1-Topshiriq 1 Geografik kashfiyotlarning yuzaga kelish sabablari va ahamiyati. Geografik kashfiyotlarning sabablari. XV—XVII asrlarda yevropalik sayyohlar tom onidan Afrika, Amerika, Osiyo va Okeaniyaga dengiz y o ‘llarining ochilishi va bu hududlarda yangi yerlarning kashf etilishi tarixda Buyuk geografik kashfiyotlar nom ini olgan. M ^ 0 ‘rta asrlarda insoniyat tom onidan kashf qilingan qanday m uhim kashfiyotlarni . bilasiz? Bu davrda fan va texnika taraqqiyotida yevropaliklar erishgan yutuqlar ularga yangi yerlarni ochish va o ‘zlashtirish imkonini berdi. XV asr oxiriga kelib, okean to ‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli kema — karavella yaratildi, kemalarni boshqarish asboblari va san’ati ancha rivojlandi. Karavellalar Atlantika okeanidan xavfsiz suzib o ‘ta oladigan ilk ke malar edi. Endi 7takomillashgan kompas, usturlob va dengiz xaritalariga ega b o‘lgan tajribali dengiz sayyohlari bu kemalarda uzoq masofalarga suzish im - koniyatiga ega b o‘ldi. Buyuk geografik k ashfiyotlar uch u n shu davrda shakllangan Yerning dum aloqligi to ‘g ‘- risidagi tasavvurlar va Atlantika okeanidan suzib o ‘tib, afsonaviy boy hisoblangan H indistonga dengiz y o ‘lini ochish g ‘oyasi katta turtki bo‘ldi. Osiyoga yevropaliklar tom onidan O ‘rtayer dengizi orqali o ‘zlashtirilgan savdo y o ‘llari XV asrda V izantiya im periyasi qulagandan s o ‘ng U sm oniylar davlati tom onidan yopib q o ‘yildi. N atija d a , Y evrop a S h arq d an k e la d ig a n m a to la r, b o ‘yoqlar, zeb-ziynat buyumlari, shirinliklar va ziravorlardan ayrilib qoldi. Bu hol yevropaliklarni yangi savdo y o ‘llarini izlashga majbur qildi. Savdogarlar bu mahsulotlarni Yevropaga olib kelib sotishdan katta boylik orttirishga umid qilardilar. Portugaliyaliklarning geografik kashfiyotlari. Atlantika okeani bo‘ylab suzishni portugaliyaliklar boshlab berdi. Portugaliya Yevropaning eng g ‘arbiy qismida joylashgan, Atlantika okeani bilan chegaradosh mamlakat. Shu holat va uzoq dengizchilik tajribasi portugaliyaliklarga Buyuk geografik kashfiyotlarda yetakchilik qilish imkonini berdi. Portugaliyaliklarning geografik kashfiyotlardagi muvaffaqiyatlari shahzoda Genrix Dengizchi nom i bilan bog‘liq. Bu jasur dengizchi boshlab bergan yangi yerlarni kashf etish va o ‘zlashtirish jarayoni Portugaliyaga katta shuhrat va boylik keltirdi. Portugaliyaliklar Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab suzib, XV asrda Madeyra, Kanar va Azor orollarini kashf etdilar. XV asr oxirida Bartolomeu Diash boshchiligidagi ekspeditsiya Afrika janubidagi burunni aylanib o ‘tdi va Hind okeaniga chiqdi. H indistonga dengiz y o ‘lining ochilishiga um id qilgan dengizchilar bu burunga Yaxshi Umid burni deb nom berdilar. Garchi ular shu yerdan ortga qaytgan b o‘lishsa-da, B. Diashning kashfiyoti Afrikani aylanib o ‘tib, Hindistonga dengiz orqali y o ‘l ochish istiqbolini yaratdi. Ayni paytda Afrikada yangi yerlarning kashf etilishi bu qit’aning uzoq yillar yevropaliklar tom onidan talanishi, Afrika aholisining qul qilinib, Yevropa va Amerikaga sotilishi jarayonini boshlab berdi. 8Amerikaning kashf etilishi. Portugaliyalik dengiz sayyohlarining muvaffaqiyatlari qo‘shni ispanlarda ham bu ishga katta qiziqish uyg ‘otdi. Yerning dum aloqligi to ‘g ‘risidagi tasavvurdan kelib chiqqan dengiz sayyohi Xristofor Kolumb Ispaniya qiroliga Atlantika okeani bo‘ylab g ‘arbga qarab suzib, dengiz orqali Hindistonga y o ‘l ochishni taklif qildi. Ammo bunday tavakkalchilikka rozi bo‘ladigan dengizchilarni topish va sayohatni moliyalashtirish juda qiyin b o‘ldi. N ihoyat, X. Kolumb boshchiligida tashkil qilingan ispan ekspeditsiyasi uchta tezyurar yelkanli kemada y o ‘lga chiqib, 1492-yil 12-oktabrda Bagama orollari tarkibiga kiruvchi bir orolga yetib keldi va uni «SanSalvador» («M uqaddas xaloskor») deb atadi. Shu tariqa Amerika qit’asi kashf etildi. Shundan so ‘ng X. Kolumb yana uchta ekspeditsiya uyushtirib, ular davomida Antil orollari, Janubiy va Markaziy A m erika qirg‘oqlarini kashf etdi. U o ‘zi kashf etgan yerlarning Hindiston ekanligiga ishonchi kom il edi. Shu sababli bu yerlarning aholisini hindular deb atadi. X. Kolum b kashfiyotining m ohiyatini anglashda Amerigo V espuchchi amalga oshirgan sayohat katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U yangi ochilgan yerlarga XV asr oxiri — XVI asr boshlarida bir necha marta sayohat uyushtirib, ular davomida bu yerlar Hindiston emas, mutlaqo Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi. 1497—1499-yillar 9yangi materik ekanligini isbotladi. Endi bu yangi materik uning sharafiga Amerika deb atala boshlandi. Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi. Yangi yerlarning kashf etilishi portugaliyaliklarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yana bir dengiz sayyohi Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya 1497-yil Afrikani janubdan aylanib o ‘tib, Hind okeaniga chiqdi. Ular Afrika qirg‘oqlari b o ‘ylab suzib, arab dengizchisi Ahmad ibn M ajid yordam ida 1498-yili Hindistonga yetib keldi. Bu yerdan ko‘plab mahsulotlarni yuklagan dengizchilar 1499-yili Portugaliyaga qaytib keldi. Qariyb ikki yil davom etgan sayohatda ekspeditsiya a’zolarining ko‘pchiligi halok bo‘ldi. Ammo shunga qaramasdan, Vasko da Gama ekspeditsiyasining muvaffaqiyati Yevropaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Yevropalik savdogarlar Sharqqa qarab otlandilar. Hindistondan Yevropaga ziravorlar va shirinliklar olib kelgan savdogarlar juda katta foyda ola boshladilar. Shu tariqa, Hindistonga muntazam dengiz y o ‘li ochildi. 1519-yili portugaliyalik yana bir dengizchi — Fernando M agellan ekspeditsiyasi Amerika janubidagi bir b o‘g‘ozni aylanib o ‘tib (keyinchalik M agellan b o‘g ‘ozi deb ataldi), notanish va sokin bo‘lgan ulkan okeanga chiqd i. O keanning boshqa paytlarda b o ‘ronli b o ‘lish in i bilm agan F. M agellan uni Tinch okeani deb atadi. Okeanda uzoq suzish davomida ochlik va kasallikdan hamda yangi ochilgan orollardagi mahalliy aholi bilan bo‘lgan janglarda ekspeditsiya a’zolarining k o ‘pchiligi, jum ladan, F. M agellan halok b o ‘ldi. Ekspeditsiyaning om on qolgan a’zolari Yer sharini aylanib suzib, 1522-yili o ‘zlari jo ‘- nab ketgan Ispaniya qirg‘oqlariga yetib keldi