Antropogen omillar-insonning hayot faoliyati jarayonida organik dunyoda boradigan tasiridan iborat. Jamiyatning rivojlanishi natijasida insonning tabiatga bergan tasiri- iqlim oʻzgarishi yoki global isish, atrof muhitning ifloslanishi insoniyatni xavfga solmoqda. Bu zararlar aslida sanoat va texnikaning rivojlanishidan kelib chiqqani uchun texnogen omillar ham deb ataladi.
2-topshiriq
Саволлар
Қандай ҳаёт муҳитларини биласиз?
4 ta asosiy hayot muhitlari bor. 1. Suv muhiti, 2.Tuproq muhiti, 3. Havo muhiti. 4. Tirik mavjudotlar muhiti.
Suv muhiti. Yer yuzida eng keng tarqalgan yashash muhiti bo‘lib,
okeanlar, kontinentlarning suv havzalari va yerosti suvlarini o‘z ichiga oladi. Suv muhitida yashovchi organizmlar gidrobiontlar (yunoncha «hydor» – suv, «bios» – hayot) deyiladi.
TUPROQ muhiti. Yer po‘stining g‘ovak, unumdor yuza qatlami tuproq deyiladi. Tuproq iqlim va biologik omillar ta’sirida hosil bo‘lgan. Qattiq
tuproq zarralari orasida havo va suv bo‘ladi. Tuproq muhitida yashovchi organizmlar edafobiontlar (yunoncha «edaphos» – tuproq, «biontos» – yashovchi) deb ataladi.
Havo muhiti. Quruqlik-havo muhitining o‘ziga xos jihatlaridan biri, bu muhitda yashovchi tirik organizmlar quruqlikda harakatlangani bilan, ularning hayoti bevosita havo muhiti bilan ham bog‘liq. Havo gazlar
aralashmasidan iborat.
Tirik mavjudotlar muhiti. Tirik organizmlar parazit va simbioz hayot kechiradigan organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi.
Tirik organizmlar – o‘simliklar, hayvonlar, shu jumladan, odam tanasi
boshqa organizmlar uchun yashash muhiti bo‘lib xizmat qiladi
2. Қандай экологик омилларни биласиз?
Ekologik omillar uchta guruhga: abiotik, biotik va antropogen omillarga bo‘linadi. Аbiotik omillar – tirik organizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy qismlari sanaladi. Abiotik omillar to‘rt guruhga bo‘linadi: iqlim omillari – yashash muhitining iqlimini shakllantiruvchi omillar (yorug‘lik, namlik, harorat, havo tarkibi, atmosfera bosimi, shamol tezligi va b.); edafik omillar (yunoncha «edafos» –tuproq) – tuproqning xususiyatlari (namligi, zichligi, mineral tarkibi, organik moddalarning miqdori); topografik omillar (relyef omillari) – joy relyefining o‘ziga xos jihatlari. Ularga balandlik (dengiz sathiga nisbatan) qiyalikning tikligi, qiyalikning ekspozitsiyasi (dunyo tomonlariga nisbatan joylashuvi) kabi omillar kiradi; fizik omillar – tabiatdagi fizik hodisalar (Yerning tortish kuchi, Yerning magnit maydoni, ionlashtiruvchi va elektromagnit
nurlanishlar va b.). Biotik omillar – tirik tabiat omillari. Biotik omillar fitogen (o‘simliklarning ta’siri), zoogen (hayvonlarning ta’siri), mikogen (zamburug‘larning ta’siri) mikrobiogen (mikroorganizmlarning ta’siri) omillarga ajratiladi. Аntropogen omillar – inson faoliyati bilan bog‘liq omillar bo‘lib, ularga boshqa tirik organizmlarning yashash muhitlariga va bevosita ularning hayotiy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi inson faoliyati turlari (atrof-muhitning ifloslanishi, hayvon hamda baliqlarni ovlash, o‘rmonlarni kesish, yerga ishlov berish, foydali qazilmalarni qazib olish va b.) kiradi.
3. Чекловчи омиллар нима?
cheklovchi omilning oʻzi jami omillar qulay boʻlsa ham malum bir turning tarqalishiga tasir koʻrsatadi yoki cheklab qoʻyadi. Chegaralovchi omillar maʼlum geografik arealda turlarning tarqalishini aniqlaydi va bir tur organizmning rivojlanishini ular juda koʻp boʻlganda yoki kam boʻlganda cheklab qoʻyadi. Ekologik omillarning tasir qilishi malum muhitda oʻzgarishi ham mumkin, ular chegaralovchi boʻlishi ham, boʻlmasligi ham mumkin. Masalan biron bir koʻl suvida kalsiy moddasi koʻp boʻlsa (21.2-22.4 mg/l) oʻsimlik va turli hayvonlar yashashi uchun qulay muhit yuzaga keladi va ular son va sifat jihatidan koʻp boʻladi. Agarda koʻl suvida kalsiy moddasi (0.7-2.3 mg/l) kam boʻlsa, u holda organizmlar juda kam uchraydi.
4. Пойкилотерм ва гомойотерм организмлар тўғрисида нималарни биласиз?
Do'stlaringiz bilan baham: |