bosh bo‘ldi. Landgraf Gessenskiy, kurfyust Bradenburgskiy va imperiyaning bir necha shahari (Strasburg, Ulm va boshqalar) bu ittifoqqa qo‘shildilar. Protestantlar tuzgan harbiysiyosiy ittifoqqa javoban katolik knyazlar 1609 yilda Katoliklar ligasi nomi bilai o‘z ittifoqlarini tashkil etdilar. Ligaga Bavariya gersogi Maksimilian bosh bo‘ldi. Liga imperator bilan, ispan Gabsburglari va papa bilan bevosita aloqada edi. Liganing armiyasiga qo‘mondon qilib tajribali general Tilli tayinlandi.
Ittifoq va liga tuzilishi bilan bu ikki lagerning bir. biriga dushmanlik munosabati shu qadar keskinlashdiki, ular o‘rtasida 1610 yildayoq urush boshlanishi mumkin bo‘lib qoldi. Birok Genrix IV Fransuzskiy o‘limi tufayli urush bu o‘rtada boshlanmay qoldi, chunki ittifoq a’zolari undan yordam olish umidida edilar. Urush Rudolf II ning taxt vorisi imperator Matvey (1612—1619) davrida boshlandi. Chexiyada yuz bergan voqealar urushning boshlanib ketishida katta rol o‘ynadi.
1526 yildan keyingi davrda Chexiya.
Chexiya 1526 yilda yana imperiya sostaviga kirdi va u Gabsburglar xonadonining meros yeri deb hisoblana boshladi. Chexiya Gabsburglar sostaviga kirayotganida chexlarga ularning avtonomiyasini, chex seymini, davlat tili sifatida chex tilini va milliy cherkov sifatida chexlarning isloh qilingan cherkovini saqlab qolish va’da qilingan edi. Amalda esa Gabsburglar behayolik qilib, o‘z va’dalarini bajarmadilar. Vena hukumati chexlarning davlat rasi ishlariga bevosita aralashadigan buldi. Chexiyaga nemiyeamaldorlari yuborilardi. Nemis dvoryanlari chexlarning yerlarini sotib olardilar. Chexiyaga iyezuitlarning suqulib kirish^i natijasida bu yerda katolitsizmning tiklanish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qolgan edi.
«Chex birodarlari» jamoalarini ayniqsa qisar va uning faoliyatini har qanday yo‘llar bilan cheklardilar. Guschilikning eng jiddiy ta’siri XVI asr Chexiyasida ana shu jamoalarda saqlanib qolgan edi; shaharliklarning juda ko‘p vakillari, qisman dehqonlar va mayda ritsarlar bu jamoalarga kirar edi. Chex seymi korol Gabsburg ijozati bilangina yig‘ilar, aslda esa u o‘zining rahbarlik ahamiyatini yo‘qotgan edi.
1547 yilda seymning oppozitsion tarzdagi chiqishidan keyin uning huquqlari yana ham kamaytirilgan edi. Jumladan, shaharlik (meshchan)larning vakillari seymga butunlay deyarli kiritilmay. qo‘ygan edi. Chexiyada yuz bergan jiddiy ahvol 1609 yilda qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keldi. Pragada Gabsburglarga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Shaharliklar tomonidan qo‘llabquvvatlangan chex dvoryanlari muvaqqat hukumattuzdilar va harbiy lashkar to‘pladilar. Seym chexsosloviyelari nomidan, agar Rudolf II chexlarning siyosiy va diniy huquqlarini e’tirof qilmasa, uni uzlarining koroli deb tanimasliklarini aytgan edi. Bunga javoban Rudolf II 1609 yilning 9 iyulida maxsus «hazrati oliy yorlig‘i» (Mayestat deb atalgan yorliq)ni imzolashga majbur bo‘lgan edi; korol o‘zining bu yorlig‘ida chex panlari, ritsarlari, meshchanlari va dehqonlarining cherkov tashkilotlari zrkinligini e’tirof qilgan edi. Chexlarga o‘z urfodatlari bo‘yicha bemalol toatibodat qilish, protestant cherkovlarini mone’siz qurish, maktablar ochish huquqlari va boshqa shu kabi huquqlar berilgan edi. Praga universiteta protestantlar qo‘liga o‘tdi. Sosloviyelar o‘z huquqlarini himoya qilish va Mayestatning bajarilishini nazorat qilib turish uchun uzlarining maxsus o‘ttizta defensorlari (himoyachilari)ni saylab qo‘yish huquqini oldi. Lekin Gabsburglarning bu yon berishi vaqtincha edi. Korolning bu yorlig‘iga qaramasdan, Praganing katolik arxiyepiskopi, katolik panlar va o‘lka getmanlari bilan sudyalardan iborat korol, ma’murlari chexlarii ham diniy, ham siyosiy jihatdan qisaverdilar. Imperator Matvey reaksiyaga har tomonlama homiylik qildi. 1617 yilning yozida u chex tojini o‘zining taxt vorisi shahzoda Ferdinand Shtiriyskiyga kiygizdi. U ham Mak¬similian Bavarskiy bilan birga katolikla reaksiyasining eng jonboz rahbarlaridan edi. Ferdinand Shtiriyskiyning Chexiya koroli deb e’lon qilinishi bu yerda Gabsburglarga qarshi yana katta noroziliklar boshlanishiga sabab bo‘ldi.
Chexiyada 1618 yilgi qo‘zg‘olon. O‘ttiz yillik urushning Chexiya davri.
XVII asrning yigirmanchi yillari oxiriga kelganda Che xiya iqtisodiy' jihatdan ju¬da og‘ir ahvolda qolgan edi. Savdosotiq va sanoat orqaga qarab ketmoqda, edi; bu tushkunlik qisman shu vaqtlarda Markaziy va Sharqiy Yevropa boshidan kechirayotgan og‘ir ahvolni aks zttirsa, qisman Chexiyada Gabsburglar idora qilish siyosatining chex millatiga qarshi qaratilganligi oqibati edi. Mamlakatda krepostnoylik kuchayib bormoqda edi.
Shunday qilib, Gabsburg» larning siyosiy va diniy zulmi Chexiyadagi,krizisning umumiy manzarasini yanada yomonlashtirar edi, xolos.
Qo‘zg‘olon 1618 yilning 23 mayida «defenestratsiya» deb atalgan narsadan boshlanib ketdi: korolning uchta maslahatchisi Praga qasri derazasidan tashqariga uloqtirib tashlandi, korol yo‘qligida Chexiyani o‘sha uch maslahatchi idora qilardi, Chex dvoryanlari graf Turn boshchiligida 30 kishidan iborat direktoriya tarzida muvaqqat hukumat tuzdilar. Armiya tashkil qilishga kirishildi. Iyezuitlar va Chexiyadagi katolik cherkovining bir qancha oliy ruhoniylari mamlakatdan haydab yuborildi. Chexiya Gabsburglar hukmronligidan qutuldi. 1619 yilda Matvey o‘lib, o‘rniga Ferdinand II taxtga o‘tirganidan keyin, chex panlari unga qarshi Tavrotchilar ittifoqining rahbari kurfyurst Fridrix Pfalskiyni Chexiyaning koroli qilib' sayladilar. Chexlarning qo‘zg‘oloni avval boshda muvaffaqiyatli ravishda rivojlanib borayotgan edi. 1619 yilning 6 iyunida graf Turn o‘z. qo‘shinlari bilan Vena ostonalariga yetib borgan edi. Chex dvoryanlari nemis Tavrotchilar ittifoqiga katta umid bog‘lagan edilar, chunki bu ittifoq chexlarning Gabsburg¬lar ustidan g‘alaba.qilishidan manfaatdordek bo‘lib ko‘ringan edi. Aslda esa chexlar qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchradi. Bu ko‘zg‘olon hali keng milliy harakat tusiga kirib yetolmagan edi. Dehqonlar va shaharliklar ommasi hali bu haraqatda yetarli darajada ishti'rok qilayotgani yo‘q edi. Chex dvoryanlari guschilar davrini zslab, Gabsburglarga qarshi urushga xalq ommasini tortishga shoshilmas edilar. XVI asr oxiri va XVII asr boshida Chexiya qishloqlarida ahvol nihoyatda keskinlashgan edi. Chexiyada krepostnoylik eng shafqatsiz tusga kirgan edi. Barshchina yiliga 108 kunga yetib qolgan edi. Ish juda qizg‘in paytlarda dehqonlar panlar uchun haftasiga 3—4 kunlab ishlar edilar. Krepostnoy dehqonlar barshchinadan tashq,ari natura bilan olinadigan har xil soliqlar to‘lashlari lozim edi, davlat soliqlari («berna» va shu kabilar) bu hisobga kirmas edi. Dehqonlarning kayfiyati yomon edi. Ba’zi joylarda tartibsizliklar boshlangan edi, dehqonlar eng og‘ir soliqlarning bekor qilinishini, barshchinaning qisqartirilishini, yermulklarni boshqaruvchilarning almashtirilishini va hokazolarni talab qildilar. 1620 yilning kuzida Jatetsk oblastida dehqonlarning katta qo‘zg‘oloni bo‘lib, bu qo‘zg‘olonda 7000 dehqon qatnashdi. Qo‘zg‘olon feodal tartiblariga qarshi qaratilgan edi. Buning ustiga chex dvoryanlari zo‘r umidlar bog‘lagan nemis Tavrotchilar ittifoqi ularga astoydil yordam bermadi. Nemis protestant knyazlari endi ikki kurfyurlikka bosh bo‘lib olgan kurfyurst Pfalskiyning kuchayishini sira istamas edilar. Fridrixning o‘zida esa xususiy (pfals) kuchlari ozgina edi. U o‘zining qaynotasi, ingliz koroli Yakov I dan madad olarman deb o‘ylagan edi, ammo uning bu umidi puchga chiqdi. Yakov I Styuart nemis knyazlarining imperatorga qarshi qo‘zg‘olonini ma’qullamadi. U chexlarni o‘zining «qonuniy monarxi»ga qarshi qo‘zg‘olonga «isyonchilar» deb hisoblar edi.
Katoliklar ligasining sarkardasi Tilli protestantlarning uyushqoqsizligidan,birbirlaridan shubhalanishlarydan foydalanib, chexlarga qarshi darhol hujumga o‘tdi. Tilli Che¬xiya territoriyasiga bostirib kirdi va 1620 yil 8 noyabrda Praga yaqinidagi Oq tog‘ yonida chex va Pfals qo‘shinlarini tormor qildi. Fridrix Chexiyadan, so‘ngra Germaniya tuprog‘idan ham qochib ketdi. Imperatorga yordam berib turgan ispan qo‘shinlari Pfalsga bostirib kirdilar. Chexiyada g‘oyat shafqatsiz reaksiya boshlandi.
1621 yil 21 iyunda Pragada qo‘zg‘olon rahbarlaridan 27 ki¬shi, shu jumladan, uchta shaharlik umum oldida jazolab o‘ldirildi. 1627 yilda Praga seymida Mayestat tugatilishi rasman e’lon qilindi. Chexiyada katoliklar cherkovi.tamomila tiklandi. Nemis tili birdanbir davlat tili deb e’lon qilindi. Hamma yerda chex amaldorlari o‘rniga nemis amaldorlari o‘tirib oldi. Ko‘plab chex yerlari musodara qilindi. Chex dvoryan yer egalarining qariyb to‘rtdan uch qismi o‘z'yerlaridan mahrum bo‘ldi, bu yerlar musodara qilindi, nemislar qo‘liga o‘tdi. Mingminglab chexoilalari jonajon o‘z mamlakatidan quvg‘in qi¬lindi. Muxojirlik qilishga majbur bo‘lgan chex ziyolilarining eng yaxshi namoyandalari, yozuvchilar, o‘qituvchilar, farmatsevtlar, yuksak malakali hunarmandlar va shu kabilar Chexiyani tashlab chiqib ketdilar. Bularning hammasi mamlakatni iqti¬sodiy. tushkunlikka va yalpi ishsizlikka mahkum etgan holda Chexiyaning ishlab chiqaruvchi kuchlariga juda katta zarar yetkazgan edi. Nemisavstriya feodallari katolik ruhoniylari bilan ittifoq bo‘lib chex milliy madaniyatining o‘ziga ham juda kata zarar yetkazdi. Chex maktablari iyezuitlar qo‘liga topshirib qo‘yildi. Chex madaniyati ta’qib ostiga olindi. Nemislar guschilar adabiyotini hamda Gus va guschilar davriga oid barcha arxiv, manbalarini sistemali ravishda yo‘q qilar edilar. Chexiya yashnab turgan mustaqil mamlakatdan uzoq vaqtlargacha nemislarning asoratga mahkum etilgan va xonavayron qilingan viloyatiga aylanib qoldi.
Daniyaning urushga kirishi. Daniya davri. Avstriya Gabsburglarining Chexiyani tormor qilishi va ispanlarning Pfalsni bosib olishi Uttiz yillik urushning «chexiyapfals davri» deb atalgan birinchi davrining oqibatlari edi. Impe¬rator bilan liga g‘olib chiqdilar. Katoliklarning g‘alabasi musodara qilingan cherkov yerlaridan tashkil topgan protestant knyazlar mulkini xavf ostiga qo‘ydi. Imperatorning g‘alabasi
1624 yildan beri boshida kardinal Rishele turgan Fransiyani ham tashvishga solib qo‘ydi. Niderlandiya yana (1621 yil¬dan boshlab) Ispaniya bilan urushmoqda edi. Yakov Angliyskiy ham o‘zining kuyovi Fridrix Pfalsskiy taqdiri bilan qiziqmoqda edi. Shunday qilib, imperator bilan knyazlar o‘rtasidagi, katoliklar bilan protestantlar o‘rtasidagi, Gabsburglar bilan Chexiya o‘rtasidagi munosabatlarga doyr ichki masala chet ellarga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Germaniyadagi ichki urush tez orada murakkab xalqaro kurashga aylanib ketdi, bu kurashda esa G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining g‘oyat keng koalitsiyasi Germaniyaga qarshi chiqdi. Rishelening tashabbusi bilan 1625 yil dekabr oyida Angliya, Gollandiya va Daniya o‘rtasida avstriya va ispan Gabsburglarita qarshi Uchlar ittifoqi tuzildi. Daniya koroli imperatorga qarshi urush boshlagan taqdirda Angliya bilan Gollandiya unga katta subsidiya berishni" va’da qildilar. Daniya koroli Kristian IV o‘sha
1625 yildayoq chinakamiga urush boshlab, o‘z qo‘shinlari bilan Germaniyaga bostirib kirdi va unda shimoliy german lyuteran knyazlarining qo‘shnnlari bilan qo‘shildi.
Vallenshteyn. Daniyaliklarga qarshi o‘z qo‘shinini tashkil etish uchun Ferdinand II ning yetarli mablag‘i yo‘q edi. Kato
liklar ligasining qo‘shini ozgina bo‘lib, uni ham to‘ldirish kerak edi. Shundan keyin imperator qo‘shin tashkil etish to‘g‘risida boy dvoryan Albrext Vallenshteyn (1583— 1634) ga murojaat qildi. Vallenshteyn asli chex bo‘lsa xam; batamom nemislashib ketgan va chex dvoryanlarining yerlari musodara qilingan vaqtda juda ko‘p yer, o‘rmon, kon va shu kabilarni sotib olgan edi. Vallenshteyn XVI asrda va XVII asr* boshlarida Italiyada juda ko‘p va qisman Germaniyada uchraydigan kondoterlar, ya’ni harbiy sohibkorlar qabilidagi kishi edi. G‘oyat iste’dodli tashkilotchi va sarkarda bo‘lgan Vallenshteyn qisqa bir vaqt ichida yollanma soldatlardav iborat 30 ming kishilik armiya tashkil etdi. U o‘z soldatlariga) katta pul to‘lar, ammo ularni qattiq intizomda saqlar v» mashqta’limga juda ko‘p e’tibor berardi. Vallenshteyn qo‘shi» tashkil etishga sarflagan mablag‘larini keyinchalik qo‘lga kiritilgan o‘ljalar va dushmanga solingan kattakatta tovonlar vositasida hatto ortig‘i bilan ham qaytarib oldi. Val¬lenshteyn Injilchilar ittifoqi qo‘shinlarining qo‘mondonv graf Mansfeldni, so‘ngra esa Tilli bilan birgalikda Daniya* korolining izidan quvib borib, uni butunlay tormor qildi va Yutlandiya tuprog‘iga bostirib kirib, Kopengagenni xavf ostiga qo‘ydi. Daniya koroli sulh tuzishni so‘rashga majbur bo‘ldi va bu sulh bilan 1629 yil mayida Lyubekda tuzildi. Kristian IV bundan keyin Germaniya ishlariga aralashmaslikka va’da qildi. Vallenshteyn o‘z g‘alabasi uchun mukofot tariqasida butun bir knyazlik Meklenburg gersogligini hamda? «Baltika va Okeaniya dengizlari generallisimusi» degan unvo» oldi. Ferdinand II ning o‘zi esa protestantlar ustidan qozonilgan g‘alabani 1629 yilgi resttitutsion ediktni chiqarish bi¬lan nishonladi, bu ediktga ko‘ra protestantknyazlar 1552 yil¬dan (knyazlar imperator Karl V ni yenggan yildan) keyi» undan tortib olgan hamma yerlarni katolik cherkoviga qaytarib> berishga majbur etildi.
Shunday qilib, katolik reaksiyasi janub bilangina kifoyalanib qolmadi, balki shimolga ham kirib bordi. Imperatorprotestant knyazlarning iqtisodiy qudratiga jiddiy zarba berdi.
Biroq katoliklar lagerining g‘alabasi bu lager rah^barlari o‘rtasidagi nizojanjallar tufayli bushashib ketdi. Liganing yo‘lboshchisi Maksimilian Bavarskiy va boshqalar» Vallenshteynni yomon ko‘rardilar. Ularning talabiga muvofiq; imperator 1630 yilda Vallenshteynni iste’foga chiqartishga) va uning qo‘shinini tarqatish to‘g‘risida buyruq berishga maj¬bur bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |