Darsning turi: Yangi bilimlarni o‘rganish
Dars usuli: Savol-javob
Darsning jihozlanishi, ko’rgazmali qurollar va tarqatma materiallar ___ Tarix darsligi, mavzuga oid xarita, rasm, kompyuter, tarqatma material, testlar, krassvord, daftar, doska, bo’r.
Fanlararo bog’lanish____________________________________
Dars o’tiladigan xona _______________________________________________________________
Adabiyotlar:
Asosiy:
. Tashkiliy qism
O’tilgan mavzuni takrorlash
3. Qo’shimcha
1. Yangi mavzu bayoni
2 Yangi mavzuni mustahkamlash
3 Dars yakunlarini chiqarish
4 Uyga vazifa berish
Darsning borishi
(dars elementlari va taxminiy taqsimot vaqti ko’rsatiladi).
1. Tashkiliy qism (5 daqiqa). Sinf xonalarini darsga tayyorlash (salomlashish, davomatni aniqlash), o’quvchilarni darsga jalb qilish. Dunyoda va O’zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklar haqida xabar berish.
2. O’tgan dars mavzusi va yangi mavzu uchun zaruriy materiallarni takrorlash (10 daqiqa).
Savollar:
a) Geografik kashfiyotlar atamasiga izoh bering.
b)Qanday olimlar buyuk geografik kashfiyotlarga sabab bo’ldi.
v)Avstraliya qit’asi nechanchi yilda kashf etilgan.
O’quvchilar javoblarini umumlashtirish.
3. Yangi mavzu bayoni (45 daqiqa)
Yangi mavzuni tushuntirish uchun reja beriladi va rejaga asosan tushuntiriladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa). «Yangi tarix» tushunchasi haqida. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov о 'zining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobida "O 'z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unitgan millatning kelajagi yo'q", - deb ta'kidlashi bilan birga har qanday inson jahon tarixini, umumbashariy taraqqiyot yo'lini chuqur idrok etishi zarurligini ham uqtirganlar. Darhaqiqat, mustaqillik sharofati bilan biz jahon tarixini haqqoniy о'rganish imkoniyatiga ega bo 'ldik. Siz aziz о'quvchilarga jahon tarixini o'rganishdek qiziqarli va murakkab faoliyatda qunt va zukkolik hamrohingiz bo'lishini tilaymiz. Siz VII sinf «Jahon taiixi» darsligi orqali xorij davlatlarining V-XV asrlar tarixini о'rgangan edingiz. Ayni paytda bu asrlarning «O'rta asrlar» deb atalishini hambilib olgansiz. Qo'lingizdagi VIII sinf «Jahon taiixi» darsligi Sizni xorij davlatlarining XVI-XIX asri 60- yillari taiixi bilan tanishtiradi. Olimlar insoniyatning XVI asrdan boshlanadigan tarixiga «Yangi tarix» deb nom berganlar. Xo'sh, nega? Buning sababi shuki, XVI asr insoniyat tarixida yangi jamiyat - kapitalizm deb atalgan jamiyatga asos soldi. Bu jamiyatning dastlab G'arbiy Yevropa va Shimoliy Ameiikada qaror topa borish jarayoni XVI-XIX asrlami о 'z ichiga oladi. Kapitalizm - jamiyatning xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik tartiblarga asoslangan shakli. Bu jamiyatning nomi «kapital» so'zidan olingan. Kapital - o'z egasiga daromad keltiruvchi xususiy mulk va mablag', o'zini-o'zi ko'paytiruvchi sarmoyadir. Bu sarmoyaning asosida erkin tadbirkorlik faoliyati yotadi. Kapitalizm Siz VII sinfda bilib olgan feodal jamiyatidan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi? Tub farq bu – jamiyatning kishilarga xususiy mulkdan va yollanma mehnatdan foydalanishda keng erkinlik berganligidir. Agar o'rta asr feodal jamiyatida kishi kishiga qonun bilan majburlab bog'lab qo'yilgan bo'lsa, kapitalizm davrida barcha fuqarolar qonun jihatidan rasman erkin bo'lganlar. Ayni paytda, bu jamiyat insonning qobiliyati, salohiyati, g'ayrati va shijoatiga katta yo'l ochgan jamiyat hamdir. Shu sababli kapitalizm insoniyat tarixida misli ко'rilmagan kashfiyotlar va ixtirolar davri ham bo'ldi. Kapitalizm davrida kishilar motor, mashina, paroxod, parovoz, temiryo'l, dizel, martin pechi va boshqalarni kashf etdilar. Aviatsiya, telegraf, telefon, televideniye, radioni o'ylab topdilar. Yer yuzini elektr chiroqlari bilan yoritish boshlandi. Yangi-yangi energiya manbalari yaratildi. Yangi jamiyat - kapitalizm dastlab G'arbiy Yevropada, keyinroq esa Shimoliy Amerikada qaror topdi. Kapitalizm jamiyati keyinchalik industriyal jamiyat deb ham atala boshlandi. Industrial jamiyat -bu, kapitalizmning rivojlangan bosqichidir.
Osiyoda yangi jamiyat shakllanishining o'ziga xos xususiyatlari. Osiyoda yangi jamiyatning qaror topishi nihoyatda uzoq davrni qamrab oldi. Buning asosiy sababi, Osiyoda an'anaviy jamiyat hukm surganligi edi. Xo'sh, an'anaviy jamiyat qanday jamiyat edi? An'anaviy jamiyat - mulkchilik, ishlab chiqarish hamda taqsimot shakllari qat'iy belgilab qo'yiladigan, o'zgarmas, turg'un jamiyatdir. Deyarli butun Osiyoda, shu jumladan, Markaziy Osiyoda ham Yevropa va Shimoliy Amerikada kapitalizm gurkirab rivojlanayotgan bir paytda, o'rta asrlarning mahsuli bo'lgan an'anaviy jamiyat hukm suraverdi. Xo'sh, nega shunday bo 'ldi? Avvalo, Osiyoda Yevropadagidek yerga to'la xususiy mulkchilik qaror topmadi. Yevropada feodal jamiyatining ilk bosqichidayoq yer mulkdorlar о'rtasida to'la taqsimlanib bo'lingan edi. Dehqonlar esa о'sha yer egalariga biriktirib qo'yilgan. Bunday dehqonlar, Siz VII sinf «Jahon tarixi» darsligidan bilib olganingizdek, krepostnoy dehqonlar deb atalgan. Osiyoda esa mulk barcha merosxo'rlar о'rtasida taqsimlangan. Chunki, jamiyatdagi huquqiy va axloqiy me'yorlar mayda va jamoa mulkchiligini himoya qilardi. Bu qoida ishlab chiqarishning yiriklashuviga, daromadning bir qo'lda to'planishiga imkon bermagan.
O’quvchilarning javoblarini umumlashtirish.
Dars yakuni (7 daqiqa).
1. O‘quvchilar savollariga javob berish;
2. Yakuniy umumiy xulosa chiqarish;
3. Faol qatnashgan guruh va o‘quvchilarni rag‘batlantirish, baholarni e'lon qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |