topshiriq Geografik kashfiyotlarning yuzaga kelish sabablari va ahamiyati


Yevropada mustamlaka hududlar uchun kurash sabablari va oqibatlari



Download 1,13 Mb.
bet2/6
Sana03.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#735648
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bahromova Zarina

Yevropada mustamlaka hududlar uchun kurash sabablari va oqibatlari


ustamlakachilik - kuchli dav latlar tomonidan zoʻrlik bilan egallangan mamlakat yoki hududni siyosiy va iqtisodiy mustaqillikdan mahrum etib, oʻziga boʻysundirish, qaram qilish, talash siyosati. 15-asr oxirida Yevropa davlatlari (Portugaliya, Ispaniya, Angliya, Fransiya, Gollandiya) ana shunday siyosat yurita boshlaydilar. Bunday amaliyot 20-asr boshida avjiga chikdi, natijada dunyoning katta qismi bir necha imperiyalar oʻrtasida boʻlib olindi. Bu davrga kelib eski mustamlakachi davlatlar yoniga yangilari: AQSH, Germaniya, Belgiya, Yaponiya, Rossiya qoʻshildi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) tufayli kuchayib ketgan milliy ozodlik harakatlari sanoqli yillar ichida mustamlaka imperiyalarini tezda yemirilib, qulashiga olib keldi. BMTning Bosh Assambleyasi mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qildi (1960), unda M. insoniyatga qarshi jinoyat sifatida baholanadi. 20-asrning 60-yillari boshida oʻnlab sobiq mustamlakalar mustaqillikka erishishdi va suveren davlatlarga aylandi. Jumladan, "Afrika yili" deb nom olgan 1961-yilda qitʼaning 21 davlati mustaqillikka erishgan edi. Hozirgi vaqtda ayrim kichik hududlar (asosan, orol qududlari) AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar hukmronligi ostida qolib kelmoqda. Lekin bu hududlarning axoliyey metropoliya aholisi huquqlariga oʻxshash yoki unga yaqin huquqlarga ega boʻldi, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishdan keng foydalanadi, metropoliya mamlakatlaridan moliyaviy-iqtisodiy yordam oladi. Shu bois tom maʼnoda M. amalda yoʻqolgan, deyish mumkin. 19- va 20-asrda Rossiya imperiyasi, soʻng sobiq SSSRham M. siyosatini olibbordi. 1991-yil SSSR parchalanib uning oʻrnida mustaqil taraqqiyot yoʻlini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi. Oʻzbekiston M. dan xalos boʻlib, mustaqillikka erishgani ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz beradi.

  1. XVII asrdan 1870 yillargacha AQSHda tarixiy jarayon .

O`ttiz yillik urush Germaniya iqtisodiyotining umumiy turg’unligiga va hatto tushkunlikka yuz tutishiga olib kelgan birdan – bir yoki eng muhim sabab bo`ldi, deb hisoblash to`g’ri emas edi. Lekin urush natijasida yuz bergan vayronagarchilik mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida reformaciya davri hamda dehqonlar urushi etilgan vaqtdan buyonko`rina boshlangan tendenciyalarni batamom oshkora ko`rsatib berdi. Germaniyaning hamma erida soldatlar beboshligi hukm surdi. Hamma joyda kontribuciyalar solinar, aholi talanar, uy-joylarga o`t qo`yilar, kishilarga jabr-zulm qilinar va o`ldirilar edi. Germaniya jahon savdosidan chetga chiqib qolgan edi, jahon savdosining yo`llari esa yangi tomonlarga o`tib ketgan edi. Italiya va Germaniyaning shu vaqtgacha mavjud bo`lgan iqtisodiy markazlari o`zining ilgarigi ahamiyatini yo`qotgan edi. 30 yillik urushdan keyin Germaniya G’arbiy Evropadan ancha taraqqiy etgan mamlakatlardan ya`ni Gollandiya, Angliya va Fransiyadan orqada qolgan va ularga qaram bo`lgan davlat edi. XVI asr boshlaridagi dehqonlar urushi mag’lubiyatga uchraganligining salbiy oqibatlari ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda edi. Chunki, shu salbiy oqibatlari natijasida mamlakatning siyosiy jihatdan parchalanishi kuchayib ketgan edi. XVII va XVIII-asrlarda Germaniya savdo-sotiq rivojlangan Gollandiyaga hamda sanoati taraqqiy etgan Angliyaga ko`p jihatdan qaram bo`lgan edi. Bu davrda eng katta iqtisodiy o`zgarishlar Germaniyaning faqat qishloq xo`jaligida yuz berdi, chunki qishloq xo`jaligi kapitalistik jihatdan ancha taraqqiy etgan mamlakatlarning kapitalistik manufakturasi uchun sanoat xom-ashyosi hamda g’alla etkazib beruvchi bo`lib qolgan edi. 30 yillik urushdan keyin qashshoqlashib qolgan aholi jumladan, dehqonlar ommasi kuchayib ketgan feodal-krepostnoylik ekspluataciyasining jabridan batamom xonavayron bo`lgan edi.
Urush vaqtida birgina Vallenteyn armiyasi talonchilik qilib qolmadi, balki qaroqchilar otryadining boshliqlari, ya`ni katolik, protestant armiyalarining oficyerlari dehqonlarni talashda bir-biridan o`tib tushdilar, ulardan ba`zilari million-million boylik egasi bo`lib oldilar. Vallenshteynning urushda topgan boyligi qariyb 9 million gel`denni tashkil qildi. Graf Kenichsmark Shveciya armiyasida harbiy mansablarga ko`tarila boshlaganda, cho`ntagida sariq chaqasi ham yo`q edi, umrining oxirida kelganda esa shunday boylik egasi bo`lib qolgan ediki, bu boylik unga har yili 130 ming teler daromad keltirar edi. XVII asrning ikkinchi yarmida ular aholini ortirgan boyliklarini ekon deb, er mulkiga aylantirdilar va natijada ular ham nemis dvoryanlari safiga qo`shildilar. Urugdan zarar ko`rgan pomeShchiklar, knyazlar va dvoryanlar dehqonlarning to`lovlari va majburiyatlarini to`xtovsiz oshirib borib, ular hisobiga o`z ishlarini o`nglab ola boshladilar. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari bahosining pastligi oqibatida dehqonlarning ko`pchiligi uzolmaydigan qarzdor bo`lib qoldi. Pomeshchiklar bu holdan foydalanib, dehqonlar eri hisobiga o`z mulklarini kengaytirdilar. Ular zo`ravonlik qilib, dehqonlarga va qishloq jamoalariga qarashli dalalarni, yaylov va boshqa er-suvlarni bosib olar edilar.
Dehqonlarning ersizlanishi turli joylarda turli darajada yuz berdi. Sharqiy Germaniyada (Brandenburg, Prussiya, Pomeraniya, Maklenburgda) dehqonlar eng ko`p zarar ko`rdi. Mahalliy dvoryanlar bu erda chorvachilikni rivojlantirishni o`zlari uchun eng foydali ish deb bildilar, shuning uchun XVII-XVIII asrlarda Maklenburgdagi dehqonlarning ersizlanishi va o`z oqibatlari jihatidan Angliyadagi g’ov tutishni eslatar edi. Pomeshchiklar dehqonlarning yerlarini bosib olib, ularni chorva mollar boqiladigan yaylovga aylantirar, dehqonlarning o`zlarini esa pomest`ega berkitib qo`yilgan batraklarga aylantirar edilar.
Dehqonlar mulki cheklab qo`yilgan edi. Badenda, Vyutenbergda va Janubiy G’arbiy Germaniyaning knyazliklarida yirik er egalari uchun barshchina u qadar asosiy ahamiyatga ega emas edi. Bu yerlarda Fransiyadagi sen`or rejimiga o`xshash munosobatlar tarkib topdi. Yirik er egasi chek yerlar uchun obrok yoki boshqa to`lovlar tarzida feodal er rentasi to`lar, dehqonlarning shaxsiy qaramligi bilan bog’liq bo`lgan to`lovlar va majburiyatlar esa daromadning ikkinchi darajali manbai hisoblanar edi.
Tovar mahsulot ishlab chiqarish xarakteriga ega bo`lganligiga qaramay, pomeshchiklarning barshchina xo`jaligi kapitalistik xo`jalikdan shu bilan tubdan farq qilar ediki, pomeshchiklar juda kamdan-kam hollardagina yollanma mehnatdan foydalanilar edi. Dehqonlar pomeshchiklarning yerlarida barshchina asosida ishla berardilar. Ular ish kuchinigina emas, balki erning ishlash uchun zarur bo`lgan jonli va jonsiz inventarlarni ham etkazib berar edilar. Dehqon xo`jaligining o`zini esa pomeshchik barshchina o`tash uchun ish kuchi va inventar bilan ta`minlab turadigan xonadon deb qarar edi. O`ttiz yillik urush vaqtida erdan mahrum bo`lgan dehqonlarning juda katta armiyasi tashkil topdi. Urushdan keyin bunday dehqonlar soni yollanib ishlovchilar hisobidan yanada ko`paydi. Shu tariqa qishloqda krepostnoy batraklarning alohida guruhi vujudga keldi. Ularning ko`pincha kichkinagina kulbachasi-yu, bir parcha eri bo`lar edi. O`ttiz yillik urush qishloqni shunchalik xarob qildiki, dehqonlar qarshilik ko`rsatishga ham ojiz bo`lib qoldilar. Pomeshchiklar hech bir monesiz sud hokimiyatini o`z qo`llariga oldilar. Er egasi dehqonlarning mulkiy va shaxsiy huquqlarini o`z bilganicha cheklayverishi uchun zotchina sudi etarli darajada ishonchli vosita bo`lib xizmat qildi. Dehqonlarning yoppasiga krepostnoylarga aylantirilishi Germaniyaning butun ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga katta ta`sir ko`rsatdi. Dehqonlarning krepostnoylashtirilishi XVII-XVIII asrlarda Germaniyada sanoatning taraqqiy etishiga halal bergan asosiy sabablardan biri bo`ldi. Germaniyaning qishloq xo`jaligi o`ttiz yillik urush tugagandan keyin mavjud sharoitga moslashishdi. Shahar sanoati tamomila boshqacha ahvolda edi. Chet el tovarlarining kirib kelishi unga halokatli ta`sir qildi. Nemislarning ulgurji va chakana savdogarlari Gollandiya, angliya va Fransiya kapitalining dallollari va agentlariga aylanib qoldilar. Prussiya qiroli Fridrix II ning aytishicha, uning davlatida “savdogar chet el savdosining dasyori edi”
1874 — 1898 yillarda Ispaniya. Ispaniya XIX asrning so’nggi choragida ko’proq agrar mamlakatligicha qola berdi. XIX asr davomida Ispaniyada besh marta burjua inqilobi bo’lganligiga qaramay, ispan qishlog’ining umumiy manzarasi uncha o’zgarmadi. Inqiloblardan birontasi ham oxiriga etkazilmadi va tub islohotlar qilinmadi. Er juda ham notekis taqsim qilinganligicha qola berdi; haydalib ekiladigan yerlarning 67 foizi 2 foiz mulkdorlar qo’lida edi, eri 1 gektardan ham oz bo’lgan dehqonlarning 39 foizi qo’lidagi er haydalib ekiladigan yerlarning 1,1 foizini tashkil qilardi. Mamlakatning janubida — Andalusiya va estremadurda, markaziy provinciyalarda — Toledo, S’yudad-Real va Salamanka provinsiyalarida ham eng ko’p er bir to’da latifundiyachilar qo’lida to’plangan edi. Bu provinciyalarda 164 zamindor qo’lida 456393 gektar er bor edi; asosiy aholi ommasi qishloq xo’jalik ishchilari bo’lib, ular yarim och holda umr kechirardilar. Aksincha, mamlakatning shimoli-g’arbida, Galisiyada er juda mayda-mayda bo’laklarga bo’linib ketgan edi, er uchastkalari 1 va undan ham kam bo’lardi (bir a=100 kvadrat metr).

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish