Soyasevar o‘simliklar – o‘rmonlarning quyi yaruslarida va suv havzalarining tubida o‘sadigan o‘simliklar. Bu o‘simliklar kuchli yorug‘likni yoqtirmaydi. Soyasevar o‘simliklarga yo‘sin, plaun, qirqquloq, qirqbo‘gim, qizil va qo‘ng‘ir suvo‘tlar kiradi.
Uzun kun o‘simliklari – mo‘tadil iqlimli mintaqalarning o‘simliklari
bo‘lib, yilning uzun kunli (13 soat va undan uzoq) davrlarida – yoz oylarida gullaydi. Agar kun qisqa bo‘lsa va yorug‘lik yetishmasa, bu o‘simliklar o‘sishda davom etadi, lekin gullamaydi. O‘simliklarning aynan shu xususiyati ularni ekish vaqtini belgilaydi. Uzun kun o‘simliklariga kartoshka, sabzi, piyoz, karam, rediska, sholg‘om kabi o‘simliklar misol bo‘ladi. Qisqa kun o‘simliklari tropik va subtropik mintaqalarda o‘sadi. Ular qisqa kun (12 soatdan kam) sharoitida, bahor va kuz oylarida gullaydi, rivojlanadi. Masalan, qalampir, baqlajon, pomidor, bodring, g‘o‘za, qulupnay, xrizantema, kartoshkagul, shoyigul va boshq.).
Do'stlaringiz bilan baham: |