Topshirdi: shaymardonov e. Qabul qildi: jaloliddinov n


Yirik issiqlik elektr markazlari



Download 1,21 Mb.
bet8/9
Sana15.04.2022
Hajmi1,21 Mb.
#552811
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SHAYMARDONOV E.

Yirik issiqlik elektr markazlari

Nomi

O’rnatilgan quvvatlar MVt

Qurilgan yillar

Joylashgan shahri

Izohlar

Farg’ona IEM

330

1956-1979

Qirguli

Loyixa quvvati 140 MVt

Muborak IEM

60

1985-1988

Muborak


Toshkent IEM

30

1939-1954

Toshkent




Yoqilgʻi sanoati — har xil yoqilgʻi turlarini qazib olish va qayta ishlash bilan band boʻlgan sanoat tarqoklari majmui; neft qazib olish, neftni qayta ishlash, gaz, ko‘mir, torf, slanets sanoatlarini oʻz ichiga oladi. Yo. s. energetikaning yetakchi tarmoqlaridan biri. Texnika taraqqiyoti va u bilan chambarchas bogʻliq holda xalq xoʻjaligida energiya isteʼmolini jadal koʻpaytiradigan i. ch.ni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, elektrlashtirish, issiqlik bilan taʼminlashning rivojlanishi yoqilgʻining ahamiyatini tobora oshirib boradi. Yoqilgʻi moddalari, ayniqsa neft va gaz kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladi. Turkiston oʻlkasida sanoat asosida neft qazib olish 19-asrning 80-yillariga toʻgʻri keladi (1870—72 yillarda Fargʻona vodiysida 200 dan ziyod manbalari aniqlangan va hisobga olingan). 1885 yilda rus neftchisi D. P. Petrov Fargʻona vodiysi (Chimyon neft koni) da ikkita quduqdan neft qazib olishga va uni Vannovsk (hoz. Oltiariq) temir yoʻl st-yasidagi oʻzining shaxsiy kichik zdida qayta ishlashga muvaffaq bulgan. Qayta ishlash natijasida olingan kerosin aravalarga va tuyalarga yuklanib, Andijon, Toshkent, Qoʻqon paxta zdlariga, moyjuvozlarga va aholiga sotilgan. Neft krldiklari esa temir yoʻl transportida yoqilgi sifatida ishlatilgan. Oʻzbekistonda 1913 y.da 13 ming t neft olingan. Oʻzbekistonda gaz sanoatittt tarkib topishi va rivojlanishi tarixi asosan 1953 yilda Qizilqum choʻlida Setalontepa hududida birinchi gaz koni ochilishi bilan boshlangan. Buxoro viloyatining gazneftli hududlarida katta hajmda ishlar olib borildi. 1956 yilning 17 oktabrda Gazli maydonidagi 600 metrlik quduqsan kuchli gaz favvorasi otilib chikdi. Bu bilan Oʻzbekiston neftgaz sanoatida yangi davr boshlandi. Oʻzbekistonda kumirni sanoat usulida qazib olish 1930y.lar oxirida boshlangan. Kumir Toshkent viloyati Ohangaron vodiysida Angren qoʻngʻir kumir, Surxondaryo viloyatida Shargʻun, Boysuntogʻ toshkoʻmir konlaridan qazib olinadi. 21-asr boshida Oʻzbekiston birlamchi yonilgʻi—energetika manbalari bilan uzini oʻzi taʼminlaydigan davlatlar sirasiga kiradi. 2000 y.da 7533,6 ming t neft (gaz kondensati bilan birga), 56401,1 mln.m3 tabiiy gaz, 2500 ming t koʻmir qazib olindi. Neftni qayta ishlash zdlarida 1,7 mln. t benzin, 1,9 mln. t dizel yoqilgʻisi, 0,4 mln. t kerosin, 1,7 mln. mazut ishlab chiqarildi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda neftgaz sanoatining kelgusi taraqqiyoti uchun oʻta muhim boʻlgan noyob inshootlar bunyod etildi. Koʻqsumaloq neftgaz kondensat koni jadal surʼatlar bilan oʻzlashtirildi. Bu yerda 1997 y. 14 iyulda 500 atmosfera bosimda gazni haydash kompressor st-yasi ishga tushiriddi. Koʻkdumaloq konining neft va gaz kondensatini qayta ishlash uchun Buxoro viloyatida yiliga 2,5 mln. t mahsulot ishlab chiqaradigan zamonaviy Buxoro neftni qayta ishlash zavodi kurildi, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi toʻliq taʼmirlandi (2000). Umuman Oʻzbekistonda qazib olinayotgan gazning asosiy qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodi va Shoʻrtan gaz kondensati majmuasining oltingugurtdan tozalash inshootlarida qayta ishlanmoqda. Oʻzbekistonda tabiiy gaz 12 ming km dan ziyod magistral gaz quvurlari orqali tashilmoqda va taqsimlanmoqda. Respublikaning gaz uzatish tarmogʻi MDH mamlakatlari yagona gaz tizimiga ulangan. Oʻzbekistonda aholini tabiiy gaz bilan taʼminlashning ishlab chiqilgan dasturi izchil amalga oshirilmokda. Oʻzbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gazning 85% idan xalq xoʻjaligi tarmoklari va aholi ehtiyoji uchun foydalanilmoqda. Uning 15% qoʻshni mamlakatlarga eksport qilindi. Gazning 25% elektr st-yalariga, 10% tarmoqning oʻz texnologiya ehtiyojlariga, 19% sanoatga va 30% dan ziyodi kommunalmaishiy ehtiyojlarga yoʻnaltirilgan. Yo. s. chet mamlakatlardan AQSH, Rossiya, Kanada, GFR va b.da rivojlangan. Yoqilgʻi qazib olishda AQSH jahonda birinchi oʻrinda turadi. Lekin shunga karamay ayrim rivojlangan mamlakatlarda ham energiya xom ashyosi yetishmasligi bilan bogʻliq boʻlgan energetika tangliklari uchrab turadi.




Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish